Shartsiz reflekslar
Shartsiz reflekslar, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga
nisbatan oʻzgarmas, genotip bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni irsiylanadigan reaksiyasi. "SH.r."
terminini I.P. Pavlov muayyan qoʻzgʻatuvchilarning retseptorlarga taʼsiri
natijasida yuzaga
keladigan reflekslar (ogʻizga ovqat tushganida soʻlak ajralishi, barmoqqa oʻtkir narsa
sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz
reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi boʻlimlari (gangliylar, orqa miya, bosh
miya dastasi va boshqalar) bilan bogʻliq. Shartsiz reflekslarda qoʻzgʻalishning
retseptorlardan
effektorga oʻtadigan yoʻli reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari
uchun umumiy boʻlib, organizm xattiharakatini doimiy (oʻzgarmas) muhit sharoitiga
moslanishini taʼminlaydi.
SH.r. ontogenez va filogenezla. oʻzgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida yoʻqolib
boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol boʻla oladi. Odam voyaga
yetgan sari yangi (mas, jinsiy) reflekslar paydo boʻla boradi.
Voyaga yetgan odam va
hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Shartsiz reflekslar shartli reflekslar
bilan qoʻshilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar oʻrtasidagi farq nisbiy boʻlganidan ularni
tasnif qilish ancha qiyin. Taʼsirlovchi taʼsiri xususiyatiga va javob reaksiyasining biologik
mohiyatiga binoan Shartsiz reflekslarni himoya,
oziqlanish, jinsiy, moʻljal olish va boshqa
xillarga ajratiladi. Murakkab bir xil xattiharakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi.
Baʼzan instinkt mazmunan Shartsiz reflekslarga tenglashtiriladi.
Zirabuloq togʻlarining shim.gʻarbidagi kichik kon. Choʻkindi togʻ jinslarining Zirabuloq intruzivi
bilan tutashgan qismida joylashgan. 1943-yilda ochilgan. Shartsiz reflekslark.dagi skarnlar
metamorfik slanetslar ichidagi mergelli oxaktoshlar hisobiga hosil boʻlib,
linzasimon shaklda
Boshqa mavzuga koʻchirish kerak
uchraydi. Skarn rudalari piroksen, granat, aktinolit, kvars, kaltsit, sheyelit, pirit,
pirrotin,
nontronit, limonit minerallaridan tarkib topgan. Kondagi asosiy ruda sheyelitdir. Sheyelit
skarnda granat va kvars bilan birga mayda (2– 5 mm) donachalar holida deyarli birdek
tarqalgan. Skarnlarda pirit koʻp. Kvarssulfid tomirchalar, odatda,
skarnlarda joylashgan, baʼzan
ular slanetslar ichiga ham oʻtadi. Shartsiz reflekslar hosil bo'lishida markaziy nerv
sistemasinig pastki qisimlari ishtirok etadi. Bu reflekslar nasldan naslga o'tadi.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shartsiz
_reflekslar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Shartsiz_reflekslar&oldid=
2389301
" dan olindi