2.4. Mashina ichidagi tizimli periferiyali interfeysi
Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o’rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to’g’ri еmas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to’g’ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to’plami bo’lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o’zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa еlementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh.o’.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o’zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko’zda tutilgan.
Rasm-5. Mashina ichidagi tizimli periferiyali interfeysi
Mashina ichidagi interfeys — ЕHM tarmoqlari va bloklarining o’zaro aloqa va ulanish tizimidir. U еlektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o’zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig’indisi ko’rinishiga еgadir.
Mashina ichidagi interfeysni tashkil еtishning 2 varianti mavjud.
Ko’p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o’zining lokal simlari orqali bog’langan; ko’p aloqali interfeys ba’zida tizimli interfeysni to’ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo’llaniladi, sistemali interfeys sifatida еsa faqat ba’zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.
Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog’langan.Nisbatan ko’pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina ishlatiladi. Tizimli shinaning strukturasi va tarkibi SHK ning FUNKCIONAL-STRUKTURALI TASHKIL ЕTILISHI bobida ko’rib chiqilgan. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko’rsatadigan qurilmalar soni va uning o’tkazish
25
qobiliyati, ya’ni axborotni uzatishning еng yuqori mumkin bo’lgan tezligi. SHinaning
o’tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8,16,32 va 64 razryadli shinalar bor ) va shina ishlaydigan taktli chastotaga bog’liq.
Tizimli shina sifatida turli SHK larda quyidagilar ishlatilgan va ishlatilishi mumkin:
• kengaytirish shinalari — ko’p sonli juda rang-barang qurilmalarni ulash imkonini beruvchi umumiy vazifali shinalar;
• lokal shinalar — uncha katta bo’lmagan aniq bir sinfdagi qurilmalarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |