«sharq» nashriyot-matbaa


  Yoz  fasli  boshqa  fasllardan  nimasi  bilan  farq   qiladi?    2



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/68
Sana24.01.2022
Hajmi4 Mb.
#407102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
4-tabiatshunoslik

1.
  Yoz  fasli  boshqa  fasllardan  nimasi  bilan  farq  
qiladi?   
2.
  Yozda  dala  va  bog‘larda  qanday  o‘zgarishlar 
bo‘ladi? 
3.
  Uy  hayvonlari  qayerda  boqiladi?  Ular  insonlarga 
qanday  foyda  keltiradi? 
4.
  2-rasmda  qanday  jonivorlar  tasvirlangan? 
5.
  O‘lkamizning  go‘zal  tabiati  haqida  gapirib  bering.
Turli  o‘simliklardan  gerbariy  tayyorlang. 
 


YER  –  QUYOSH  SISTEMASIDAGI  SAYYORA
                             
YULDUZLAR.  QUYOSH
 
Tunlari  osmonda  son-sanoqsiz  yulduzlar  ko‘rinadi. 
Yulduzlar  bizga  mitti  bo‘lib  ko‘rinsa-da,    aslida  ular-
ning  har  biri  juda  ulkan. 
Yulduz 
Yulduzlarning  bizdan  qanday  uzoqlikda  ekanligini 
tasavvur  qilib  ko‘raylik.  Ulardan  tarqalayotgan  nurlar              
1  sekundda  300 000  kilometr  masofani  bosib  o‘tadi. 
Nurning  tezligi  shunday  katta  bo‘lsa  ham,  eng  yaqin 
turgan  ba’zi  yulduzlar  nuri  bizga  yetib  kelishi  uchun 
esa  100  yildan  ortiq  vaqt  ketadi.
Agar  diqqat  bilan  kuzatgan  bo‘lsangiz,  yulduzlar 
rang-barangdir.  Ayrim  yulduzlar  oqish  yoki  ko‘kimtir. 
Ular  eng  qaynoq  yulduzlar  hisoblanadi.  Bunday  
yulduzlar sirtidagi  harorat +10 000 °C dan  +100 000 °C  
gachadir. 


Yulduzlar  orasida  sarg‘ishlari 
ham  bor.  Ular  sirtidagi  harorat 
+3 000 °C  dan  +10 000 °C  gacha 
bo‘ladi. 
Ayrim  yulduzlar  qizg‘ish  tusda  
bo‘ladi.  Bunday  yulduzlar  sirtidagi  
harorat  +2 000 °C  dan  +3 000 °C 
gacha  bo‘ladi. 
Bulutsiz  tunda  3 000  taga  ya-
qin  yulduzni  ko‘ra  olishimiz  mum-
kin.  Ko‘ri  na    di gan  yulduzlar  ortida  ham  son-sanoqsiz 
yulduzlar  mavjud.
Olimlar  azaldan  yulduzlarni  o‘rga     nishga  qiziqqanlar. 
Jumladan,  buyuk  alloma 
Mirzo  Ulug‘bek
yulduzlarni  o‘rganish  uchun  Samarqandda  maxsus 
in  shoot  – 
rasadxona 
qurdirgan.  Rasadxonadagi 
asboblar  yordamida  tekshirishlar  natijalari  asosida 
yulduzlarning  joylashish  jadvalini  tuzgan.  Yulduzlar-
ni  o‘rganish  natijalarini  to‘plab,  alohida  kitob  yozib 
haqida  yozilgan.  Kitobda  keltirilgan  yulduzlar  haqidagi 
ma’lumotlar  hozirda  ham  katta  ahamiyatga  ega. 
 
Quyosh  har  kuni  erta  tongda  Yer  sirtining  bir  to-
monidan  chiqib,  kun  bo‘yi  osmonda  harakat  qiladi. 
Kechga  borib,  u  Yer  sirtining  boshqa  bir  tomoniga 
botadi.  Go‘yoki,  Yer  shari  bir  joyda  turadi-yu,  Quyosh 


9
3-rasm.
aylanadi.
Aslida  Quyosh  Yerga  nisbatan  bir  joyda  turadi.  Yer 
Qu yosh ning  diametri  Yer  sharini ki dan  109  mar-
ta  kattadir.  Uning  massasi  esa  Yernikidan  330  000 
marta  katta.  Tasavvur  qiling,  agar  Quyosh  kattaligini 
koptokdek  desak,  u  holda  Yerning  kattaligini  mosh 
donasidek  deyish  mumkin.
Quyosh  tunlari  yog‘du  sochib  turgan  osmonda-
gi  yulduzlardan  biridir.  Yulduz lar  qanday  holatda 
bo‘lsa,  Quyosh  ham  shunday  holatda  bo‘ladi.  Quyosh 
sarg‘ish  rangli  o‘rtacha  kattalik dagi  yulduz  hisoblanadi 
Yulduzlar  bizdan  nihoyatda  olisda  bo‘lgani  uchun 
ularning  nuri  Yerga  yetib  kelguncha  bir  necha  o‘n  yil 
-
da yetib keladi. Ko‘rib turibsizki,  tunlari ko‘rinib turgan 
yulduzlarga  nisbatan  Quyosh  bizga  juda  yaqin  ekan. 
4-rasm.
  Quyoshning   
tuzilishi.
Quyosh
Yer


10
Quyosh 
Quyoshning  yadrosida,  ya’ni  markazida  harorat  
 
000
 
000  °C  dan  yuqoridir.  Sirti  tomon  harorati 
 
000 °C 
kilometrga  yaqin.  Quyoshning  bizdan  qanchalik  uzoq 
ekanligini  tasavvur  qilib  ko‘raylik.  Faraz  qilaylik,  har 
sekundda  12  kilometrdan  yo‘l  bosadigan  tezuchar 
raketa  Yerdan  Quyosh  tomon  yo‘l  olgan  bo‘lsin.  U 
 
Koptok  oling  va  uni  Yer  shari  deb  tasavvur  qiling.  U 
holda  Qu yoshning  kattaligi  taqriban  qancha  bo‘lishini 
ayting.
5-rasm.
Quyosh
Yer


11
Quyosh  bepoyon  olamga  tinimsiz  yorug‘lik  tarqatib 
turadi.  Bu  yorug‘likning  bir  qismigina  Yerga  keladi. 
Yerdagi  butun  tirik  tabiat  –  o‘simlik  va  hayvonlar,  shu-
ningdek,  odamzod  Quyosh  yorug‘ligi  tufayli  mavjuddir.
Faraz  qilaylik,  Quyosh  birdaniga  g‘oyib  bo‘lib  qoldi. 
U  holda  Yerda  qanday  o‘zgarishlar  yuz  berishi  mum-
kin?  Avvalo,  hamma  yoqni  tim  qorong‘ilik  qamrab 
oladi.  Osmondagi  Oyning  yorug‘ligi  ham  yo‘qoladi. 
Chunki  Oy  o‘zidan  yorug‘lik  chiqarmaydi,  u  Quyosh 
nurini  ko‘zgu  kabi  bizga  qaytaradi,  xolos.  Quyoshning 
yorug‘ligisiz  Yer  yuzi  tez  sovib  ketardi.  Hamma  yoq 
qor-muzliklar  bilan  qoplanar  edi.  Daryo  va  ariqlardagi, 
hattoki  vodoprovoddagi  suvlar  ham  to‘xtab  qolar  edi. 
Xullas,  hamma  yoqni  vahimali qorong‘ilik  bosib,  qahra-
ton  sovuq  egallar  edi.  Quyosh  yorug‘ligisiz  o‘simliklar 
ham  o‘smasdi,  hayvonlar  ham  yashay  olmasdi.  Meva- 
sabzavotlar,  oziq-ovqatlar  ham  bo‘lmasdi.  Shuning 
uchun  ham  aytish  mumkinki,  Quyosh  –  Yerdagi  hayot 
manbayidir.   
yulduz,  osmon  jismi,  rasadxona,                  
Quyosh.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish