«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
Organizmlar  uchun  xos  bo‘lgan  aromorfoz  va  idioadaptatsiyalarni  ko‘rsating.
 Organizmlar 
Aromorfozlar
Idioadaptatsiyalar
Baliqlar
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
Sudralib yuruvchilar
Qushlar
Sutemizuvchilar


202
39-§. TIRIK ORGANIZMLARDA O‘Z-O‘ZINI IDORA ETISH 
ORGANLARI: GUMORAL VA NERV SISTEMASI EVOLUTSIYASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Olgan  bilimlaringizga  asoslanib, 
organizmlarning  nerv  va  gumoral  sistema  orqali  boshqarilishi  haqida 
fikr  yuriting.
Tirik  organizmlarning  muhim  xususiyatlaridan  biri  o‘z-o‘zini  boshqarish 
sanaladi.  O‘z-o‘zini    boshqarish  –  tirik  organizmlarning  fiziologik  yoki 
biologik  ko‘rsatkichlarini  muayyan  va  doimiy  darajada  avtomatik  tarzda 
saqlash  xususiyati  sanaladi.  Organik  olamning  turli  tuzilish  darajalari,  ya’ni 
molekula darajasidan tortib, organizm darajasigacha o‘z-o‘zini boshqarishning 
aniq  tizimi,  xilma-xil  ko‘rinishlari  mavjud.
O‘z-o‘zini  boshqarish  mexanizmining  ishga  kirishishi  uchun  muayyan 
omil  ta’sir  ko‘rsatishi,  organizm  ichki  muhitidagi  birorta  kimyoviy  modda 
(gormon  yoki  qand  miqdori)ning  konsentratsiyasi,  ba’zi  organlar  sistemasi 
holatining  o‘zgarishi,  organizmga  yot  moddaning  kirishi    yetarli    sabab 
bo‘ladi.  Masalan,  xloroplastlar  yorug‘lik  ta’sirida  sitoplazmada  joylashgan 
o‘rnini  o‘zgartirish  xususiyatiga  ega.  Yorug‘lik  ko‘p  bo‘lgan  hollarda 
xloroplastlar go‘yoki kuchli yorug‘likdan himoyalanish uchun hujayra qobig‘i 
atrofida,  bulutli  va  yorug‘lik  kam  bo‘lgan  kunlarda  yorug‘likdan  ko‘proq 
foydalanish  uchun  ular  sitoplazmada  bir  tekis  taqsimlanadi.  Quyosh  nuri 
ta’sirida  xloroplastlar  holati  va  joyining  o‘zgarishi  hujayraning  o‘z-o‘zini 
boshqarish  mexanizmi  orqali  amalga  oshadi  (60-rasm).
Bakteriyalar,  bir  hujayrali  hayvonlar,  bir  hujayrali  suvo‘tlari  va  yuksak 
o‘simliklarning  jinsiy  hujayralari  uchun  tashqi  omillar  (yorug‘lik,  kimyoviy 
60-rasm.
 Yorug‘lik ta’sirida hujayrada xloroplastlarning holati:
1 – yorug‘lik yetarli vaqtda; 2 – havo bulutli vaqtda.


203
moddalar,  kislorod)  ta’sirida  o‘zgarishi  taksis  deyiladi.  Ko‘p  hujayrali 
organizmlarning  hayotiy  jarayonlari  nerv,  gumoral  va  immun  sistemalar 
orqali boshqariladi. Sodda hayvonlarda nerv sistemasi bo‘lmaydi, shu sababli 
ular  tashqi  muhit  bilan  aloqasi  hujayra  ichidagi  suyuqlik  orqali  gumoral 
boshqariladi.
Tirik  organizmlarda  nerv  sistemasining  paydo  bo‘lishi  natijasida 
boshqarishning  yangi  shakli  –  nerv  orqali  boshqarish  yuzaga  kelgan.  Nerv 
sistemasining  rivojlanish  darajasi  bilan  bog‘liq  holda  nerv  sistemasining 
ustuvorligi asosida neyrogumoral boshqarish shakllangan. Nerv boshqarilish –  
nerv  sistemasi  vositasida  organizmning  bir  butun  yaxlitlikdagi  hayotini 
ta’minlaydigan  jarayonlar  yig‘indisi  sanaladi.  Turli  hayvonlarda  nerv 
sistemasining  tuzilish  darajasi  har  xil  bo‘lishiga  qaramasdan  ular  o‘xshash, 
ya’ni  organizmdagi  barcha  organ  va  to‘qimalarni  yaxlit  tizimga  birlashtirish 
va  tashqi  muhit  bilan  aloqani  ta’minlash  vazifasini    bajaradi.  Nerv 
sistemasining organizm hayot faoliyatini boshqarishi reflekslar orqali amalga 
oshadi.  Siz  «Odam  va  uning  salomatligi»  o‘quv  fanida  refleks,  refleks 
yoyi,  ularda  nerv  markazlari,  sezuvchi  va  harakatlantiruvchi  nervlarning 
ishtirok  etishi,  shartsiz  va  shartli  reflekslarning  o‘zaro  aloqadorligi,  shartli 
reflekslarning  paydo  bo‘lishi  bilan  tanishgansiz.  Bularning  hammasi  nerv 
orqali  boshqarilishga  misol  bo‘ladi.

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish