Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda masal mazmuni ustida ishlash, turli
yo‘nalishdagi kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish ko‘nik malarini
rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Kim bilag‘on”, “Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi-
media ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Yomg‘ir” hikoyasini o‘qib beradilar.
O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
1. Erkinjon nima uchun maktabga bormadi?
2. Shifokor unga qanday dorini yozib berdi?
3. Uni qanday kasallikka yo‘liqqan deb o‘ylaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |