Juft ranglarning talqini (M. Lyusher bo’yicha)
Yuqorida tavsiflangan ranglarni baholash va talqin qilish algoritmlari ularning birikmalarini talqin qilishda to’ldiriladi va aniqlashtiriladi. Turli tanlov birikmalarining talqini, aytib o’tilganidek, M. Lyusher tomonidan 36892 kishida tadqiq qilishning faktik materiali asosida amalga oshirilgan. Biroq Lyusher tomonidan talqin qilingan rang juftlari variantlarining hammasi ham universal deb qabul qilib bo’lmaydi. Chunki tekshiriluvchilar turli ijtimoiy sharoitlarda yashagan. Ular bizning xususiyatlarimizga mos kelmasligi mumkin. Bu erda faqat qator an’analarning bir–biriga mos kelganligi haqida gapirish mumkin xolos. Ranglar birikmalari tanlovining Lyusher talqinidagi namunalarini biroz moslashtirilgan ko’rinishda ko’rib chiqamiz.
«++» Birinchi rang ko’k.
+1+2 (ko’k va yashil) – qoniqish hissi, osoyishtalik, tinch muhitga intilish, ziddiyatlardan, stressdan qochish.
+1+3 (ko’k va qizil) – yaxlitlik hissi, faoliyatga to’laqonli hamohang munosabatda bo’lishga intilish.
+1+4 (ko’k va sariq) – kichikrok besaranjonlik, mustahkam aloqalarga bo’lgan hissiy va har doim ham anglanavermaydigan intilish. Boshqalar tomonidan bo’ladigan etiborga ehtiyoj.
+1+5 (ko’k va siyohrang) – biroz besaranjonlik, nozik muhitga, go’zallikka intilish.
+1+6 (ko’k va jigarrang) – xavotirlik hissi, yolg’izlikdan qo’rqish, ziddiyatlardan qochishga intilish.
+1+7 (ko’k va qora) – salbiy holat, osoyishtalikka, hordiqqa intilish, o’ziga bo’lgan munosabatdan qoniqmaslik, vaziyatga salbiy munosabat.
+1+0 (ko’k va kulrang) – salbiy holat, stressdan qutulishga intilish, oromga, hordiqqa intilish.
«++» Birinchi rang yashil.
+2+1 (yashil va ko’k) – ijobiy holat, tan olinish istagi, muvaffaqiyatni taminlovchi faoliyatga intilish.
+2+3 (yashil va qizil) – muvaffaqiyatga, faoliyatdagi to’siqlarni engib o’tishga, mustaqil qaror qabul qilishga intilish.
+2+4 (yashil va sariq) – tan olinish, mashhurlik istagi, kichik besaranjonlik, taassurot qoldirishga intilish.
+2+5 (yashil va siyohrang) – kichik besaranjomlik, tan olinish, mashhurlik istagi, qattiq taassurot qoldirishga intilish, atrofdagilarning o’z hatti–harakatlariga bo’lgan munosabatiga katta etibor.
+2+6 (yashil va jigarrang) – qoniqmaslik, charchoq hissi, atrofdagilarning o’ziga bo’lgan munosabati ahamiyatini oshirib baholash.
+2+7 (yashil va qora) – xafalik, nafrat hissi, munosabatlardagi qattiqqo’llik, mavqega intilish.
+2+0 (yashil va kul rang) – qoniqmaslik hissi, tan olinishiga intilish, taassurot qoldirishga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |