Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


I-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI



Download 85,53 Kb.
bet3/9
Sana03.05.2023
Hajmi85,53 Kb.
#934642
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundar

I-BOB. SHAXS MAʼNAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
1.1. Maʼnaviyatning asosiy kategoriyalari, uning rivojlanish qonuniyatlari
Mamlakatimizning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritishi erkin fikrlaydigan, oʻz-oʻzini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatla­rini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk komil insonni tarbiya­lash vazifasini davlat siyosati ustuvor yoʻnalish qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa eng avvalo tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy maʼnaviyatini boyitish va mustaqil dunyo qarashini shaqllantirishni taqozo etadi. Xuddi ana shu vazifa “maʼnaviyat”ni mustaqil mavzu sifatida oʻrganishni xam kun tartibiga qoʻydi.
Shu oʻrinda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi iqtibosini keltirish muhimdir: “Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his yetadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan daʼvat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”
Shu ehtiyojdan kelib chiqib oxirgi «maʼnaviyatning moxiyati, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bagʻishlanib respublikamiz ziyolilari oʻrtasida qizgʻin munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab maʼnaviyatning koʻp qirraliligi ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol koʻzga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruxiy-botiniy tomonlarini xam qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bagishlab koʻplab gazeta va muloxazalar eʼlon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda.
Aslida maʼnaviyat — insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turgan eng baquvvat omil hisoblanadi. Inson — tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, yaʼni yuksak maʼnaviyat egasi bula olish imkoniyati nazarda tugiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda koʻrmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, maʼna­viyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi. Faqat moddiy jihatdan taʼminlanish bilan kifoyalanish — ongsiz va ruxsiz maxluqotlarga xos. Maʼnaviyat odamning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy xodisadir.
Maʼnaviyat juda keng kamrovli tushuncha bo`lganligi uchun xam, uni bir jumlada ifodalash nixoyatda mushkul.
Maʼnaviyat koʻprok inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganliga bilan ajralib turadi. Shu maʼnoda maʼnaviyat inson qalbidagi iloxiy bir nur sanaladiki, bu iloxiy nur xech bir jonzotda yuq. Maʼnaviyat shunday sexrli tilsimki, uni tugal echishga bashar qudrati etmaydi. Shunday ekan, “maʼnaviyat” tushunchasiga bir yo`la mukammal taʼrif berish murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun “Maʼnaviyat”ga taʼrif berishda Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni oʻzimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq Yurtboshimiz “Turkiston” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida, maʼnaviyat xam bogʻlik, tabiat, jamiyat kabi oʻzluksiz xarakatdagi jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, xis-tuygʻusi tinim bilmaganidek, ularning maxsuli boʻlmish maʼnaviyati ham doimo oʻzgarish va yangilanishda boʻlishini uqdirib: “Maʼnaviyat avvalambor odamni ruxan poklanishga, qalban ulgayishga chorlayidigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, imon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uygotadigan kuch...” deb taʼriflagan edilar. Bu taʼrifda inson faoliyatining barcha maʼnaviy qirralari qamrab olingan boʻlib, biz bundan buyon maʼnaviyat xaqida soʻz yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Keyingi paytlarda maʼnaviyatga oid eʼlon qilinayotgan maqolalarda, oʻtkazilayotgan anjumanlarda “Maʼnaviyat” tushunchasiga taʼ­rif berish, uning jamiyat, inson va millat taraqqiyotidagi oʻrniga katta eʼtibor qaratilmoqda Xususan, “Vatan tuygusi” kitobining mualliflari “Maʼnaviyat — jamiyatniing, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki xayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha”, — deb taʼriflaganlar.
Bundan tashqari bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan maʼro`zalarida «maʼnaviyat — insondagi axloq odob, bilim, ilm, imon, ixlos va insoniy kamoloti uchun ijobiy taʼsir qiluvchi tizim yoki maʼnaviyat — insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, ama­liy, mafkuraviy qarashlar yigindisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir», deb taʼrif berib kelmoqdalar. A. Erkaevning fikricha, «Maʼnaviyat — insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi moxiyatidir, yaʼni inson­ning mexr-muruvvat, adolat, toʻgrilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, goʻzallikni sevish, zavqlanish, yovoʻzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi koʻplab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining oʻzviy birlik, mushtaraqlik kasb etgan majmuidir».
M.Imomnazarov dastlab “Maʼnaviyat inson qalbidagi iloxiy nur...”, — deb yozgan boʻlsa, keyinchalik “Maʼnaviyat — inson qalbida, koʻngil koʻzgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan taʼrif darhaqiqat, sufiyona ramziy taʼrifdir, zotan boshqacha taʼrif bu cheksiz moxiyatni cheklab kuyadi”, — deb yozadi. Maʼnaviyat hodisasi asosan ikki koʻrinishda namoyon boʻladi: shaxs maʼnaviyati va millat maʼnaviyati. Maʼnaviyat koʻngil koʻzgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, maʼnaviyatni tadqiq etish aslida Shaxs maʼnaviyatini oʻrganishdan boshlanmogʻi zarurdek koʻrinadi. Darhaqiqat, har bir insonning maʼnaviy dunyosi oʻziga xos hududsiz bir olam. Ammo har bir inson muayyan bir jamiyatda, muayyan bir insonlar jamoasi ichida yashaydi, muayyan bir millatga mansub boʻladi. Tabiiyki, har bir alohida inson oʻsib-ulgʻayar ekan, unga atrof-muhitida yashayotgan insonlarning taʼsiri boʻladi. Insonning maʼnaviy kamoloti ayni shu muhitning taʼsiridan boshlanadi. Har bir shaxs, oʻzi buni chuqur idrok qiladimi, yoʻqmi, qatʼi nazar, biror elat yo millatga mansub boʻlmay iloji yoʻq, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning gʻoyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson “oʻzini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda oʻylab, mehnat qilib yashagandagina maʼnaviyat bilan tutashadi”1. Buning maʼnosi, shaxs maʼnaviyati voqelikda millat maʼnaviyatidan ayru, undan tashqarida boʻlmaydi.
Shunday ekan, millat maʼnaviyati haqida muayyan tasavvurga ega boʻlmay turib, alohida shaxs maʼnaviyatini ham oʻrganish imkondan tashqari. Agarchi, tarixan va nazariy jihatdan millat maʼnaviyati, tom maʼnoda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi oʻtmish, bugun va
kelajakdagi barcha shaxslar maʼnaviyatining majmuidan iborat boʻlsada, voqelikda har bir shaxs maʼnaviyati millat maʼnaviyatidan oziqlanadi, uning asosida kamol topadi. Shaxs maʼnaviyati – har bir inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uygʻunlik darajasi. Bu uygʻunlik har bir shaxsning imoni, ilmi, masʼuliyati, mehri orqali namoyon boʻladi va Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat tuygʻularida ifodalanadi.

Download 85,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish