158
jinslariga aylanadi. Fotosintez qiluvchi organizmlar faoliyati natijasida paydo
bo‘lgan erkin kislorod (O
2
) atmosferada ultrabinafsha nurlar ta’sirida ozonga
(O
3
) aylanadi. Ozonning to‘planib borishi natijasida atmosferaning yuqori
qatlamlarida ozon ekrani hosil bo‘ladi. Kislorod miqdorini bir me’yorda ushlab
turish faqatgina fototrof organizmlar hisobiga amalga oshiriladi. So‘nggi
yillarda o‘rmonlar qisqarishi, tuproq eroziyasi, fotosintez mahsuldorligining
pasayishi kabi holatlar kuzatilmoqda.
Kislorodning davriy aylanishi suvning aylanishi bilan bog‘liq, chunki
suv fotosintez jarayonining muhim komponenti va kislorod manbayidir.
Do'stlaringiz bilan baham: