315-guruh, Qodirova Yulduz. Reja: - Shaxs tushunchasining mazmun-mohiyati.
- Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi.
Shaxs tushunchasining mazmun-mohiyati. Shaxs tushunchasining mazmun-mohiyati. Insonning muhim xususiyatlaridan biri – uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‗lsa, o‗zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatidan xalos bo’la olmaydi. Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: ― Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o‗zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Shaxsning sosiologik konsepsiyasi bir qancha turli nazariyalarni o'z ichiga oladi. Ularning hammasi shaxsni u yoki bu sosial omillarning ta'siri ostida shakllangan o'ziga xos tuzilma ekanligini tan olishadi. Muammoni bu kabi qo'yish shaxsni faqat sotsiologiya nuqtai nazaridan tahlil etishga olib boradi. Bu yondashuvning ildizlari sotsial falsafa ildizlariga borib taqaladi.Shaxsning sotsiologik konsepsiyasi XIX asrning ikkinchi yarmi -XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Umumiy shaxsning sotsiologik nazariyasiga bo'lgan ehtiyoj doimiy o'zaro munosabatni, boshqacha aytganda, sotsial makrostrukturada sodir bo'layotgan jarayonlarni belgilaydigan doimiy o'lchamni topish kerakligini tushunishdan kelib chiqadi. Shaxsning psixoanalitik Shaxsning psixoanalitik kontsepsiyasi Z.Freyd fikrlarida yaqqolroq ifodalangan. Z.Freyd individ va jamiyat o'zaro ta'siri jarayonini sosio sosiopsixologik konflikt sifatida, shaxsni esa irrasional, g'ayriixtiyoriy mayllarining ansambli (uyg'un birlik) sifatida qaraydi. Freyd fikricha, sivilizatsiya o'zining taqiqlari va sanksiyalari bilan, bir tomondan, katta manfaat va zaruriyatdir, aks bo'ysunib, yashay olmagan bo'lardi. Sotsiologiyada sotsializatsiya davrlariga yana 2 yondoshuv mavjud. Sotsiologiyada sotsializatsiya davrlariga yana 2 yondoshuv mavjud. 1-yondoshuv.Sotsializatsiya jarayoni 3 davrga bo'linadi: - mehnatgacha bo'lgan davr;
- mehnat davri;
- mehnatdan keyingi davr;
2-yondoshuv.Sotsializatsiya jarayoni quyidagi davrlarga bo'linadi: 1-davr – go'daklik davri (1 yoshdan 4 yoshgacha); 2-davr – bolalik davri (4 yoshdan 10 yoshgacha); 3-davr – o'spirinlik davri (10 yoshdan 13 yoshga- cha); 4-davr – o'smirlik davri (13 yoshdan 18 yoshga cha); 5-davr – mehnat davri; 6-davr – mehnatdan keyingi-nafaqa davri. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasi. Deviant so'zi - lotincha”deviatio”so'zidan olingan bo'lib, chekinish, buzilish degan ma'noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti harakat , ijtimoiy xodisadir. Deviant xulq-atvor - jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'irlik, ichqilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. R.Merton ishlab chiqqan ta‘limot sotsiologiyada yetakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta‘rif beradi: ―Deviant xulq-atvor jamiyatda e‘lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq – atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1)Alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish. 2) Alkogolni ko'p iste'mol qilish -spirtli ichimliklarni muntazam, ya'ni xaftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik va giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ro‘ju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish. turlari ko’p bo’lib, ularga oddiy, elementar tartib buzishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi. Ma'lumki, zamonaviy G'arb sosiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko'p yaqqol namoyon bo'lish turi jinoyatchilik bo'lib, ijtimoiy me'yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o'rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |