«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Agroekosistemalar. 
Agroekosistemalar  (yunoncha  –  «agros»  –  dala) 
insonning  qishloq  xo‘jaligi  sohasidagi  faoliyati  natijasida  yuzaga  keladigan 
sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol 
bo‘ladi.  Agroekosistemalar  agrosenozlar  deb  ham  ataladi.  Agrosenoz  –  bu 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy  biogeotsenoz-
lardir.  Ular  doimiy  ravishda  insonlar  tomonidan  boshqariladi,  ular  bir  yoki 
bir  necha  hayvon  zotlari  va  o‘simlik  navlarining  yuqori  hosildorligi  bilan 
ta’riflanadi  (33-rasm). 
Urbanoekosistemadan  farq  qilib,  agroekosistemalarning  asosiy  qismini 
avtotrof  organizmlar  –  o‘simliklar  tashkil  etadi.  Agroekosistemalar 
faqatgina  quyosh  energiyasidan  foydalanadigan  tabiiy  ekosistemalardan 
farq  qiladi.  Bu  ekosistemalarda  o‘g‘itlash  va  sug‘orish  ishlari  amalga 
oshiriladi.  Agroekosistemalar  kerakli  mahsulotlarni  yetishtirib  beradi,  mazkur 
mahsulotlarni  tovarga  aylantiradi  va    iqtisodiyot  rivojiga  zamin  tayyorlaydi.    
Agroekosistemaning  asosiy  elementlari  quyidagilar  hisoblanadi:  madaniy 
o‘simliklar,  begona  o‘tlar,  mikroorganizmlar  (masalan,  azot  to‘plovchi 
bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar, 
tuproqda  erkin  yashovchi  zamburug‘lar,  bakteriyalar,  suvo‘tlari,  tuproqda 
yashovchi  umurtqasiz  va  umurtqali  hayvonlar  (34-rasm). 
Agroekosistemalarning  hosildorligini  oshirish  uchun  ko‘p  miqdorda 
yoqilg‘i,  kimyoviy  moddalar,  texnikadan  foydalanish  uchun  energiya 
sarfl anadi.  Ba’zan  sarflanayotgan  energiya  miqdori  yetishtirilayotgan  
mahsulot  miqdoridan  ortib  ketadi.  Bu  esa  iqtisodiy  tanglik  holatida 
agroekosis temalarning  rentabelligini  tushirib  yuboradi.    Sun’iy  yaratilgan 
34-rasm. 
Agroekosistemalarda moddalar va energiya aylanishi.
Quyosh
energiyasi
Suv, o‘g‘it
Detrit
Hosil
Produtsentlar-
ning organik 
moddalari
Konsumentlar
  -
ning organik 
moddalari


120
ekosistemalar  inson  tomonidan  doimiy  nazoratni    talab  etadi.  Faqat  ayrim  
turdan  iborat  maxsus  ekosistemadan  (masalan,  g‘o‘zadan)  vaqtinchalik 
iqtisodiy    foyda  olish  mumkin.  Ammo  juda  katta  maydonlardagi  g‘o‘za 
monokulturasi  tuproq  strukturasining  buzilishiga,  uning  sho‘rlanishiga, 
zararkunandalarning    ko‘payishiga  va  natijada  ekosistemaning  buzilishiga 
olib  keladi.  Almashlab  ekishni  qo‘llash,  ekologik  jamoaga  qo‘shimcha 
tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – 
entomofag    (hasharotxo‘r),  changlantiruvchi  asalarilarni  qo‘shish,  ekologik 
sistemaning  stabillashuviga  yordam  beradi.
Cho‘l,  o‘tloq,  dasht  kabi  yaylov  sifatida  foydalaniladigan  tabiiy 
ekosistemalarning  mahsuldorligini  oshirish  uchun  serhosil  o‘tlar  ekish, 
o‘g‘itlash  va  tuproqni  sun’iy  sug‘orish  usullaridan  foydalanish  mumkin. 
Agrosenozlarning  iqtisodiy  samaradorligini  yanada  oshirish  uchun  ekinlarga 
ishlov  berishning  zamonaviy  texnologiyalaridan  foydalanish,  yangi 
o‘simlik  navlari  va  ularning  duragaylarini  yaratishda  genetik  injeneriya  va 
biotexnologiya  usullaridan  foydalanish  zarur. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish