Buxoro shahri
18.11.2021 18:07:17
O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 26 fevral kuni 2431-son bilan ro’yhatga olingan “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larlarni taqsimlash tartibi to’g’risida”gi Nizomga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan hamda 2019 yil 5 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha bitta talabaning bir yillik o’qitish qiymatiga muvofiq Buxoro Davlat universiteti nomidan (bundan buyon «Universitet» deb nomlanadi) rektor O.X.Xamidov bir tomondan, ikkinchi tomondan abiturient (talaba 1-kurs), RAJABOV NIZOMIDDIN NAMOZ O‘G‘LImutaxassis tayyorlash to’g’risidagi mazkur shartnomani tuzdilar. 1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari: 1.1 Universitet: 1.1.1 O’qitish uchun «Ta’lim to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Universitet Ustavida nazarda tutilgan zarur shart - sharoitlarni yaratish; 1.1.2 Talabalarga qonun bilan berilgan huquqlarini erkin amalga oshirilishini va universitet Ustaviga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash; 1.1.3 Mutaxassisni tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash; 1.1.4 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori yoki tariflar o’zgarganda ta’limning qolgan muddati uchun to’lov miqdori o’zgargani haqida talabani ogohlantirish; 1.1.5 To’lov shartnoma pulini o'’'z vaqtida to’lagan abiturientlarni talabalar safiga qabul qilish; 1.1.6 To’lov shartnoma pulini o'’'z vaqtida to’lamagan abiturient va talabalarni universitet binosidan va o’quv resurslaridan foydalanish imkoniyatini cheklash hamda imtihonlarga kiritmaslik. 1.2 Buyurtmachi: (talaba) 1.2.1 Ta’lim olish jarayonida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, oliy ta’lim muassasalari binosi, kutubxona fondi va elektron o’quv resurslaridan foydalanish; 1.2.2 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824sonli qarori 1-ilova “Oliy ta’lim muassalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga amal qilish va uni so’zsiz bajarish; 1.2.3 O’quv jarayonida bilim va saviyani baholash mezonlari bo’yicha to’liq ma’lumot olish? 1.2.4 Universitet tomonidan tashkil etiladigan sport-sog’lomlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish; 1.2.5 Universitet tomonidan belgilangan ichki tartib qoidalari talablariga to’liq rioya qilishi, oliygoh rahbariyati tomonidan chiqarilgan buyruq va farmoyishlarni so’zsiz bajarish 1.2.6 Joriy o’quv yili uchun belgilangan o’qitishning to’liq qiymatini o’z muddatlarida to’lash; 1.2.7 To’lov amalga oshirilgandan so’ng talaba universitet buxgalteriyasiga to’lovni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. 1.2.8 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori yoki tariflar o’zgarganda, ushbu farq o’qitishning qolgan muddati uchun ta’lim muassasasiga to’lanishi lozim 1.2.9 Kunduzgi ta’lim shaklida o’qiydigan talaba o’z hohishiga asosan stipendiyali kontrakt to’lovlarini amalga oshirgan taqdirda stipendiya olish huquqiga ega. 2. O’qitishning to’lov miqdori, muddatlari va to’lash tartiblari: 2.1 Kunduzgi ta'lim shakli (ta’lim tili O'zbek), 70230101-Lingvistika: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) uchun 2021/2022 o'quv yilida o’qitishning yillik to'lov miqdori 13365602 (o'n uch million uch yuz oltmish besh ming olti yuz ikki ) so'mni tashkil etadi. Kunduzgi ta’lim shakli asosida ta’lim oladigan talaba stipendiyasiz o’qigan taqdirda umumiy summadan stipendiyaning yillik bazaviy miqdori chegirib tashlanadi. (stipendiyaning bazaviy miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi). Ta’limning sirtqi va kechki shakllarida tahsil oladigan talabalar uchun stipendiya nazarda tutilmagan bo’ladi. 2.2 O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining bayoniga asosan 2021-yil 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o'quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to'lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi nazarda tutilgan. 2.3 Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oshirilganda to’lov-kontrakt qiymati miqdori navbatdagi semestr boshidan mos ravishda oshiriladi. 2.4 Talaba tahsil olayotgan o’quv yillari uchun kontrakt to’lov miqdorlari va tariflari o’zgarganda, buyurtmachi yoki jismoniy shahslarga to’lovlarni amalga oshirishlari uchun har bir o’quv yilida to’lov varaqalari rasmiylashtirilib beriladi. 2.5 O’qitish uchun to’lov quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) Semestrlarga bo’lib to’langanda: kuzgi semestr (birinchi yarim yillik) uchun birinchi kursda kamida 20 noyabrgacha; bahorgi semestr (ikkinchi yarim yillik) uchun 1 martgacha. Keyingi kurslar, ya’ni ikkinchi va undan yuqori kusrlarda mos ravishda 1 oktabr hamda 1 mart (oyma-oy to’langan hollarda ham). b) Choraklarga bo’lib to’langanda: belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 20 noyabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan keying bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha; belgilangan to’lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha, 75 foizini 1aprelgacha va 100 foizini 1 ivulgacha. 2.6 Shartnomaning 2.5 bandida ko‘zda tutilgan to‘lov muddatlarini o‘zgartirish Buyurtmachi (talaba) ning asosli sabablaii ko‘rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko’ra Universitet kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr uchun amal qiladi. 2.7 Talaba ichki tartib qoidalarni, o’quv intizomini buzganligi va akademik o’zlashtirmaganligi shuningdek, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun o’qishdan chetlashtirilganda o’qigan davri uchun to’langan to’lovlar qaytarib berilmaydi, to’lanmagan taqdirda esa, talabaning o’qishga qatnashgan davr uchun to’lov ixtiyoriy yoki sud tartibida undiriladi. 2.8 Oshirilgan to’lovkontrakt asosida qo’shimcha qabul qilingan (bakalavr) talabalar birinchi o’quv yilini tugatgandan so’ng keyingi o’quv yilidan boshlab amalda o'matilgan bazaviy to’lovkontrakt miqdori asosida o’qishini davom ettiradi. 2.9 Oshirilgan to’lov-kontrakt asosida qo’shimcha qabul qilingan talabalar o’quv yili ikkinchi semestridan uzrli sabablarga ko’ra qatnasha olmaganda, keyingi o’quv yilda o’qishni davom ettirishi uchun mazkur shartnomada belgilangan summaning to’lanmagan miqdori to’langanligidan so’ng o’qishni davom ettirishi mumkin. 3. Shartnomani bekor qilish va o’zgartirish tartibi 3.1 Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 3.1.1 Tomonlarni o’zaro roziligi bilan; 3.1.2 Universitet Nizomiga muvofiq ma’muriyatning tashabbusiga ko’ra ta’lim oluvchi o’qishdan chetlashtirilganda; 3.1.3 Tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda; 3.1.4 Uzrli sabablar bilan ta’lim oluvchini tashabbusiga ko’ra; 3.1.5 Buyurtmachi tashkilot tugatilganda, tegishli tomonlar o’rtasida yangi shartnoma rasmiylashtiriladi. 3.1.6 Amalda qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa hollarda. 3.2 Sharnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar tomonlarning kelishuviga ko’ra kiritiladi. 3.3 Talaba yoki buyurtmachi (jismoniy shahs) tomonidan ushbu shartnomada belgilangan ularning majburiyatlari bajarilmagan taqdirda universitet ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qiladi va talabani talabalar safidan chetlashtiradi. 3.4 Tomonlar o’rtasida kelib chiqadigan nizolar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida hal etiladi.