Shaxsiy hujjat matnlarining lеksik-uslubiy xususiyatlari



Download 155,01 Kb.
bet22/27
Sana13.07.2022
Hajmi155,01 Kb.
#789998
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Davlat tilida ishyuritish fanidan mustaqil ishlar jamlanmasi

DALOLATNOMA.
Hujjatning bu turi ilgari akt deb yuritilgan bolib, ish jarayonida xodim yoki tashkilot va uning bolinmalari faoliyatida biron bir voqyea-hodisaning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladi hamda bir necha kishi, asosan Shu ishga aloqador bolgan masul xodimlar tomonidan imzolanadi. Agar u tekshirish natijalariga kora tuzilsa, bir kishi taftishchi yoki nazoratchi tomonidan imzolanishi ham mumkin.
Dalolatnoma ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa moliya va hisob-kitob ishlarini yolga qoyishda, umuman pul va materiallar hisob-kitobi bilan bogliq holatlarda keng qollaniladi.
«Dalolatnomalar tegishli taftish otkazilgandan keyin, rahbarlik almashtirilayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga otkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan otkazish chogida, qimmatdor buyumlarni hisobdan otkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boyicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash jarayonlarini organishda va boshqa hollarda tuziladi» (Aminov M. Ish yuritish. T.:OzME, 2000, 186-bet). Kitobda ularning har birining rasmiylashtirilishidagi oziga xos xususiyatlar alohida tarzda korsatib berilgan.
Dalolatnoma u tuzilayotgan tashkilot yoki muassasa, nima maqsadda tuzilayotganligini ifodalovchi sarlavha, ortadan yoziladigan Dalolatnoma degan soz, tuzilgan vaqti va joyi, yangi qatordan uni tuzish uchun asos bolgan qaror yoki korsatma, dalolatnomani tuzuvchilar tarkibi, bu jarayonda ishtirok etuvchilar, dalolatnoma matni mazmuni, kerak bolgan holda ilovalar berilsa, ularning necha sahifa ekanligi, tuzgan va ishtirok etganlarning imzosi singari zaruriy qismlardan iborat boladi. Lozim bolgan orinlarda dalolatnoma tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidan ham tasdiqlanadi.
Dalolatnoma matnining sarlavhasi ...haqida shaklida yoki bosh keishikda (...-ish ahvoli) yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismaridan iborat bolishi lozim.
Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos bolgan holat korsatiadi, komissiya tarkibi toliq yoziadi.
Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiadi, aniqlangan hoatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn songida daloatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorangani korsatilishi lozim.
ISHONCHNOMA.
Inson faoliyati jarayonida Shunday paytlar boladiki, alohida bir kishi, tashkilot yoki muassasa boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa bilan boladigan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda, oldi-berdi qilishda vositachilik qiladigan boshqa shaxslarning komagiga mohtoj boladi. Ana Shu vositachilikni qonun-qoidalar yordamida amalga oshirish maqsadida ularning qoliga ishonch qogozi ishonchnoma beriladi. Ishonchnomani olgan kishi boshqa bir shaxs, tashkilot yoki muassasa oldida uni berganlar nomidan ish korish huquqiga ega boladi. Faoliyat qamrovidan kelib chiqib, ishonchnomalar ikki xil boladi: xizmat doirasidagi ishonchnomalar va shaxsiy ishonchnomalar.
Davlat va nodavlat tashkilotlari ortasida ish yuritishda foydalaniladigan ishonchnomalar xizmat doirasidagi, bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga biron bir vazifani bajarishga oz nomidan vakil etib tayinlanganini tasdiqlovchi hujjat esa shaxsiy ishonchnoma manosida qollanadi.
Xizmat doirasidagi ishonchnomaning faoliyat doirasi keng bolib, ular asosan boshqa joydan pul yoki moddiy buyumlar olib kelish maqsadida beriladi. Ular odatda maxsus blankalar namunaviy shakllar bosilgan ish qogozida rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma moliyaviy hujjat sanalgani tufayli uning namunadagi barcha orinlari aniq va savodli toldirilishi, tuzatishlar kiritilmagan bolishi lozim.
Shaxsiy ishonchnomalar asosan xodimning ozi borib olishi imkoni bolmagan paytlarda boshqa bir kishiga maoshi yoki nafaqasini olish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar oziga tegishli bolgan hujjatlarni olib kelish uchun berilishi ham mumkin.
Xizmat doirasidagi ishonchnomaga tashkilot rahbari va uning bosh hisobchisi tomonidan imzo chekilsa, shaxsiy ishonchnoma davlat notariusi yoki xodim ishlab turgan tashkilot, muassasa rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Ishonchnoma Ishonchnoma deb yozilgan soz, ishonch bildiruvchining toliq nomi, familiyasi va otasining ismi, lavozimi, ishonchnomaning mazmuni, amalga oshirilishi lozim bolgan vazifa va uning kim yoki qaysi tashkilot yoki muassasa bilan amalga oshirilishi, ishonch bildiruvchining imzosi va uni tasdiqlovchi muhr, berilgan vaqti va amal qilish muddati kabi zaruriy qismlardan iborat boladi.
Shaxsiy ishonchnomalar esa qolda yozilishi hamda davlat notariusi va tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi bilan malum darajada xizmat doirasidagi ishonchnomalardan farq qiladi. «Ish yuritish» qollanmasining mualliflari ishonchnomaning mulkni boshqarish va mulk huquqini olish, uy-joy sotish va sotib olish, ish haqi, nafaqa va Shaxsiy jamgarmadagi pullarni olish, avtotransportdan foydalanish va uni sotish huquqini beradigan turlari mavjud ekanligini qayd etishadi (Aminov M. va boshq. Ish yuritish. T.:OzME, 2000, 218-223-betlar).

Download 155,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish