Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

 
Falsafa va mustam-
lakachilik g‘oyalari


147
Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsat-
di. Freyd qilgan buyuk inqilobning mohiyati shundaki, u De-
kartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib, fenomeno-
logik (favqulodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil
qilish mumkinligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analariga mu-
vofiq, ongsizlik bilib bo‘lmas jarayon deb tushuntirilardi. Freydning
psixoanalitik falsafasi inson borlig‘ini vujudga keltirgan asoslarni
aniqlashga, kishi xulq-atvori, xarakterining yuzaga kelish sabab-
lari, individ turmush tarzi tamoyillarining hosil bo‘lishini tushun-
tirishga intiladi.
Òarixiy taraqqiyotning davriy modeli, dunyo dinlari (budda-
viylik, xristianlik, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va
jiðslashtiruvchi bosh omil ekanligi g‘oyalari ilgari surildi.
Shu tariqa, cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi,
barcha dinlarning tengligi tamoyillariga toqat bilan ko‘nika
boshladi.
Bu davr fashistik g‘oya qaror topgan davr hamdir, chunki
har bir harakat sodir bo‘lishidan oldin uning g‘oyasi paydo
bo‘lishi tabiiydir. Bundan tashqari, boylik, dunyo bozorini
talashish, hukmronlikka intilish, yangi mustamlakachilik g‘oyalari
ham rivojlandi.
Bir qator yozuvchilar o‘z asarlarida dengiz va okenlar „egasi“,
„quyoshi hech qachon so‘nmaydigan“ imperiya bo‘lmish Britaniya
imperiyasini ko‘klarga ko‘tarib maqtadi. Ular, „oq tanli kishi“
boshqalardan ustun bo‘lib, „rangdor“ xalqlar orasiga madaniyat
olib kirishga tayyor turadi, degan aqidani ilgari surdilar. Shunday
g‘oyalar ingliz yozuvchisi R. Kiðlingning „Oq tanli kishining burch
anduhi“ kitobida ham uchraydi.
Musiqa san’atida realizm va xalqchillik
dekadentlarcha noziklikka va shaklan mu-
rakkablikka qarshi kurashda rivojlandi. Bu davrda Myunxenda avs-
triyalik oilasida tug‘ilgan bastakor Rixard Shtraus „Salomeya“,
„Elektra“, „Gullar oshig‘i“, avstriyalik simfonist Gustav Maler
„Qazo qilgan bolalar haqida qo‘shiq“, „Bolaning sehrli shoxi“ va
boshqa asarlar bilan shuhrat qozondi.
R. Shtraus motsartcha operani qaytadan tikladi. Uning asarlari
hayotbaxshligi, insonparvarligi,  go‘zallikni tarannum etishi bilan
ajralib turadi. Betxoven an’analarini G. Maler rivojlantirdi. Maler
•
Musiqa


148
musiqa asarlarining ijtimoiy ahamiyatini yuksaklikka ko‘tardi,
murakkab musiqaviy mavzular bilan sodda xalq kuylarining uyg‘un-
lashib ketishiga erisha oldi.
Rossiyalik bastakor A.M. Skryabin musiqada davrning  g‘oya va
obrazlarini gavdalantirdi. Bastakor, pianinochi va dirijor S.V. Rax-
maninov boy kuylar vositasida vatan mavzusini romantik pafos va
lirika bilan ochib berdi.
Rassomchilikda qator yangi oqimlar vujudga
keldi. Bu yangi oqimlarning biri impres-
sionizm (taassurot) edi. Bu oqimga kirgan rassomlar voqelikni,
kuzatishdan olingan taassurotlarni sof holda aks ettirardi. Eduard
Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar va Kamil Pissaro impressio-
nizmning eng iste’dodli namoyandalari edilar. Ularning nozik bo‘-
yoqlar uyg‘unligi ifodalangan asarlarida hayotga cheksiz muhabbat
aks ettirilgan. Ular quyosh yog‘dusini, fazo va teranlikni aks
ettirishning yangi texnik vositalarini topdilar. Lekin, ular insonning
ichki dunyosini, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini ko‘rsatib berishni
o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymagan edilar.
Rassomchilikda real hayotni butun borligicha aks ettirish oqimi
ham mavjud edi. Bu borada Pol Sezann, Pol Gogen va Vinsent van
Gog mehnat ahlini alohida o‘rinlarda tasvirlay oldilar. Chunki ular
ishchilarning azob-uqubatlaridan qattiq ta’sirlangan edilar.
Mashhur xitoylik rassom Jen Bonyan iðak matoga rasm solish-
ning qulay usulini yaratdi. Buyuk fransuz haykaltaroshi O. Ro-
denning „Mutafakkir“ degar asariga qarab hech kim insonning,
dekadentlar ishontirmoqchi bo‘lganidek, „oliy“ kuchlar qo‘lida
o‘yinchoq ekanligiga ishonmaydi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, gumanitar fanlar, adabiyot
va san’at davrning ehtiyojiga aylandi hamda turli xil mafkuraning
shakllanishiga xizmat qildi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish