«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Tirik organizmlar tanasida yashashga moslanishlar



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Tirik organizmlar tanasida yashashga moslanishlar.
  Bir  organizmning 
(parazit) boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashashi parazitlik deb yuritiladi. 
Xo‘jayin  organizm  bilan  o‘zaro  munosabatiga  ko‘ra  parazitlikning  ikki  turi 
farqlanadi:  ektoparazitlar  xo‘jayin  organizm  tanasining  tashqi  qismlarida 
yashaydi  (bit,  burga,  kana,  to‘shak  qandalasi);  endoparazitlar  xo‘jayin 
organizmning  tana  bo‘shlig‘ida,  ichki  organ  va  to‘qimalarida,  hujayralarida 
yashaydi  (bezgak  plazmodiysi,  askarida,  qilbosh  chuvalchang,  tasmasimon 
chuvalchanglar).  Endoparazitlarda  xo‘jayin  organizmda  yashash  uchun  bir 
qancha: jumladan, tana o‘lchamining kichikligi, tana tuzilishining soddalashuvi, 
himoya  vositasiga  ega  tana  qoplami,  naslining  ko‘pligi,  hayot  siklida  xo‘jayin 
organizmning  boshqasi  bilan  almashinishi  va  hokazo  moslanishlar  yuzaga 
kelgan. 
Xo‘jayin organizm tanasida yashash uchun muhit qulay va optimal bo‘lgani 
sababli parazitlar murakkab tana tuzilishiga va moslanish mexanizmlariga ega 
emas.  Shuning  uchun  ularning  tana  tuzilishi  soddalashgan,  ba’zi  organlari 
reduksiyaga  uchragan.  Masalan,  parazit  chuvalchanglarda  harakat  organlari 
bo‘lmaydi.  Ko‘pchilik  vakillarida  xo‘jayin  tanasida  mahkam  o‘rnashib  olish 
uchun  yopishuv  a’zolari  (ilmoqlar,  so‘rg‘ichlar)  mavjud. 
Tirik organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasida uchraydigan parazitlar 
oson  o‘zlashtiriladigan  oziq  bilan  oziqlanishi  natijasida  parazitlarning  hazm 
qilish  sistemasi  soddalashgan.  Jigar  qurtida  hazm  qilish  organlari  sistemasi 
soddalashgan  bo‘lsa,  qoramol  tasmasimon  chuvalchangida  butunlay  yo‘qol-
gan.  Kislorodsiz  muhitda  yashash  anaerob  nafas  olishga  o‘tishga  sabab 
bo‘ldi.  Parazitlarda  energiya  sarfi  kamligi  va  o‘zlashtiriladigan  oziqning 
ko‘pligi  sababli  nafas  olishning  ushbu  usuli  o‘zini  oqlaydi. 
Tashqi  muhit  omillarining  bevosita  ta’siri  ostida  erkin  hayot  kechiruvchi 
organizmlardan farq qilib, parazitlar tashqi muhit bilan bevosita munosabatda 
bo‘lmaydi.  Bu  esa  nerv  sistemasining  va  sezgi  organlarining  soddalashuviga 
sabab bo‘lgan. O‘zini dushmanlardan himoya qilishga qaratilgan moslanishlar-
ga  ham  ehtiyoj  yo‘q. 


37
Organizmning  hazm  yo‘llarida  yashaydigan  parazitlar  xo‘jayin  organizm 
tomonidan  ishlab  chiqariladigan  hazm  fermentlari  ta’siri  ostida  bo‘ladi. 
Shuning  uchun  ularda  hazm  fermentlari  ta’siridan  himoya  qiladigan  maxsus 
tana  qoplami  paydo  bo‘lgan.  Parazit  organizmlarning  yashash  maydoni 
cheklanganligi,  tarqalish  va  rivojlanish  siklining  murakkabligiga  qaramasdan 
jinsiy  sistemasining  kuchli  rivojlanganligi,  serpushtligi  ularning  yashash 
uchun  kurash  va  tabiiy  tanlanishda  saqlanib  qolish  imkonini  beradi.
Parazit organizmlar hayot siklida asosiy va oraliq xo‘jayin almashinadi. Bu 
hodisa bir xo‘jayin organizmida parazitlar sonining haddan tashqari ko‘payib 
ketishi  va  xo‘jayin  organizmning  nobud  bo‘lishiga  imkon  bermaydi.  Parazit 
o‘simliklarning  xo‘jayin  o‘simlik  shirasi  bilan  oziqlanishi  natijasida  ulardagi 
fotosintez  jarayoni  mexanizmi  va  xlorofill  pigmentlarining  yo‘qolishiga  olib 
keladi.  Shuningdek,  parazit  o‘simliklarda  ildiz,  barg  kabi  vegetativ  organlar 
tuzilishi  soddalashgan  yoki  butunlay  yo‘qolib  ketgan. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish