Tabiat kompleksi
|
Ta’sir etuvchi omillar
|
Mol boqish
|
Daraxt va butalarni qirqish
|
Texnik eroziya: avtomobil va boshq. mexanizm harakati
|
Ihotazorlarni vujudga keltirish, yaylovlar mahsuldorlig. oshirish
|
Ehtimol qilinayotgan tabiiy jarayonlar
|
Bashorat qilinayotgan o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Plato va qoldiq balandliklarning bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqlarida shuvoq va sho‘ra mavjud (1,6)
|
|
Kuchli
|
Betartib harakat kuchli
|
Hozirgacha amalga oshirilmagan
|
Avtomobil yo‘llarida deflyatsiya kuchayadi, tuproq yo‘qolib boradi
|
Ustyurtning markaziy qismida tuproq va o‘simlik qo‘shimcha 10...20% kamayishi mumkin
|
Botiqlardagi sho‘rxoklar galofitlar, ba’zan sho‘r bilan band (2,11)
|
Kuchsiz
|
Joylarda kuchli
|
Kamroq
|
|
Deflyatsiya, burg‘ulash natijasida ko‘p hajmda suv chiqariladi, ko‘l, botqoq vujudga keladi
|
Butalar qirqilishi kuchayadi, yangi ko‘l, ko‘lmak va botqoqlik- lar tarkib topadi
|
Qumli tekisliklarda psammofitlar tarqalgan
|
Borgan sari kucha- yadi
|
Qirqish kamayishi mumkin, lekin uzoq yaylovlar kuchayadi
|
Yangi ma’dan konlarini qidirish jarayonida kuchayadi
|
Sur’ati nihoyatda past
|
Aholi punktlari atrofida va burg‘u- lash maydonida barxanlar maydoni kengayadi
|
Harakatdagi qumliklarning maydoni kengayadi, yaylovlarning mahsuldorligi kamayadi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Deltalarning taqirli tuproqlarida va taqirlarda boyalichli qora saksovul mavjud (4,10)
|
Kuchsiz
|
Joylarda kuchli
|
Joylarda kuchayadi
|
|
Avtomobillarning betartib harakati deflyatsiyani kuchaytiradi
|
Tuproqning deflya- tsiyaga berilishi kuchayadi, ularning maydoni 15—25% ga yetadi
|
Dengiz tekisliklardagi qum va sho‘rxoklarda psammofitlar tarqalgan (5)
|
|
|
Kamroq
|
Amaliy ishlar boshlanmagan
|
Sho‘rxoklar taqirli va qoldiq sho‘rxoklarga evolyutsiya yo‘li bilan o‘tadi, deflyatsiya kuchayadi
|
Barxanli qumlarning maydoni kengayadi, sho‘rxoklarning yuzasi sho‘rsizlanadi, keyin- chalik o‘simlik bilan qoplanishi kuchayadi
|
Past tog‘larda shuvoqzorlar bo^zqo^nghr tuproqlarni egallagan (7)
|
Kuchsiz
|
|
Kelajakda harakat kuchayadi
|
|
Texnogen jarayonlar kuchayishi bilan terrikon va karyerlarning soni ko‘payadi
|
Texnogen landshaftlar va buzilgan yerlar maydonlari kengayadi
|
Tog‘ oldi prolyuvial tekisliklardagi bo^zqo^nghr tuproqlarda sho‘rali shuvoqzorlar tarqalgan (8)
|
Kuchli
|
|
Ma’lum yo‘llar bo‘yicha kelajakda kuchayadi
|
Nihoyatda past
|
Burg‘ulash va avtomobillar harakatining kelajakda kuchayishi deflyatsiya va eroziyani katta miqyosda tezlashtiradi
|
Relyefning o ‘ydim- chuqurligi oshadi, yaylovlar ishdan chiqadi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Deltalarda o‘tloq tuproqlarda qamish- zorlar, qoldiq sho‘rxoklarda turli o‘tli yulg‘unzorlar, taqirlarda qora saksovul mavjud (9)
|
Kuchli
|
Kamayishi mumkin
|
Joylarda kuchayadi
|
Nihoyatda past
|
Amudaryo deltasida deflyatsiya, yaylovlar buzilishi, to‘qayzorlar qurishi kuchayadi
|
Qum relyef shakllari vujudga keladi, yaylovlar mahsuldorligi pasayadi
|
Tog‘ oldi, adir va past togTardagi bo‘z tuproqlarda turli oTli dasht mavjud (13, 14)
|
Kuchli
|
Joylarda kuchli
|
Betartib harakat kuchli
|
Amalga oshirilmagan
|
Tuproqning deflyatsiya, eroziyaga berilishi va yaylovlarning degradatsiyasi tezkor
|
Relyef o‘ydim- chuqurligi ortadi, yaylovlarning mahsuldorligi pasayadi
|
Past va ohtacha balandlikdagi togTarda turli oTli bug‘doyiqlar o‘sadi (16, 17)
|
Kuchli
|
Kuchli
|
Tartibli
|
Nihoyatda past
|
Betartib mol boqish, qiya yerlarni haydash, daraxtlarni qirqish tabiiy jarayonlarning vujudga kelishini kuchaytiradi
|
Tuproqning yuvilishi, jar eroziyasi, surilma, sel kuchayadi
|
Baland togTar yonbagTrlaridagi och qo‘ngTr tuproq- larda kserofitlar shashir bilan almashib keladi (18)
|
Kuchsiz
|
|
|
|
Tabiiy jarayonlar harakatida insonning ta’siri kuchsiz
|
Tabiat komplekslari tabiiy holda rivojlanadi
|
O‘zbekistonda tekislik tabiat komplekslaridan hozirgi paytda asosan chorvachlik va suq‘orma dehqonchilik maqsadlarida foy- dalaniladi.
Cho‘l yaylovlaridan ham turlicha foydalaniladi. Qizilqum, Qarnob va Surxondaryo yaylovlaridan yuqori darajada foydalanil- sa, Ustyurt platosi, Qizilqumning shimoli g‘arbi, Orol dengizining qurigan qismidagi yaylovlardan umuman foydalanilmaydi.
Ustyurt platosi hozirgi paytda, asosan, inson faoliyati ta’sirida o‘zgarmoqda. Bu yerda geologik-qidiruv ishlari, yo‘l qurilishi, gaz quvurlarining yotqizilishi, ayrim joylarda muhandislik inshootla- rining qurilishi inson xo‘jalik faoliyatining asosi hisoblanadi.
Kelajakda gaz va neft konlarining qidirilishi va ularning ishga tushirilishi, yo‘llarning qurilishi, aholi manzilgohlarining barpo qilinishi munosabati bilan texnogen eroziya keng rivojlanishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘ tabiat komplekslarida insonning mehnat faoliyati juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Tog‘ oldi tabiat komplekslari kuchli o‘zgargan, adirlar va past tog‘lar kamroq o‘zgargan, o‘rta- cha va baland tog‘lar tabiat kom- plekslari kuchsiz o‘zgargan hi- soblanadi (28-rasm).
Tog‘ oldi tekisliklarining ta- biat komplekslari o‘zgarishining bashoratini Mirzacho‘l misolida ko‘rib chiqamiz. Mirzacho‘lning deyarli barcha yerlari o‘zlashtirib bo‘lingan. Mirzacho‘ldagi tabiat komplekslarining kelajakdagi o‘zgarishini bashoratlashda yer- osti suvlari sathi, ularning mine- rallashish darajasi hisobga olin- mog‘i lozim. Mirzacho‘l yerlari- dan doimiy yuqori hosil olish uchun yerosti suvlari sathining
28-rasm. Angren ko‘mir konida 2,5 m chuQurlikda va ularning ko‘mir qazib olish. minerallashish darajasini 3—5 g miqdorida ushlab turish lozim. Shunda sho‘rlanish jarayoni ro‘y bermaydi. Buning uchun vertikal va gorizontal zovurlar yaxshi ish- lashi, yerni yuvish ishlari vaqtida olib borilishi lozim. Aks holda yerosti suvlari sathining ko‘tarilishi va ularning bug‘lanishi nati- jasida yerlar sho‘rlanib ketadi va ishdan chiqadi.
Tog‘-kon sanoati rivojlangan hududlarda tabiat komplekslari- ning o‘zgarishini bashoratlashda quyidagilarga e’tibor beriladi: a) konning maydoni va loyihadagi chuqurligi; b) konni qazib olish usuli (yopiq yoki ochiq tarzda); d) kondan va qayta ishlovchi kor- xonalardan chiqadigan chiqindilarning yillik miqdori va ular egal- laydigan maydon; e) konni qazib olish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush tabiiy geografik jarayonlar; f) konni qazib olish jarayonida tuproq, o‘simlik, suv va hayvonot dunyosining o‘zgarishi va h.k.
Bilasizmi?
Baobab — savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dun- yodagi bahaybat daraxtning ham eng ulkanidir.
/WTuF0 I Ba’zan uni «o‘simliklar dunyosining begemoti» deb atashadi. Tanasi silliq po‘stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo‘yi 18—20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri esa 10 metrdan ham ortishi mumkin.
Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko‘tarib turadi, qurg‘oqchi- lik davri boshlanishi bilan barglari to‘kilib, qing‘ir-qiyshiq shoxlari yalang‘ochlanib qoladi. Maymunlar ko‘pincha baobab tanasida yashaganligi uchun u maymun daraxti ham deyiladi. Baobab daraxti 5000 yilgacha yashay- di. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo‘lmaydi.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
Ustyurt platosi tabiat komplekslari kelajakda qanday omillar ta’siri- da o‘zgarishi mumkin?
Mirzacho‘lda tabiat komplekslari o‘zgarishining oldini olish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirmoq lozim?
Siz yashab turgan joyda tabiiy muhit qanday omillar ta’sirida o‘zgarmoqda?
Darslikdagi 3-jadvaldan foydalanib, qanday hollarda yaylovlarning kuchli o‘zgarishga uchrashini aniqlang.
b o b
ATROF-MUHIT MONITORINGI
Aziz o‘quvchilar! Sizlar ushbu bobda quyidagi mavzular bilan tanishasiz: monitoring, bioekologik, geoekologik va biosfera moni- toringi.
Inson omilining atrof-muhitga bo‘lgan ta’siri tobora kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. U «SKOPE» (atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mita) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O‘zbekiston hududida atrof-muhit monitoringini amalga oshirish masalalari ushbu bo‘limda ochib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |