«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

62-rasm. 
Umurtqali hayvonlarda bosh miya filogenezi.
G‘oz
Timsoh
Uzunchoq miya
Miyacha
Minoga
Akula
Treska
Baqa
Hid bilish zonasi
Boshqa zonalar
Ot
O‘rta miya


206
Baliqlarda  bosh  miya  unchalik  katta  hajmga  ega  emas,  oldingi  miya 
yarimsharlarga bo‘linmagan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda oldingi 
miya  yarimsharlarga  bo‘lingan.  Miyacha  harakatlarning  soddaligi  tufayli 
yaxshi  rivojlanmagan.  Sudralib  yuruvchilarning  quruqlikda  yashashga  o‘tishi 
miyaning  murakkab  morfologik  va  funksional  tuzilishni  talab  etadi.  Ularda 
oldingi  miya  boshqa  bo‘limlarga  nisbatan  yiriklashgan.  Miyacha  sudralib 
yuruvchilarning  xilma-xil  harakatlari  tufayli  kuchli  rivojlangan.
Qushlarda  xulq-atvorning  murakkablashuvi,  nasli  uchun  qayg‘urish 
instinkti  bo‘lganligi  ularning  bosh  miyasi  yaxshi  rivojlanganligidan  dalolat 
beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta  miya, 
oraliq  miyaning  ko‘rish  do‘mboqlari  yaxshi  rivojlangan.  Miyachasi  hara-
katlarni  muvofiqlashtirish  markazi  bo‘lganligi  sababli  kuchli  rivojlangan.
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan 
va  unda  ko‘rish,  eshitish,  tuyg‘u,  harakat  analizatorlarining  oliy  markazlari, 
shuningdek,  oliy  nerv  faoliyatining  markazlari  joylashgan.  Miyachasi  kuchli 
rivojlangan  (62-rasm).
Siz  «Odam  va  uning  salomatligi»  o‘quv  fanida  odam  organizmi dagi 
ichki  sekretsiya  bezlari  birgalikda  endokrin  sistemasini  tashkil  etishi,  ichki 
sekretsiya  bezlarida  ishlab  chiqiladigan  biologik  faol  modda  –  gormonlar 
organizmning  ichki  muhiti  qon  va  limfaga  quyilishi  haqida  ma’lumotga 
egasiz.  Gumoral  boshqarish  aynan  shu  gormonlar  orqali  tirik  organizmdagi 
barcha hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Gumoral 
boshqarish  –  organizmning  yaxlit  bir  butun    tizim    shaklida  yashashining 
ta’ minlanishi  uchun  unda  boradigan  hayotiy  jarayonlarni  gor mon lar  vosita-
sida  boshqarish  sanaladi.
Hayotiy  jarayonlarni  gumoral  boshqarish  o‘simliklar,  zamburug‘lar  va 
hayvonlarga  xos  bo‘lib  u  evolutsiyaning  dastlabki  bosqichlarida  paydo 
bo‘lgan.  O‘simliklar  va  zamburug‘larda  gumoral  boshqarish  biologik  faol 
moddalar  fitogormon  va  alkaloidlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Biologik  faol 
moddalar  o‘simliklarda  o‘tkazuvchi  to‘qimalar,  zamburug‘larda  esa  mitselliy 
gifalari  orqali  barcha  hujayralarga  yetkaziladi.
Hayvonlarda  gumoral  boshqarish  endokrin  sistemasiga  kiradigan  ichki 
sekretsiya  bezlari  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  biologik  faol  moddalar  – 
gormonlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Mazkur  gormonlar  organizmning  ichki 
muhiti  –  qon,  limfa  va  to‘qima  suyuqligi  orqali  tanaga  tarqaladi.
Organizmning  o‘z-o‘zini  boshqarishning  nerv  va  gumoral    usullari    bir- 
biri  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Bir  tomondan  nerv  sistemasi  faoliyatiga 
qon  bilan  yetib  kelgan  gormonlar  doimiy  ravishda  ta’sir  ko‘rsatsa,  ikkinchi 


207
tomondan  ichki  sekretsiya  bezlaridan  ajraladigan  gormon  miqdori  va  qonga 
quyilishi  nerv  sistemasining  doimiy  nazoratida  bo‘ladi.  Shu  sababli,  tirik 
organizmlarda  sodir  bo‘ladigan  fiziologik  jarayonlar  yagona  neyrogumoral 
mexanizm  orqali  amalga  oshadi.  Bundan  tashqari,  organizmdagi  organlar  va 
organlar  sistemalari  o‘zaro  bir-biriga  ta’sir  ko‘rsatishi  natijasida  fiziologik 
jarayonlarning  o‘z-o‘zini  boshqarilishi  amalga  oshadi.
Siz  odam  organizmida  himoyalanish  xususiyatlarining  mavjudligidan 
xabardorsiz.  Himoyalanish  xususiyatlari  uchta  bosqichdan  iborat  bo‘lib, 
birinchi  bosqichda  organizmga  yuqumli  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarining 
kirishining  oldi  olinadi,  ikkinchi  bosqichda  qonning  oq  qon  tanachalari 
leykotsitlari  faoliyat  ko‘rsatadi,  uchinchi  bosqichda  organizmga  kirgan  yot 
moddalarga  qarshi  antitelo  va  antitoksinlar  ishlab  chiqariladi.  Antitelolar 
organizmga  kirgan  mikroblarni  bir-biriga  yopishtirib,  parchalab  yuboradi. 
Antitoksinlar  esa  mikroblarning  hayot  faoliyati  natijasida  vujudga  keladigan 
zaharli  moddalarni  neytrallab  parchalaydi.  Organizmda  himoyalanish 
xususiyatlarining  mavjudligi  ularning  evolutsiya    jarayonida    yashab    qolish 
va  ko‘payish  imkoniyatini  beradi.  Organizmlarning  yuqumli  kasalliklarni 
qo‘zg‘atuvchi  mikroblarga  qarshi  kurashishi,  o‘zini  himoya  qilishi, 
organizmga  kirgan  yot  moddaning  tabiati  hisobga  olingan  holda  antitelo  va 
antitoksinlar  ishlab  chiqarish  xususiyati  immunitet  deyiladi.
Immun  boshqarish  –  bu  organizmning  hayot  faoliyatini  bir  butun  tizim 
sifatida  yot  moddalarga  nisbatan  barqarorligini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan 
jarayonlar  yig‘indisi  sanaladi.
Immunitet  hayvonlarda  immun  tizimi  orqali  o‘simlik  va  zamburug‘larda 
hujayra  qobig‘ining  mustahkamligi  va  himoya  moddalari,  masalan  fitonsid 
va  antibiotiklar  orqali  ta’minlanadi.
Organizm – yaxlit sistema, uning o‘z-o‘zini boshqarishi nerv va endokrin 
sistemalar,  himoya  xususiyati  immunitet  orqali  amalga  oshiriladi.

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish