Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin.
Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi, shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.
Registr guruhlari tasnifi
Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
Segment registrlar
Flag registrlar
Buyruq registrlar
Soprotsessor registrlari
MMX kengaytmali butun sonli registrlar
MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar Umumiy foydalanishga muljallangan registrlar 8 ta
Qo‘shimchalar: ES,FS,GS-qo‘shimcha segment registri Flag registri
Flag registri 1 ta, undagi har bir razryad ma’lum bir vazifani bajarishga mo‘ljallangan. Shunga kura flag razryadlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin
Holat flaglari
Boshqarish flaglari Holat flagiga quyidagilar kiradi: