Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvida tutgan o’rni
Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog’liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsisi davomida har qanday jamiyat o’zi mustaqil mavjud bo’lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunaqa odamlarga munosabat jamiyatning g’oyaviy, ijtimoiy iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog’liq ravishda rivojlangan va tuzishga ifodalangan-ularning jismoniy yo’q qilinishidan tortib, jamiyatda to’liq integratsiyalashuvlarigacha.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o’ziga xos yo’lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini beradi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo’yadi.
Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi ob’ektiv omillarning alohida inobatga olish kerak. Bunaqa omillarga nafaqat moddiy,g’oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro’y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga suveren davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga qayta ta’sir ko’rsatadi. Ularga milliy o’z-o’zini anglash, g’urur kabi turli yo’nalishlarda rivojlanishi mumkin bo’lgan hislatlar kiradi. YAkuniy maqsad shundaki shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga kechishi kerak.
O’zbek xalqiga o’ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o’z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalar, ideallarning ta’siriga duchor bo’ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko’nikishadi. O’quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o’rganisha va ona tillarida turli ma’lumotlar olish orqali o’smirlik yoshida o’z mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro’y beradi..
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo’ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo’lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega, shuningdek esa boshqa shunaqa tuzilmalardan o’z-o’zini anglashi bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug’ilishdanoq bo’lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o’zlashtirish darajasiga qarab bo’ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o’z-o’zini anglashning mavjudligidir. Psixologiya nuqtai nazaridan etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlar orasida (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)ni shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo’yicha aniqlasa bo’ladi.
Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o’zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo’lmaydi. SHu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo’llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.
Xulosa.
Shaxs ijtimoiylashuvi butun jamiyat hayotida muhim ahamyatga ega bo‘lib shaxs ushbu jarayonda buyun atrof muhit bilan birgalikda kechadi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida sgaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular tasirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy talimotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir. Demak uning rivojlanishiga tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamyatga ega. Shuningdek shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda tasir etadi , ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati , hayot tarziga yoshi , bilimi turmush tajribasi bilan birgalikda boshqa fojiali holatlar , kasalliklar ham tasir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy ham psixik jihatdan kamolga yetadi. Bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa u jamiat a‘zosi sifatida kamol topib , murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya tasiri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |