«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Suksessiya  (lotincha «successio» – o‘rin almashish) –



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Suksessiya 
(lotincha «successio» – o‘rin almashish) – ma’lum hududdagi 
ekosistemalarning  inson  va  tabiat  omillari  ta’sirida  izchillik  bilan  boshqa 
ekosistemalarga  almashinishi.  Suksessiyalar  birlamchi  va  ikkilamchi  bo‘ladi. 
Birlamchi suksessiyalar
  tuproq  va  o‘simliklar  mavjud  bo‘lmagan 
joylarda kuzatiladi. Masalan, vulqonlar otilgan maydonlarda, qum tepaliklarda 
va  qoyalar  yuzasida  sodir  bo‘ladi.  Ma’lum  izchillikda  davom  etadigan 
jarayonlar  natijasida  barqaror  biogeotsenozlar  hosil  bo‘ladi.  Bir-biri  bilan 
almashinadigan  ekosistemalar  suksessiya  ketma-ketligi  yoki  biogeotsenozlar 
qatori deb ataladi. Bu qatordagi ekosistemalar rivojlanayotgan ekosistemaning 


124
dastlabki  bosqichlari  hisoblanadi.  Jamoalar  va  atrof-muhit  bilan  o‘zaro 
muvozanat  holati  ta’minlangan  ekosistemalar  klimaks  bosqichidagi 
ekosistemalar  deb  ataladi.  Klimaks  bosqichigacha  rivojlanish  uzoq  vaqt 
talab  etadi  (bir  necha  yuz  yoki  ming  yillik).  Yetuk  klimaksli  ekosistemalar 
tashqi  muhit  omillariga  nisbatan  yuqori  barqarorlikka  ega.  Ekosistemada 
qanchalik  turlar  soni  ko‘p  va  ular  o‘rtasidagi  trofik  munosabatlar  murakkab 
bo‘lsa,  ekosistema  shunchalik  barqaror  va  turg‘un  bo‘ladi.  Turlar  soni  ko‘p 
bo‘lgan  biogeotsenozlarda  konsumentlar  uchun  oziq  resurslar  turi  xilma-xil 
bo‘ladi,  bir  turdagi  oziqning  yetishmovchiligi  yoki  yo‘qolishi  katta  xavf 
tug‘dirmaydi,  chunki  konsumentlar  boshqa  oziq  bilan  ham  oziqlanadi.  Bu 
esa  individlarni  soni  kamaygan  turlarning  o‘zini  qayta  tiklashiga  imkon 
yaratadi.  Muhit  sharoitlari  o‘zgarganda  ham  shu  usulda  oziq  resurslari  va  
uning  iste’molchilari  o‘rtasida  muvozanat  saqlanadi.
Moddalar  va  energiyaning  aylanishi  to‘liq  muvozanatlashgan,  ya’ni 
bir  turdagi  organizmlarning  hayotiy  mahsulotlari  boshqasi  tomonidan 
o‘zlashtiriladigan kli maksli ekosistemalar tashqi muhitning muayyan ta’sirlariga 
nisbatan  turg‘un  va  barqaror  bo‘ladi.  Klimaksli  ekosistemalarga  tayga,  tundra, 
dasht  misol  bo‘ladi.
35-rasm. 
Ignabargli o‘rmon biogeotsenozining tiklanishi. 
Barqaror  biogeotsenozlarning  bosqichma-bosqich  shakllanishini  o‘rmon 
biogeotsenozning  tiklanishi  misolida  ko‘rish  mumkin  (35-rasm).  Vulqon 
otilishi natijasida paydo bo‘lgan yalang‘och qoyalarda dastlab lishayniklar va 
suvo‘tlari paydo bo‘ladi. Suvning muzlashi va erishi, lishayniklar tomonidan 
ishlab  chiqariladigan  kislotalar  toshlarni  yemirishi  tufayli  tuproq  qatlami 
hosil  bo‘ladi.  Lishayniklarning  qoldiqlari  tuproq  qatlamini  organik  birikmalar 
1–10 yil
10–25 yil
25–100 yil
100 yil – va undan ko‘p


125
bilan boyitadi. Keyinchalik bu yerda yo‘sinlar o‘sa boshlaydi. Lishayniklar va 
yo‘sinlar  bilan  bir  vaqtda  bu  hududda  hasharotlar,  o‘rgimchaklar  va  boshqa 
umurtqasizlar  yashay  boshlaydi.  Shundan  so‘ng  shamol  yordamida  bir  yillik 
va ko‘p yillik o‘tlarning tarqalishiga imkon yaratiladi. Tuproq tarkibida qoldiq 
moddalar  miqdori,  umurtqasiz  hayvonlar  va  shu  bilan  bir  paytda  turli  xil 
xordalilar tipi vakillari bo‘lgan qushlar, sutemizuvchilar xilma-xilligi ham ortib 
boradi.  Dastlab  butalar,  so‘ngra  daraxtlar  paydo  bo‘ladi,  hayvonot  dunyosi 
boyib  boradi.  Shu  yo‘l  bilan  o‘rmon  paydo  bo‘ladi.  Birlamchi  suksessiyada 
o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi, chunki ularning faoliyati tufayli tuproq tarkibi 
o‘zgaradi,  mineral  moddalar  bilan  boyib  boradi.

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish