To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun
davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan
iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha, muntazam hisoblab
yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish
usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta
ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kuti-
layotganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffit-
sientining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yig‘indisi bilan
aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obyektning xizmat muddati
oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish
lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin
bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |