Ikkilamchi suksessiya
populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan
hududlarda kuzatiladi. Ikkilamchi suksessiya yong‘in, qurg‘oqchilik,
o‘rmonlar kesilishi yuz bergan hududlarda populatsiyalar o‘rtasida mu no-
sabatlarning qayta tiklanishi oqibatida yuz beradi. Bunday turdagi suk-
sessiyalarda rivojlanish birlamchi suksessiyaga nisbatan tez kechadi, chunki
tuproqda o‘simliklarning yer ostki organlari, sporalar, karaxt hol dagi
havyonlar saqlanib qolgan bo‘ladi. Ikkilamchi suksessiyalarning amalga
oshishi ko‘pincha inson omili ta’sirida sodir bo‘lgani uchun ham ularni
antropogen suksessiya deb atash ham mumkin.
Shunday qilib, suksessiyalar natijasida sayyoramizda turli darajadagi
biologik xilma-xillik vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |