Qizil rang nafsning, hirsning, ochko’zlikning ramzi, Odamzod qizil rangga qanchalik intilsa, shunchalik zalolatga, nafs botqog‘iga botadi. Qahramon bekorga itga ovqat izlaganida qo‘liga qizil chelak ko’tarmagan. Uning qalbida nafs va iymon urush boshlagan.
“Sharq yulduzi” jurnali 2011yil 3 / 167-bet
Buki oning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila bo‘lmish mubaddal, nomusulmonimg‘a ayt.
(Yorning zulfi zunnorida dinim hosili kufr bilan almashadi)
Zunnor nasroniylarning kiyim ustidan bog‘laydigan ipi. Tasavvufda u tariqat yo‘lida xizmat qilish, Xudoga bandalikda mustahkam turush uchun ahdu-paymon qilish, riyozatu kamolotga bel bog‘lashni bildiradi.
Behbud Botirov “Navoiy va yoshlar tarbiyasi”, Nizomiy nomidagi TDPU, 2010 y. 98-bet
“Alisher Navoiy she’riyatida may, jom, qadax, piyola kabi ramzlar keng qo‘llaniladi. Tasavvufda bular “Ilohiy fayz bulog‘i” sanaladi. Shoir she’riyatida jom, qadax, sog‘ar, zarf, piola, kosa, bat, bo‘la va kishti kabi bir qataor idishlar ham uchraydi. Tasavvuf adabiyotida bu timsollar pir ta’limi, undan yetadigan irfoniy huzur, oshiq qalbi va ilohiy fayzni anglatadi. Ular orasida eng ko‘p qo‘llanilgani jomdir. Navoiyda jom “ishq ahlining ko‘zgusi”, vahtak mayi to‘la ko‘ngil ma’nolarini ifodalaydi. Mumtoz she’riyatda, jumladan, Alisher Navoiy ijodida ham oltin jom, oldin qadax va oltin piola kabi tushuncha – timsollar ko‘plab uchraydi”.
Soqiyo, jomi zumurradrang aro qo‘y la’li may
Kim, erur shingarf behad xushnamo zangor ila.
M. Asadov, “Ta’lim bosqichlarida Navoiyning hayoti va ijodini o’rganish” Alisher Navoiy ijodida jom timsoli, 69-bet.
Uludog‘ S. Tasavvuf istilohlari lug‘ati. Istanbul, 1995. – B. 454
“Binafsha” Cho‘lpon.
Binafsha, Bir so‘yla,
U qanday qo‘llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,
Ko‘nglimga isriqlik to‘kmaysan?
Binafsha, yig‘lama, binafsha, kel beri,
Qayg‘ungni qayg‘umga qo‘shgil.
Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri,
Adabiyot. 7-sinflar uchun darslik. / Q.Yo‘ldoshev, B. Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov / - Toshkent: “Sharq”, 2017. - 304-bet.
Binafsha – hurriyat, erk ramzi. Cho‘lpon o‘zining “Binafsha” she’rida binafsha ramzi orqali Vatanning qayg‘usini, holatini, boshqalar tomonidan bosib olgan Davlatning toptalgan erkini tasvirlagan. Binafsha – Vatan timsoli.
Dunyoga kelib bilmay loyigʼa bota qoldim,
Darmon yoʼqidan zahri balosin yuta qoldim.
Koʼrdum men oni dushmani ruhi tan ekandur,
Lo oʼqi bilan ikki koʼzini ota qoldim.
Аlbatta, dunyo boshdan-oxir botqoqdan iborat emas, lekin loy – uning bir ramzi. Shoir dunyo haqidagi qarashlarida hurlik tuyg‘usiga alohida ahamiyat beradi. Hurlik nima? Ishq. Haqiqiy hur odam kim? Oshiq va orif. «Ishq yo‘lig‘a kirgan, albatta, kechar jondin, Kechmasa jondan aytgon so‘zidur yolg‘on», – deydi Mashrab. U asl maqsadga yetish uchun parda bo‘lgan dunyoni tark etish tarafdori: «Koʼtarsang pardani nogoh jamolingni ko‘ray derman, Jamoling partavin solsang, ki husningga to‘yay derman», «Pardangni olib men sari gar birgina boqsang, Ul dam meni motamzada dar xanda bo‘loyin».
https://kh-davron.uz/
Qo'riqchi it
Orzu qilgan ekan boyvachcha yigit,
Uy qurdi, aqchani sarf etdi talay.
Uyni qo‘riqlardi, lekin cho‘loq it,
Bo‘ynigacha qo‘tir, bir ko‘zi g‘ilay.
Shundoq imoratni qurdingmi, Odam,
Topib qo‘y-da endi, loyiq itni ham.
Tashna qultum suvni orzu etgaydir,
Oltin piyolani axir netgaydir?!
Bemorga mol-dunyo va‘da aylama,
Bir og‘iz shirin so‘z unga, yetgaydir.
Abdulla Oripovning quyidagi to‘rtligida oltin piola boylik ramzi.
https://uzbaza.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |