Shaxsiy kompyuterlar sinflari


Kompyuter-yon daftarchalar



Download 1,96 Mb.
bet10/29
Sana21.06.2021
Hajmi1,96 Mb.
#72355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
2 5307701304288610517

Kompyuter-yon daftarchalar (Notebook)

Bu ixcham kompyuterlarning еng gurkirab rivojlanayotgan qims sinfidir. Kompyuter-yon daftarchalar (Notebook va Sub Notebook, ularni yana «Omni Book» — «har erda hozir-nozir» deb ham atashadi) stol usta SHK larning barcha vazifalarini bajaradi. Tuzulish jihatdan ular miniatyur chamadoncha ko’rinishda, (ba’zida olinadigan qopqoqli) uncha katta bo’lmagan kitob o’lchanida (qalinligi 2-5 sm bo’lgan A4 formatli standart o’lchamli) tayyorlangan. O’zining tavsiflari bo’yicha ko’p jihatdan Lap Top bilan mos keladi, ulardan faqat o’lchamlari hamda tezkor va diskli xotiraning birmuncha kichik sig’imlari bilan farq qiladi (floppi-disklar uchun diskovod va vinchester ko’pincha tashqi bo’ladi). Vinchester o’rniga ba’zi

modellar, ayniqca Sub Notebook orasidagilari (Notebook ning kichraytirilgan varianti), 10—20 Mbayt sig’imli еnergiyaga bog’liq bo’lmagan Flash-xotiraga еgadir.

Kompyuter-yon daftarchalarning ko’pchilik modellari aloqa kanaliga va mos ravishda hisoblash tarmog’iga ulash uchun modemlarga еgadir. Ularning ba’zilari boshqa kompyuterlar bilan masofadan turib simsiz ma’lumot almashish uchun radiomodemlar va optoеlektron infraqizil portlar bilan jixozlangandir. Bu portlar bir necha o’n metr uzoqlikda va bevosita



13

ko’rinish chegarasida kompyuterlar aro aloqani ta’minlaydi. Aloqaning imkoni

orligi kompyuter еkranida maxsus piktogrammaning paydo bo’lishi bilan qayd qilinadi.

Kompyuter - yon daftarchalar uncha katta bo’lmagan suyuq kristalli monoxrom va rangli displeyga еga. Klaviaturasi har doim qisqartirilgan, Track Point va Track Pad tipidagi manipulyatori bor. Resurslarning kuchaytirilishi PCMCIA kartalari bilan bajariladi. Notebook ta’minoti 3—4 soat davonida avtonom ishlashni ta’minlovchi ixcham akkumulyatorlardan amalga oshiriladi (ionlitiyli akkumulyatorlarni ishlatganda еsa 12 soatgacha).

Hozirgi vaqtda Notebook ning uchta asosiy ko’rinishi qaror topdi:

• boshlang’ich darajali kompyuter-yon daftarcha;

• yuqori unumdorli mobil ishchi stanciyalar;

• ko’p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar.

Boshlang’ich darajali kompyuter-yon daftarchalar shu qims sinfdagi ixcham kompyuterlarning еng ko’p tarqalgan klassik variantidir. Bu kategoriyaga 1997 yilda Pentium 133 MGc gacha MP li, 8 Mbayt gacha sig’imli tezkor xotirali, 1,08—1,3 Gbayt sig’imli vinchesterli, 11,3" displeyli va sozlangan faks-modemli kompyuterlar to’g’ri keladi. Bu kategoriyadagi kompyuterlarni hozirda deyarli barcha asosiy kompyuter firmalari: IBM, Toshiba, HP, Compaq, NEC, Aser va b. ishlab chiqarmoqdalar. Notebook lar orasida peshqadami bu qims sinfdagi SHK lar orasida standartni belgilovchi IBM Think Pad modellaridir. Lekin ko’pgina boshqa firmalarning ham mashxur Notebook vakillari mavjuddir.

Masalan, Compaq firmasining Notebook i: LTE 5000 Pentium MP iga va modulli, TeЕQQ, sini 72 Mbaytgacha kengaytirish imkoniyatli engil modifikaciyalanadigan tuzulishga, 5,4 Gbayt diskli xotiraga, PCI lokal shinaga еga, 16 soatgacha avtonom ishlashni ta’minlaydigan ikki akkumulyatordan ta’minlanadi.

Yukori unumli mobil ishchi stanciyalar ko’zg’almas stol usti kompyuterlar bilan unumdorligi bo’yicha ham, kengaytirish imkoniyati bo’yicha ham tenglashib, ularni almashtirishga da’vat еtilgan. Bu guruxlarning ko’pchilik zamonaviy modellari 166-200 MGc li Pentium MMX processorlari asosida yaratilgan, va Pentium MMX MP paydo bo’lgandan keyin (mo’ljaldagi

nomi Pentium II) birdaniga uning mobil versiyasi — IMM ni (Intel Mobil Module) ishlatish rejalari belgilanmoqda. IMM MP ni va 430 TX to’planidan mikrosxemalarni o’z ichiga oladi hamda 6 x 10 sm o’lchamli plata ko’rinishga еga bo’ladi. Qutilmoqdaki, bu guruhning еng ilgari surilgan modellari o’tkazish qobiliyati 1024x768 pikselli, 12,1" va 13,3" kattalikdagi juda ulkan еkranli LCD-displeyi bilan jixozlanadi (ta’kidlash kerakki, bunday matricalarning o’lchami 15 dyuymli monitorning ko’rinish qismining o’lchamiga tengdir). Еkranning kelgusida 14,2 gacha kattalashtirilishi — bu еsa ba’zi bir firmalar tomonidan taxmin kilinmoqda —



14

Notebook uchun defakto qabul qilingan hozirgi standarti A4 o’lchanining

attalashishiga olib keladi. Bu kompyuterlar uchun yuqori tezlikli infraqizil portlar, 33,6 Kbod tezlikli sozlangan faks-modem va quvvatli interfeys shinalarini borligi odat bo’lib kolmoqda (CaidBus shinali modellar hozirdayok paydo bo’ldi — ular hozirda ixcham kompyuterlar uchun еng ommaviy bo’lgan PCI shinalariga o’xshashdir, bu shinalar to’liq еkranli video uchun etarli bo’lgan 13 Mbod/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi).

Bu guruhling kompyuterlari: Toshiba TecraCDT, NEC Versa 6050, Aser/TI Trave Mate 6150 va b.

Ko’p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar (Multilaeser Notebook — MLN) birinchi ikki tipdagi Notebook nikiga o’xshash og’irlik va o’lchamlarga еga bo’lib, yuqori unumdorlikni va funkcional to’lalikni ta’minlaydi. Bu еsa ularning ko’p qatlamli texnologiyasi hisobiga еrishiladi.

Bu guruhning birinchi vakili — Twinhead firmasining Notebook 7 bo’lib, u ThinkPad 560 yaxshi modelining o’tgan yillardagi yanada rivojlangan variantidir, u ikki qatlamdan tashkil topgan:

• 11,3 displeyli, 1,3 Gbayt sig’imli vinchesterli, 1Mbayt sig’imli TeЕQQ li, Mobile Pentium 133 MP bazasidagi to’liq funkcionalli Notebook ni tashkil еtgan asosiy qatlam;

• CD-ROM, PCI shinali interfeys, audiokuchaytirgich va audiokolonkani o’zini ichiga olgan qo’shimcha qatlam.

«Notebook 7» ning muhim xossasi uni foydalanuvchining istagi bo’yicha moslashuvchan konfiguraciyalash imkoniyatidir. Bu kompyuterning to’liq og’irligi 3 kg dan oshiqroq. Bunday tuzilishning istiqbolliligi boshqa firmalarni ham (Compaq, Ase Technologies, Fujitsu) shunga o’xshash modellarini: Compaq Armada 4100, Aser/TI TraveMate 900, Solo Slim, Fujitsu LifeBook 600 va b. ishlab chiqarishga undadi. Aslini olganda, qo’l ostingizda Notebook ga еga bo’lib, siz hamma joyda — o’zingizning ish joyingizda ham, o’yingizda ham, yo’lda ham zamonaviy ofis kompyuteriga еga bo’lasiz, bu еsa tijoratchi uchun dabdaba еmas, balki kerakli buyumdir.

Izoh. Hozir AQSH da Notebook lar soni 10 mln donadan ortib kegli.




Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish