«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


§. EKSPERT XULOSASINING TAYYORLANISHI



Download 2,02 Mb.
bet71/138
Sana06.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#324943
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Bog'liq
amaliy geografiya

§. EKSPERT XULOSASINING TAYYORLANISHI

Taqdim etilgan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik, ekologik va muhandislik (inshoot yoki obyekt to‘g‘risida) ma’lumotlarning tahlili asosida ekspert xulosasi tayyorlanadi.

Ekspert xulosasi quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi.

1. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, ya’ni obyekt yoki kor- xona ishga tushirilganidan keyin uning faoliyati davomida tabiiy muhitda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga baho beriladi.

Agar foydali qazilma koni ishga tushiriladigan bo‘lsa, uning tabiatga ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda baholanishi mumkin: a) kon ochiq usulda qazib olinadigan bo‘lsa, uning chuqurligi va maydoni, ishdan chiqadigan qishloq xo‘jalik yerlari, aholi manzilgohlari va ularni ko‘chirish masalalari, tuproq, o‘simlik qoplamining o‘zga- rishi, ularni qayta tiklash muammosi; b) yerosti suvlari sathining pasayishi va uning atrofidagi landshaftlarning o‘zgarishga ta’siri, yerosti va yer usti suvlarining ifloslanishi, ularga qarshi kurash choralari, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy va tabiiy-texnogen jarayonlarning rivojlanishi hamda ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish, kon to‘la qazib bo‘linganidan so‘ng undan foy- dalanish va buzilgan yerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya) masa- lalari; d) aholi salomatligi va unga tabiiy muhit ifloslanishining ta’siri.



  1. Tabiiy sharoit yoki tabiiy geografik jarayonlarning obyekt yoki inshoot faoliyatiga ta’siri.

Tabiiy sharoiti murakkab bo‘lgan baland tog‘larda foydali qazilmalar yopiq usulda qazib olinadi. Chunki bunday sharoitda konlarni ochiq usulda qazib olish katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Konlarning maydoni aniq va to‘g‘ri o‘lchangan bo‘lmog‘i lozim. Bu maydon doirasida aholi manzilgohlari va yirik muhan- dislik inshootlarini qurish man etiladi. Masalan, Angren ko‘mir konida tabiiy sharoitni hisobga olmaslik natijasida Angren shahri ikki marta ko‘chirilgan. Hozirgi ko‘mir tarqalgan maydondan tashqarida yangi Angren shahri qurilgan.



  1. Ekspertlar guruhiga jalb qilingan mutaxassislarning to‘liq xulosalari olingandan so‘ng, umumiy xulosalar ishlab chiqiladi. Qulay va mahsuldor yer, yaylov resurslari kamroq o‘zgarishini e’ti- borga olib konni qazib olishning optimal usuli tanlanishi mumkin (yopiq, ochiq yoki maxsus usulda). Tabiatga bo‘ladigan ta’sirni kamaytirish maqsadida ekologik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish, uni loyihaga kiritish tavsiya etiladi.

Ekspertlar guruhi olingan ma’lumotlar asosida umumiy asoslangan xulosaga keladi. Ekspertiza natijasiga qarab, loyiha qaytarilishi ham mumkin, bu holda u qayta ishlashga yuboriladi yoki korxona qurilishiga umuman ruxsat berilmaydi.


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish