«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sis



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sis 
temasidagi evolutsion 
o‘zgarishlar. 
Xordali  hayvonlarda  qon  aylanish  sistemasining  filogenezi 
yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  To‘qima  va  a’zolarning  kislorod  hamda  oziq 
moddalar bilan to‘liq ta’minlanishi moddalar almashinishining jadal lashishiga 
va  energiyaning  ortishiga  sabab  bo‘ladi.  Bu  esa  evolutsiyani  tezlashtiradi. 
Boshskeletsizlarda  qon  aylanish  sistemasi  sod da,  yuragi  bo‘lmaydi. 
Qorin  aortasi  yurak  va zifa sini  bajaradi.  Qorin  aortasida  venoz  qon  tana-
ning  oldingi  tomoniga  oqadi.  Qorin  aortasi  jabra  arteriyalariga  tarmoqlanib, 
jabraga  boradi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki,  bularda  jabra  arteriyalari  kapil-
larlarga  bo‘linmaydi.  Jabrada  qon  kislorodga  to‘yi nib,  orqa  aortaga  quyiladi. 
Aortadan  arteriyalarga,  ulardan  kapillarlarga  o‘tib,  to‘qimalarni  kislorod  va 
ozuqa  bilan  ta’minlaydi.  Ichki  a’zolardan  va  ichakdan  yig‘ilgan  qon  jigarda 
tozalanib,  qorin  aortasiga  quyiladi.  Lansetnikda  qon  aylanish  sistemasi 
yopiq,  qon  bitta  doirada  harakatlanadi. 
Baliqlarda  qon  buyrak,  taloqda  ishlab  chiqariladi.  Qon  aylanish  sistemasi 
ancha  takomillashgan  bo‘lib,  progressiv  belgilarga  ega.  Bitta  bo‘lmacha  va 
qorin chadan  iborat  yurak  paydo  bo‘lgan.  Yuragida  faqat  venoz  qon  oqadi. 
Qon  bo‘lmachadan  qorin cha ga,  qorinchadan  qorin 
aortasiga,  so‘ngra  4  juft  jabra  arteriyalari  orqali  ja b-
ra ga  boradi.  Lansetnik dan  farq  qilib,  baliqlarda  jabra 
arteriyalari  kapillarlarga  tarmoq lanadi.  Qon  jab rada 
kislorodga  to‘yinib,  orqa  aortaga,  so‘ngra  to‘ qima  va 
a’zolarga  tarqaladi  (70-rasm).
Umurtqalilarning  quruqlikka  chiqishi,  nafas 
olishning o‘pka orqali amalga oshishi qon aylanishini 
o‘zgarishiga  sabab  bo‘ldi. 
Suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarda  qon 
taloq,  jigar,  suyak  ko‘migida  ishlab  chiqariladi. 
Yurak  ikkita  bo‘lmacha  va  bitta  qorinchadan  iborat 
1
2
3
4


220
bo‘lib, ikkita doira bo‘ylab harakat qiladi. Lekin ushbu 
qon  aylanish  doiralari  bir-biridan  butunlay  ajralmagan. 
Yurak  qorinchasidan  arterial  konus  boshlanadi.  Undan 
3  juft  arteriya  tarmoqlanadi.  Bir  juft  o‘pka-teri 
arteriyalari  orqali  venoz  qon  o‘pka  va  teriga  boradi. 
Kislorodga  to‘yingan  qon  o‘pka  venasi  orqali  chap 
bo‘lmachaga,  teri  venasi  orqali  esa  kovak  venaga 
quyiladi.  Bu  kichik  qon  aylanish  doirasi  hisoblanadi. 
Qorinchadagi aralash qon bir juft (o‘ng va chap) aorta 
yoyi orqali tanaga aralash qon, bir juft uyqu arteriyalari 
orqali  hali  aralashib  ulgurmagan  arterial  qon  miyaga 
boradi.  Miyadan  va  tanadan  yig‘ilgan  venoz  qon 
kovak  venalar  orqali  o‘ng  bo‘lmachaga  quyiladi.  Bu 
katta  qon  aylanish  doirasi  hisoblanadi.  Bularda  yurak 
urishi  (puls)  past  40–50  tani,  ba’zilarida  20–30  tani 
tashkil  qiladi  (71-rasm). 
Sudralib  yuruvchilar  haqiqiy  quruqlik  hayvonlari 
bo‘lib,  qon  suyak  ko‘migi  va  taloqda  ishlab 
chiqiladi.  Ularning  yuragi  ikkita  bo‘lmacha  va  bitta 
qorinchadan  iborat.  Qorincha  chala  to‘siq  bilan 
ajralgan  bo‘ladi.  Timsohlarda  to‘siq  to‘liq  bo‘lib, 
yuragi to‘rt kamerali. Lekin sudralib yuruvchilarning 
barchasida  tanada  aralash  qon  oqadi.  Suvda  hamda 
quruqlikda  yashovchilardan  farqli  ravishda  sudralib 
yuruvchilarda  qorinchadan  mustaqil  ravishda  3  ta 
qon  tomiri  chiqadi.  Qorinchaning  chap  tomonidan 
arterial  qonga  ega  o‘ng  aorta  yoyi  chiqib,  undan 
bosh miyaga ketuvchi uyqu arteriyasi, o‘rta qismidan 
tanaga  ketuvchi  chap  aorta  yoyi,  o‘ng  tomonidan 
o‘pkaga  ketuvchi  venoz  qonga  ega  o‘pka  arteriyasi 
boshlanadi.  O‘ng  va  chap  aorta  yoylari  birlashib 
orqa  aortani  hosil  qiladi.  Shuning  uchun  miyaga 
arterial  qon,  tanaga  aralash  qon,  o‘pkaga  esa  venoz 
qon  boradi.  O‘pka  venalari  chap  bo‘lmachaga 
quyiladi.  Bosh  miya  va  tanadan  keluvchi  venoz  qon 
o‘ng  bo‘lmachaga  quyiladi.   

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish