IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarga “Baxtli bolalik” mavzusida videolavha ko‘rsatiladi.
Videolavha namoyishidan so‘ng o‘quvchilar o‘quvchilarga sa-
vol lar bilan murojaat etiladi.
– Berilgan videolavha nima haqida ekan?
– O‘zbekiston bolalariga qanday sharoitlar yaratilgan?
– Chet ellik bolalar hayoti haqida nimalarni bilasiz?
– Siz o‘zingizni baxtli deb hisoblaysizmi?
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
“Maqollar zanjiri” mashqi. Har bir qatordan bittadan o‘quv chi
doska oldiga chiqib, “bola” so‘zi ishtirok etgan maqollar aytishi
kerak. Eng ko‘p aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Maqollar:
● Ona daraxt – bola meva
● Bol – shirin, boldan – bola shirin.
● Onaning ko‘ngli bolada,
Bolaning ko‘ngli dalada.
● Ota bola uchun taxt yasar,
Baxt yasata olmas.
● Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der,
Kirpi bolasini yumshog‘im der.
G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |