Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

F.M. Dostoyevskiy.
41-§.
Òanqidiy realizm


150
ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rango-rang bo‘yoqlarda
tasvirlagan ijodkordir.
Amerika yozuvchisi J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan
ajralib turar edi. Uning „Òemir tovon“ romanida insoniyat oldida
turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi.
Avtobiografik tarzdagi „Marten Iden“ romanida yozuvchi halol
ijod ahlining soxta madaniyat bilan fojiali to‘qnashuvini ochib
berdi.
Amerikalik yozuvchi T. Drayzerning „Moliyachi“, „Òitan“
romanlarida amerikalik monopolist, tojsiz qirol, puldor Kauper-
vudning umumlashgan obrazi  berilgan. Kaupervud boyish uchun
kurashda qalloblik usullaridan, odamlarni aldash, sotib olishdan
foydalanib, o‘z maqsadi sari intiladi.
R. Rollan o‘zining ko‘p tomli „Jan Kristof“ romanida fransuz
va german burjua jamiyatining buzilishini ko‘rsatadi. Uning
qahramoni — kompozitor Kristof razillik, munofiqlik, amal-
parastlikni ko‘rib azoblanadi. „Maydondagi yarmarka“ kitobi g‘oyat
keskin fosh qilishi bilan ajralib turadi. Bunda muallif sotqin
vazirlarni, „saroy to‘tilarini“, „sotsialist“ amalparastlarni, san’at
korchalonlarini fosh qilishda satirik usullardan foydalanadi.
Bu davrda satira katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Nemis yozuvchisi,
yumorist  G. Manning „Sodiq fuqaro“ romani hamda „Imperiya“
trilogiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch
sifatida namoyon bo‘ldi. Uning sahifalarida ko‘plab qirollar va
kanslerlarni, zodagonlarni va amaldorlarni, xalqqa xiyonat qilgan-
larni hamda viloyatlardan chiqqan zodagonlarni, hatto imperator
Vilgelm II ni ko‘rish mumkin.
Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik ustasi, atoqli fransuz
yozuvchisi  A. Frans edi. Uning „Silvester Bonnarning jinoyati“
asarida „Uchinchi Respublika“ning illatlari, hukmron doiralar-
ning ma’naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarx-
larning fitnalari keskin, oshkora kulgi ostiga olindi. Atoqli amerikalik
satirik yozuvchi M. Òvenning romanlari, hikoyalari, maqolalari
achchiq va darg‘azab satiraga boydir. „Olomon qiluvchi Qo‘shma
Shtatlar“ maqolasining nomi yoki „Senator turmada o‘tirmagan
vaqtlarida qonun chiqaruvchi kishi“, „Xalq xizmatkorlari — porani
taqsimlash uchun o‘z lavozimlariga saylangan shaxslar“ nomli
o‘tkir ta’riflarning o‘zi juda qimmatlidir.


151
Bu davrda jahon demokratik ma-
daniyatining fondi Osiyo va Lotin Ame-
rikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi
bilan ham boyidi. Atoqli yapon yozuv-
chisi A. Ryunoske novellalarida tekinxo‘r
mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq
ommasining umumiy kuchini anglash
o‘z aksini topdi. Hind gumanist yozuv-
chisi  R. Òagor falsafiy teranligi va ba-
diiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi
romanlar, pyesalar, hikoya va she’rlari
bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Uning butun ijodi milliy mustaqillikka
otashin chaqiriqdan iborat edi. Ayniqsa, „Halokat“ romani
mashhur bo‘ldi. Xitoylik Lu Sinning ijodi kambag‘allarning og‘ir
ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan edi.
Demokratik adabiyot ijodkorlari tenglik va
adolat tamoyillarining g‘alaba qilishiga,
insonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni
o‘zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri
amerikalik adiba G. Bicher-Stou bo‘lgan. Uning „Tom tog‘aning
kulbasi“ romani jahon adabiyotining nodir asarlaridan hisoblanadi.
Romanda XIX asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular
o‘rtasidagi ziddiyat, qulchilikka qarshi qora tanlilar isyoni haqqo-
niy yoritilgan. Uning „Men va mening xotinim“, „Biz va
qo‘shnilarimiz“ asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy tasvir-
lanadi.
Jek Londonning tabiatni bo‘ysundirgan qahramon haqidagi
„Hayotga muhabbat“, ishchi va dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan
„Bir parcha go‘sht“, „Dengiz bo‘risi“ va boshqa asarlari mash-
hurdir.
Ingliz dramaturgi Bernard Shou o‘z asarlarida ekspluatatsiyani,
meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan. „Qariyalar
uyida“, „Qurol va inson“, „Shayton shogirdi“, „Mayor Barbara“
kabi asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga,
ijtimoiy taraqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo‘ra-
vonlikka qarshi qo‘yish g‘oyalari ilgari suriladi.
Fransuz abidi Viktor Gyugo o‘zining „Dahshatli yil“, „Xo‘r-
langanlar“, „To‘qson uchinchi yil“ kabi asarlarida zulmga, jaholat

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish