«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

52-rasm.
 Odam evolutsiyasi. 1 – primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra-
mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop);  
8 – paleoantrop (neandertal); 9 – Homo sapiens (kromanon); 10 – hozirgi zamon odami; 
11 – tor burunli maymunlar; 12 – keng burunli maymunlar; 13 – lemurlar; 14 – lori;  
15 – keng tovonlilar; 16 – orangutan; 17 – gibbon; 18 – gorilla; 19 – shimpanze. 
 
Odamlar  aqliy  qobiliyatining  rivojlanishi,  mehnat  faoliyati  va  ijtimoiy 
hayot  tarzi  tufayli  inson  rivojlanishning  biologik  qonunlari  nazoratidan  chiqa 
boshladi.  Ko‘proq  kishilik  jamiyatining  rivojlanish  qonunlariga  bo‘ysuna 
boshladi.  Olovdan  foydalanish,  ov  qilish,  baliq  ovlash,  meva  va  urug‘larni 
yig‘ish,  mehnat  va  ov  qurollarini  takomillashtirish,  yashash  joylarini  qurish, 
faol ravishda boshqa joylarga ko‘chib o‘tish, dehqonchilik va chorvachilikning 
rivojlanishi  hamda  o‘troq  yashashga  moslanish  atrof-muhitni  o‘zgartiruvchi 
kuchga  aylandi. 
O‘rta  asrlarda  fan-texnika,  jamiyat,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligining 
rivojlanish  sur’atlari  tezlashdi.  Yangi  yerlarning  kashf  etilishi  inson 
ehtiyojlari  uchun  tabiiy  hududlarning  o‘zlashtirilishini  sezilarli  darajada 
Chala maymunlar
Maymunlar
Gominidlar
Odamlar
mln yil


169
kengaytirish  imkonini  berdi.  Inson  o‘z  ehtiyojlari  uchun  tirik  organizmlar, 
qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‘proq foydalana boshladi.  
XIX asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‘i – ko‘mir va neftdan 
foydalanishga  o‘tdi.  Avval  moddalar  almashinuvi  va  energiya  oqimiga  jalb 
etilmagan,  Yer  qobig‘ida  yig‘ilgan  biogen  moddalar  inson  tomonidan  sun’iy 
ravishda  davriy  aylanishiga  qo‘shildi.  Natijada  tizimning  o‘zi  ham  o‘zgardi, 
ya’ni  biosfera  nafaqat  tabiiy  ekotizim,  balki  antropobiosferaga  aylandi. 
Biosfera  jarayonlaridagi  chuqur  o‘zgarishlar  XX  asrda,  ilmiy-texnik 
inqilob  natijasida  boshlandi.  Jadal  sur’atlarda  energiya  ishlab  chiqarish, 
transport,  kimyo  sanoati  rivojlana  boshladi.  Bu  esa,  inson  faoliyati  asta-
sekin  Yer  qiyofasini  o‘zgartiruvchi  omilga  aylanishiga  olib  keldi.  Mazkur 
omil  tabiiy  ekotizimlar  (o‘rmonlar,  ko‘llar,  botqoqliklar,  yaylovlar)ning 
buzilishi,  shuningdek,  hayvonlar  va  o‘simliklar  ko‘plab  turlarining  yo‘q 
bo‘lib  ketishi,  foydali  qazilmalarning  kamayishiga  olib  keldi.  Bundan 
tashqari,  dunyo  miqyosida  atrof-muhitning  radioaktiv  va  zaharli  moddalar, 
shuningdek,  sanoat  va  maishiy  chiqindilar  bilan  ifloslanishiga  sabab  bo‘ldi. 
Bularning  barchasi  insoniyatni  ekologik  halokat  yoqasiga  keltirib  qo‘ydi. 
Bugun  inson  faoliyatining  biosfera  rivojlanishiga  ko‘rsatayotgan  ta’sir 
ko‘lami  ortdi.  Ayrim  hollarda,  halokatli  oqibatlarga  olib  keladigan  aksariyat 
harakatlar,  tabiiy  jarayonlar  va  hodisalar,  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  inson 
tomonidan  tushunmaslik  oqibatida  sodir  etildi.  Atrof-muhitning  ifloslanishi 
va  tabiiy  boyliklardan  jadal  tarzda,  haddan  ziyod  foydalanish  bunga  misol 
bo‘lishi  mumkin. 
Kishilik  jamiyati  va  tabiat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  o‘rganuvchi 
fan  noogenika  deb  nomlanadi.  Noogenika  fanining  asosiy  maqsadi  –  
sayyoramizdagi  hayotni  saqlab  qolish  va  kelajagimizni  ta’minlash  uchun 
bugungi  kunimizni  rejalashtirish,  asosiy  vazifasi  esa  –  inson  va  tabiat 
munosabatidagi  muvozanatni  saqlash,  mazkur  munosabat  buzilishlarining 
hamda  texnika  taraqqiyoti  natijasida  yuzaga  kelgan  salbiy  oqibatlarning 
oldini  olish  hisoblanadi.
Noogenika  nafaqat  muhofaza  qilish  vazifalarini  bajaradi,  balki  o‘simlik-
larning  yangi  navlari,  hayvonlarning  yangi  zotlari  va  mikroorganizm larning 
yangi shtammlarini yaratish yo‘li bilan hayotning davomiyligini ta’minlashga 
imkon  beradi.   


170
Antropobiosferaning  qonuniyatlarini  anglash,  undagi  jara yonlarni  oqilona 
boshqarish,  global  ekologik  inqirozni  (grek.  «krisis»  –  keskin  o‘zgarish, 
yakun)  bartaraf  etishga  imkon  beradi.
Biosferaning rivojlanish bosqichlari tirik mavjudotlar xilma-xilligining ortishi 
va  ular  tuzilishining  murakkablashuvi  bilan  ta’riflanadi.  Tirik  organizmlar 
dastlab  suv  muhitida  paydo  bo‘lib,  keyinchalik  quruqlik  muhi tiga  tarqaldi.  Yer 
hayot  sayyorasi  sifatida  noyob  ko‘rinishga  ega  bo‘lishi  bilan  Quyosh  tizimidagi 
boshqa  sayyoralardan  farq  qiladi.  Biosfera  evolutsiyasining  asosiy  omillari  tirik 
organizmlarda sodir bo‘ladigan hayo tiy jarayonlar: nafas olish, biosintez, modda 
va energiya almashinuvi hisob lanadi. Noosfera inson ongiga asoslangan biosfera 
evolutsiyasining  eng  yuqori  bosqichidir.
 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish