3-mashq. Keltirilgan iboralarni rus tiliga tarjima qiling yoki rus tilidagi muqobil variantini toping. Ularning ma’nosini izohlang.
Aqli yetadi, barmog‘ini tishlamoq, og‘zi qulog‘ida, gap qaytarmoq, gapida turmoq, dunyodan o‘tmoq, yeng shimarib, yer bilan osmon, yer yorilmadi-yu, yerga kirmadim, ko‘z yummoq, ko‘nglida kiri yo‘q, qo‘li kalta, tishini tishiga qo‘ymoq
4-mashq. Chap tomonda berilgan so‘zlarning ma’nolariga mos iboralarni aniqlashga harakat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Xafa, anqov, baxtsiz, ochiq qo‘l, yeng ichida,
baxti qora, yerga urmoq,
yomonlamoq, xursand, og‘zi qulog‘ida,
qovog‘idan qor yog‘moq,
birlashtirmoq, saxiy, boshini qovushtirmoq.
Frazeologik birliklarning turlari va uslubiy xususiyatlari
Til fanining iboralarni o ‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deyiladi. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar yoki gaplar bir ko‘chma ma’noni ifodalaydi. Shunday ibora va gaplar barqaror bo‘ladi. Ular obrazliligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Masalan: yuragi qon bo ‘Idi, ко ‘ngliga qil sig ‘maydi.
Frazeologik ibora va gaplar so‘zlarning ko‘p ma’noli (polisemiya) bo`lishiga asoslanadi, shuningdek, ikki va undan ortiq mazmunni ifodalaydi: o'zini qayerga qo'yishni bilmadi — sevinchdan hayajonlanmoq, zerikib yoki bekorchilikdan toqatsizlanmoq va boshqalar. Mazasi qochdi - sog'ligi yomonlashdi, ishi inqirozga uchradi. Frazeologiyaning tarkibida idiomalar ham bo‘lib, ular ma’lum tilgagina xos bo‘ladi va boshqa tillarga so‘zma~so‘z tarjimaqilib bo‘lmaydi: Ammamning buzog'i. Yuragi shuv etib ketdi. Gapning p o ‘st kallasi. Oyoqni qo'lga olib chopmoq va h.k.
Idiomalarda shakllangan mantiqqa to 'g ‘ri kelmaydigan fikr, voqea, hodisa ifodalanadi.
Nutqiy ta ’sirchanlik frazeologizmlarni qo'llash bilan ham vujudga keladi. Oddiy so‘zga nisbatan frazeologizmlar (iboralar)da ta ’sirchanlik kuchli bo'ladi. Masalan, Boya qishloqdan dadasi keldi. Dadasi nimadandir asabi buzilib, qovog'idan qor yog 'ib keldi-yu, o‘g ‘li bilan ko‘rishib bo’lmasdanoq Vohid Mirobidov qo‘ng‘iroq qildi (O. Yoqubov). Bu gapdagi xafa ma’nosini ifodalovchi qovog'idan qor yog'ib frazeologizmi fikming ta ’sirchanligini oshirgan.
Frazeologizmlar zaminida uzoq o ‘tmishda bo‘lib o ‘tgan voqeahodisalar, turmush haqiqati inson ongida mujassamlashgan, sayqallashgan obrazlaming tasavvurlari siqiq, sintaktik qoliplashgan bo‘- lib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan. Masalan: bir yoqadan bosh chiqardi, shaytonga dars beradi, chuchvarani xom sanama, temirni qizig'ida bos, suvga olib borib sug'ormay keladi, otdan tushsa ham egardan tushmaydi, to ‘ydan oldin nog ‘ora chalma, tepa sochi tikka bo ‘Idi, ко ‘zi to ‘rt bo ‘Idi va h.k.
Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo’lagi vazifasida keladi. Frazseologizmni tashkil etgan so’zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo’laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |