Asosiy ranglar:
Ko’k (xotirjamlik, qoniqish ramzi).
Yashil (ishonch, sabot, ba’zan qaysarlik ramzi).
Pushti–qizil (iroda kuchining namoyon bo’lishi, tajovuzkorlik xususiyati, qiziqish ramzi).
Och sariq (faollik, muloqotga intilish, ekspansivlik yoki (erkinlik) xursandchilik ramzi.
Xotirjam, yani ziddiyatdan holi bo’lgan vaziyatda asosiy ranglar ko’proq birinchi 5 tanlashdan joy olishi kerak.
Qo’shimcha ranglar: 5. Siyohrang. 6. Jigar rang. 7. qora. 8. Kulrang salbiy holatni, xavotirlik, stress, qo’rquv, nadomat va h.k. kechinmalar ramzidir.
Asosiy ranglar kabi bu ranglarning ahamiyati ham ularning tanlanish o’rni bilan belgilanadi.
Testning mohiyati shundan iboratki, sinaluvchi (o’z–o’zini sinaydimi yoki u bilan tekshiruvchi ishlaydimi) ranglarni o’ziga ma’qul bo’lgan tartibda tanlaydi: N 1–eng ko’p yoqadigan rang, N 2 –undan kamroq yoqadigan va x.k. N 8 raqami ostida esa eng kam yoqadigan (yoki eng yomon ko’radigani). Shunday qilib, 8 ta urinish hosil qilinadi.
N 1, N 2 – eng yoqqan ranglar «==» bilan belgilanadi
N 3, N 4 – ma’qul ko’riladi «x x»
N 5, N 6 – rangga befarqlik «==»
N 7, N 8 – rang yoqmaydi «– –»
Lyusher 36 ming tadqiqot natijalari asosida tanlangan urinishlarning taxminiy tavsifini ishlab chiqqan.
1–tanlash «+», belgilangan bu tanlash maqsadga erishish usullari, vositalarini aks ettiradi. Masalan, ko’k rangning tanlanishi xotirjam, ortiqcha kuch sarflamasdan harakat qilish maqsadini anglatadi.
2–tanlash «+» bilan belilangan tanlash Lyusherning fikricha, sinaluvchi intilayotgan maqsadni bildiradi.
3–4 – «x x» bilan belgilangan tanlash sinaluvchi tushgan ichki holat (o’z–o’zini baholash)ni yoki holat majbur qilayotgan harakatlar tarzini aks ettiradi.
5–6 – «==» bilan belgilangan tanlash sinaluvchi o’zining holatini, motivlarini go’yo mazkur ranglar bilan bog’layotganligidan dalolat beradi.
7–8 – «– –» bilan belgilangan tanlash mazkur rang aks ettiruvchi qandaydir ehtiyoj, motiv, kayfiyatdan holi bo’lishga intilishni bildiradi.
Tanlangan ranglarni yozib borish ma’qul ko’rilganlaridan boshlanadi va tanlash o’rni ko’rsatiladi. Masalan, qizil, sariq, kulrang, yashil, siyohrang, jigarrang va qora ranglar tanlanganda quyidagicha yoziladi:
= = x x = = – –
3 4 1 0 2 5 6 7 (== ; x x ; == ; – –;) zonalar 4 funktsional guruhni tashkil qiladi. Tanlov takrorlanishi (test bajarilishi, takrorlanishi) ham mumkin, birinchi va takroriy tanlovlarda tanlangan ranglar bir xil yoki turlicha bo’lsa, u holda tanlash hisobi anchagina murakkab usul bilan amalga oshiriladi, biz bu haqda hozircha to’xtalmaymiz va yuqorida keltirilgan standart variant bilan cheklanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |