ARAB TILI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Adabiy merosimizning aksariyati arab tilida bitilgan bo‟lib, ko‟plab tarixiy manbalarimiz
islom dini tili bo‟lgan arab tiliga bevosita taalluqli. O‟zbek tili va adabiyoti tarixini
o‟rganayotgan talabalar bu tilni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‟z tariximizni biz, albatta,
adabiy, ilmiy merosimizga tayanib o‟rganamiz. Bu manbalar esa, eski o‟zbek yozuvi bilan birga
arab tilida ham yozilgan. Arab tilini o‟qitishdan maqsad talabalarni bu tilda erkin so‟zlasha
olishi, yoza olishi va eng muhimi boy ma‟naviy merosimizning shu tilda tilda bitilgan
namunalarini o‟qiy olishga o‟rgatishdan iborat. Talaba arab tilini o‟rganar ekan o‟z ona tiliga
o‟zlashib qolgan arabiy so‟z va iboralarni mazmunan nahlil qila olish, bu tilda bitilgan
manbalarni tadqiq qilish malakalarini egallashi zarur.
Talaba mazkur fanni o‟rganish jarayonida quyidagi bilim va mamlakalararni egallahsi
lozim bo‟ladi.
-arab tilining somiy tillar guruhiga mansubligini,
-arab tili uch bosqich, ya‟ni qadimgi, mumtoz va hozirgi zamon arab adabiy tilini o‟z
ichiga olishi,
-klassik arab tilining xususiyatlari,
-arab tilining Yaqin va O‟rta Sharq xalqlari madaniy hayotida xalqaro til vazifasida
muhim rol o‟ynaganligi,
-hozirgi zamon arab adabiy tilining keng iste‟mol doirasini aniqlash,
-arab tilining yozuv sistemasi undosh tovushlarni va cho‟ziq unlilarni ifodalovhci harflar
tizimodan iboratligi,
-qisqa unli tovushlar esa “harakatlar” deb ataluvchi maxsus belgilar orqali ifodalanihsi,
-grammatik qurilishi jihatidan arab tili boshqa somiy tillar qatori flektiv tillar guruhiga
kirishi,
-grammatik shakl asosini uch uzakli undosh fonemalar tashkil qilishi va boshqa
qrammatik shakl o‟zgarishlari asosan so‟zning o‟zida ichki fleksiya orqali amalgam oshirilihsi,
-arab tilida so‟z turkumlari uch guruhga bo‟linishi: ismlar (ot, sifat, son olmosh,
sifatdosh), fe‟llar ( zamon shakllari, nisbatlari hamda ularning vaznlari, mayillari) harflar-
yordamchi so‟zlar (bog‟lovchilar, ko‟makchilar, yuklamalar, undalmalar),
- arab tilining lug‟at tarkibini asosan arab so‟zlari tashkil qilishi, oz qismi esa boshqa
tillarga mansubligi,
-arab tilida sinonim va omonim so‟zlar keng tarqalganligi,
190
-arab tilida yangi so‟zlarning morfologik va sintaktik yo‟l bilan hosil qilinishini bilish,
-tovushlarni to‟g‟ri talaffuz qilish,
-arab tili imlo qoidalariga to‟gri rioya qilgan holda erkin va to‟g‟ri yoza olish,
-kichik matnlarni o‟qish va tarjima qila olish,
-muomilada ko‟p iste‟molda bo‟ladigan so‟zlarni yod olish, o‟tilgan mavzular bo‟yicha
savollarga javob bera olish,
-arab tilining fonetik va grammatik xususiyatlarini o‟zlashtirgan holda tarjima bilan
shug‟ullanish, o‟qigan yoki eshitganlarining ma‟nosini tushuna olish.
Arab tili fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Arab tili o‟zbek tili va adabiyoti, eski
o‟zbek tili va yozuvi, tarix va huquq fanlarini o‟zlashtirishda muhim o‟rin egallaydi.O‟zbek tili
va adabiyoti tarixi bevosita arab tili bilan bog‟liqdir. Talabalar mumtoz adabiyot, tarixga oid
asarlarni o‟rganishda arabcha atama va iboralarga duch keladi. Arab tilidan olingan bilim va
ko‟nikmalar bu o‟rinda juda katta yordam berishi shubxasiz.
191
Do'stlaringiz bilan baham: |