Shaxs ijtimoiylashuvi va unga tasir etuvchi omillar



Download 103,18 Kb.
bet3/12
Sana26.06.2022
Hajmi103,18 Kb.
#706719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Rayimova F

Mehnat faoliyati - ma'lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki madaniy, ma'naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma'lum maqsadga qaratilgan har doim ijtimoiy tabiatga ega bo’ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste'mol qilinadigan narsalarni, ya'ni non, mashinalar, turli ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlash, ya'ni kiyim-kechak oziq-ovqat va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lishi mumkin.1

Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi.


Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.
Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi,nati-jada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning
mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi,
rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va
salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining
har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Xususan, pedagog tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim. Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida insonning “hammadek” bo‘lish ob’ektiv ehtiyoji namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada boshqa ehtiyoj - o‘zini
o‘z individualligini ko‘rsatish ehtiyoji shakllanadi. Bola uni ifodalash usul va
vositalarini qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda uni namoyon qiladi, natijada uning
individuallashuvi sodir bo‘ladi. Bolaning individuallashuvi - u yoki bu ijtimoiy
ahamiyatga ega shaxs xislat va xususiyatlari aynan shu insonga mansub shaklda
namoyon etadi. Ijtimoiy o‘zini tutish esa boshqa insonlar intizomiga tashqi tomondan o‘xshashiga qaramay betakror, individuallik qirralarni egallaydi.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab iaravon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me`yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a`zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta`sir etadi. Bu ta`sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta`sir ko’rsatadi. Odamlar ijtimoiy me`yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv iaravoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlaiga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba`zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba`zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud. Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama- qarshilik insonparvarlik g`oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Agar bolaning guruhga moslashish jarayoni sodir bo‘lmasa, unda o‘ziga
ishonmaslik, tortinchoqlik, tashabbussizlik sodir bo‘lishi , bu esa shaxsni jiddiy
deformatsiyaga olib kelishi mumkin.
Bоlаning хulq-аtvоr mехаnizmlаrini o’zlаshtirishi ungа ijtimоiy munоsаbаtlаrgа muvаffаqqiyatli mоslаshuvini ta’minlаydi. Ijtimоiy mоslаshuv dеgаndа shахsning ijtimоiy muhit shаrоitlаrigа ko’nikishi tushunilаdi.
Ijtimоiy mоslаshuv bоlаning muvаffаqiyatli ijtimоiylаshuvining shаrti vа nаtijаsi hisоblаnаdi. Bu аsоsаn uch yo’nаlishdа оlib bоrilаdi: fаоliyat, mulоqоt vа аnglаsh. Fаоliyat sоhаsidа bоlаdа fаоliyat turlаrining kеngаyishi, fаоliyatning zаruriy shаkl vа vоsitаlаrini qo’lgа kiritishi, muоmаlа dоirаsining kеngаyishi, uning mаzmunining chuqurlаshishi, jаmiyatdа qаbul qilingаn хulq-аtvоr mе’yorlаrini o’zlаshtirishi sоdir bo’lаdi. Аnglаsh sоhаsidа o’z “Mеn”i оbrаzini shаkllаntirish, o’zining ijtimоiy mаnsublik vа ijtimоiy o’rnini аnglаsh ro’y bеrаdi. Bu jаrаyonlаrning bаrchаsini tаrbiya tаrtibgа sоlаdi.

Download 103,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish