Birinchi bosqich
– Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo
bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi.
Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich
– ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi
tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili
biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi
zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan. Biosfera evolutsiyasining
birinchi va ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi,
shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |