«– –» Birinchi rang – ko’k.
–1–2 (ko’k va yashil) – qattiq zo’riqish, salbiy stress holatidan qutulishga intilish.
–1–3 (ko’k va qizil) – qattiq qo’zg’olish, ojizlik hissi, hissiy holatdan chiqish istagi.
–1–4 (ko’k va sariq) – stressga yaqin holat, salbiy hissiy kechinmalar, ojizlik hissi.
1–5– (ko’k va siyohrang) – stressga yaqin holat, o’zaro munosabatlarning murakkabligi, imkoniyatlarda cheklanganlik hissi, sabrsizlik.
1–6– (ko’k va jigarrang) – hissiy qoniqmaslik, o’zini–o’zi oqlash, yordam izlash.
1–7– (ko’k va qora) – stressga yaqin holat, hissiy qoniqmaslik, psixogen holatdan chiqishga intilish.
1–0– (ko’k va kulrang) – birmuncha ezilgan holat, tashvish, kelajagiga umid bilan qaramaslik.
«– –» Birinchi rang – yashil.
–2–1– (yashil va ko’k) – ezilgan holat, o’z kuchiga ishonmaslik, noxush vaziyatdan qochishga intilish.
2–3– (yashil va qizil) – kuchli ichki qo’zg’olish, og’ir kechinmalar, muhit bilan munosabatlarni o’zi uchun xatarli deb hisoblaydi, affektiv harakatlarni sodir etishi mumkin.
2–4– (yashil va sariq) – o’z kuchiga ishonmaslikka yaqin holat, ko’ngli sovish, ikkilanish hissi.
2–5– (yashil va siyohrang) – stressga yaqin holat, g’ururi kamsitilganlik hissi, o’z kuchiga ishonmaslik.
2–6– (yashil va jigarrang) – stressga yaqin holat, adekvat bo’lmagan o’z–o’zini nazorat qilishning oshib ketishi, tan olinishga asossiz intilish.
2–7– (yashil va qora) – shaxsiy talablarning chegaralanganligi tufayli qayg’urish holati, maqsadga intilishning zaifligi.
2–0– (yashil va kulrang) – qayg’urish holati, qator muvaffaqiyatsizliklardan asabiylashish, irodani pasayishi.
«– –» Birinchi rang – qizil.
–3–1– (qizil va ko’k) – qo’zg’olishni bosib turish, asabiylashish, besabrlik, yaqin kishilari bilan yuzaga kelgan salbiy munosabatlardan qutulishni izlash.
–3–2– (qizil va yashil) – adekvat bo’lmagan o’z–o’zini baholash tufayli stress holati.
–3–4– (qizil va sariq) – gumonsirash, xavotirlik, muhitni noto’g’ri baholash, o’zini oqlashga intilish.
–3–5– (qizil va siyohrang) – o’zaro tushunishga bo’lgan muvaffaqiyatsiz harakatlar tufayli stress holati, ishonchsizlik, ojizlik hissi, hamdard topish istagi.
–3–6– (qizil va jigarrang) – bazan hirsiy cheklanish tufayli yuzaga keladigan qattiq taranglik, do’stona munosabatlarning yo’qligi, o’z kuchiga ishonmaslik.
–3–7– (qizil va qora) – ko’ngli qattiq soviganligi sababli stress holati, kuyunish, xavotirlik hissi, ziddiyatli muammoni yechishga ojizlik, har qanday yo’l bilan kuyunish holatidan chiqish istagi, ammo buni amalga oshirilishiga gumon qilish.
–3–0– (qizil va kulrang) – qo’zg’alishni to’xtatib turish, asabiy zo’riqish ehtimoli bor, kelajagimni boy berdim, deb hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |