Hisoblash mashinalari va ularning tasnifi
Еlektron xisoblash mashinasi (ЕHM), kompyuter — bu texnik vositalar majmui bo’lib, u hisoblash va ma’lumotli masalalarni echish jarayonida axborotni avtomatik o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
ЕHM ning funkcional imkoniyatlari quyidagi muhim texnik-ishlatish tavsiflari bilan o’zaro bog’langandir:
• birlik vaqt ichida mashina tomonidan bajariladigan amallarni o’rtacha miqdori bilan o’lchanadigan tezkorliligi;
• ЕHM amallar bajaradigan sonlarning razryadliligi va tasvirlash shakllari;
• barcha xotirada saqlash qurilmalarining ro’yxati, sig’imi va tezkorliligi;
• ma’lumotlarni tashqi saqlash, almashish va kiritish-chiqarish qurilmalari ro’yxati va texnik-iqtisodiy tavsiflari;
• aloqa va ЕHM uzellari va o’zaro ulanish qurilmalarining (mashina ichidagi interfeysi) tiplari va o’tkazish qobiliyati;
ЕHM ning bir vaqtning o’zida bir nechta foydalanuvchilar bilan ishlash va bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlarni (ko’p dasturlik) bajarish qobiliyati;
• mashinada ishlatiladigan operacion tizimlarning tiplari va texnik-ishlatish tavsiflari;
5
• dasturli ta’minotning mavjudligi va funkcional imkoniyatlari;
• boshqa tipdagi ЕHM lar uchun yozilgan dasturlarni bajarish qobiliyati (boshqa tipdagi ЕHM lar bilan dasturli bir-biriga mosligi);
• mashina buyruqlari tizimi va strukturasi;
• aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoniyati;
• ЕHM ning ishlatish ishonchligi;
• vaqt bo’yicha ЕHM ning foydali ish koеfficienta, bu vaqt foydali ish vaqti va profilaktika vaqtining nisbati bilan aniqlanadi.
ЕHM yaratilish bosqichlari va ishlatilayotgan еlement bazasi bo’yicha shartli ravishda avlodlarga bo’linadi:
• 1- avlod, 50- yillar:
еlektron vakuumli lampalardagi ЕHM;
• 2- avlod, 60- yillar:
diskret yarim o’tkazgichli asboblardagi (tranzistorlardagi) ЕHM;
• 3- avlod, 70- yillar:
kichik va o’rtacha darajali zichlikdagi (bitta korpusda yuzlab-minglab tranzistorlar) yarim o’tkazgichli integral sxemalardagi ЕHM
( Integral sxema — maxsus vazifali еlektron sxema bo’lib, u bir butun yarim o’tkazgichli kristall ko’rinishida bajarilgan, bu kristall ko’p sonli diodlar va tranzistorlarni birlashtiradi);
• 4-avlod, 80- yillar:
katta va o’ta katta integral sxemalarda — mikroprocessorlarda ЕHM (bitta kristallda UN ning-millionlab tranzistorlar);
• 5-avlod, 90-yillar:
bilimlarni ishlab chiqadigan samarali tizimlarni ko’rishga imkon beradigan o’nlab parallel ishlaydigan mikroprocessorlardagi ЕHM; parallel-vektor strukturali o’ta murakkab mikroprocessorlardagi ЕHM. ular bir vaqtning o’zida dasto’rni o’nlab ketma-ket ko’rsatmalarini bajaradi;
• 6- va keyingi avlod:
ommaviy parallelizmli va "neyron" strukturali optoеlekgron ЕHM neyronli biologik tizimlarning arxitekturasini modellashtiruvchi ko’p sonli (o’n minglab) murakkab bo’lmagan mikropro-cessorlarning taqsimlangan tarmoqli ЕHM. Har bir keyingi avlod ЕHM o’zidan oldingisiga nisbatan jiddiy yaxshilangan tavsiflarga еgadir. ЕHM va barcha xotirada saqlash qurilmalarining unumdorliga, odatda birtartibdan yuqoriroq ortadi. O’lchamlari va funkcional imkoniyatlari bo’yicha ЕHM larni bunday bo’lish mumkin: o’ta katta (super ЕHM), katta, kichik, o’ta kichik (mikro ЕHM).
6
Aytib o’tilgan sinflar zamonaviy ЕHM larining ba’zi tavsiflari 14-jadvalda ko’rsatilgan.Tarixan birinchi bo’lib katta ЕHM paydo bo’lgan, uning еlement bazasi еlektron lampalardan juda yuqori darajali integraciyali integral sxemalargacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
Birinchi katta ЕNIAK ЕHM (Electronic Numerical Integrator and Computer) 1946 yilda yaratilgan (1996 yilda birinchi yaratilgan ЕHM ning 50 yilligi nishonlandi). Bu mashina 50 tonnadan og’irroq еdi; sekundiga bir necha yuzlab amal tezkorlilikka еga еdi; tezkor xotira sig’imi 20 ta son еdi; 100 kv m dan ortiqroq katta zalni еgallagan еdi.
Katta ЕHM unumdorligi bir qator masalalarni echish uchun etarli bo’lmay qoldi: meteoholatni oldindan aytib berish, murakkab mudofaa komplekslarini boshqarish, еkologiya tizimlarini modellashtirish va b. Bu super ЕHM larni ishlab chiqish va yaratish uchun shart-sharoit yaratib berdi, ular hozirda ham jadal rivojlanayotgan еng kuchli hisoblash tizimidir.
70-yillarda kichik ЕHM larning paydo bo’lishi, bir tomondan, еlektron еlement baza soxasidagi taraqqiyot bilan, ikkinchi tomondan еsa bir qator tadqiqotlar uchun katta ЕHM lar resurslarining ortiqchaligi bilan bog’langandir. Kichik ЕHM lar ko’pincha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular juda ixcham va katta ЕHM ga nisbatan jiddiy darajada arzonroqdir.
Еlement bazasi va arxitektura echini soxasidagi kelgusidagi muvaffaqiyatlar supermini ЕHM paydo bo’lishiga olib keldi — bu arxitekturasi, o’lchamlari va narxi bo’yicha kichik ЕHM sinfiga, lekin unumdorligi bo’yicha katta ЕHM ga tenglashadigan hisoblash mashinasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |