Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti MOXT yo’nalishi 3-kurs talabasi Bobobekov Ro’ziboyning bajargan ishi.
Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi fаnigа kirish. Etnоlogiya fаni prеdmеti, mаqsаd vа vаzifаlаri, tаdqiqоt usullаri. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasigа оid mаnbаlаr va tаriхiy-etnologik tаsnifi.
Case study
Etnologiyaning zamonaviy muammolari. O’tgan XX asr oxirgi horagida etnologiyada yangicha yo‘nalishlarning paydo bolishi mazkur fan doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarning ham tubdan, ham mazmunan, ham mohiyatan o ‘zgarishiga olib keldi. Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan an’anaviy ko‘rinishni olgan uzoq yurtlardagi o‘ziga xos ekzogamik madaniyatlar emas, balki, zamonaviy jam iyatlarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratila boshlandi.
Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar paydo boldi. Tadqiqotchilar tomonidan etnologiyaning o'ziga xos yangi yo‘nahshlari bo‘yicha ilmiy ishlar bajarila boshlandi.
Jumladan, G‘arbiy Yevropa ilmida ijtimoiy etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya, xo‘jalik (iqtisodiy) etnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda. Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar orasida Rossiya etnologiya maktabi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab ayrim tadqiqotchilar tomonidan etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va madaniy antropologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiyaning markaziy shaharlarida, xususan,
Sankt-Peterburg Davlat universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi, Yevropa va AQSh olimlarining jiddiy muhim asarlari tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnologiyaga oid qator o‘quv qoilanm alari, ilmiy asarlar chop etildi. Ushbu fan sohasida Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxo Maklay nomidagi Etnografiya institutining nomi ham Etnologiya va antropologiya instituti deb o ‘zgartirildi hamda institutning tadqiqot mavzulari ham mazkur yo‘nalishlarga moslashtirildi. Yurtimizda esa mustaqillik davrida Respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari, jumladan, Farg'ona vodiysi, Janubiy 0‘zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnologiyasi va bu mintaqalar aholisi etnom adaniyatidagi mahalliy xususiyatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transformatsion, etnoslararo jarayonlar, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi turli diasporalar va irredentlar etnologiyasi, an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, zamonaviy shahar muhitida an’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish omillari, zamonaviy etnik jarayonlar kabi ko‘plab mavzularda tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, etnologiyaning tadqiqot mavzusi doimiy ravishda kengayib bormoqda va bu esa ma’lum ma’noda fanga mukammal ta’rif berish imkonini cheklamoqda. To'g'ri, bugungi kunga qadar turli uslubiy qarashlar va g‘oyalar asosida etnologiyaga berilgan o‘nlab ta ’riflar mavjud bo‘lib, ular etnologiyaning ayrim muhim muamonlarinigina o ‘ziga qamrab olgan.
Xulosa
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki rivojlangan mamlakatlarda etnologiya yo‘nalishida bajarilayotgan ilmiy ishlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |