«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Insonning  biosferaga  ta’sir  qilish  usullari



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Insonning  biosferaga  ta’sir  qilish  usullari.  Jamiyat  va  tabiatning 
o‘zaro  hamkorligi,  tabiatdagi  modda  va  energiyadan  foydalanish,  ko‘p  sonli 
turlarning  yo‘qolishi,  tabiiy  tizimlarning  va  butun  boshli  landshaftlarning 
keskin  o‘zgarishi,  ko‘p  miqdordagi  chiqindilarni  atrof-muhitga  chiqarib 
tashlanishi  bilan  namoyon  bo‘ladi.
Tarixiy  taraqqiyot  davomida  insonlar  Yerning  moddiy  jihatdan  eng 
boy,  qulay  hududlariga  ko‘chib  o‘tgan  va  shu  hududda  mavjud  bo‘lgan 
tabiiy  biogeotsenozni  tubdan  o‘zgartirgan,  shaharlar  barpo  etgan,  sanoat 
obyektlarini  va  qishloq  xo‘jaligi  maydonlarini  yaratgan.  Bu  bilan  ular 
ekotizimning qashshoqlashishi, yuzaga kelgan tabiiy majmualarning buzilishi 
va  tirik  organizmlar  yashaydigan  muhitlarining  o‘zgarishiga  sabab  bo‘lgan. 
Inson  faoliyati  natijasida  suv,  havo,  tuproq  ishlab  chiqarish  chiqindilari 
bilan  ifloslanmoqda,  o‘rmonlar  kesib  tashlanmoqda,  yovvoyi  hayvonlar 
qirilib  ketmoqda,  tabiiy  biogeotsenozlar  buzilmoqda.  Buning  natijasida 
biosferada  moddalarning  davriy  aylanishi  uzilib  qolmoqda.  Yerdagi  ko‘plab 
geokimyoviy  jara yon larning  kechishi  o‘zgarmoqda.
Biosfera  ekotizimida  atrof-muhitni  radioaktiv  yog‘inlar,  ishlab 
chiqarishning  gazsimon  chiqindilari,  yoqilg‘i  mahsulotlari,  turli-tuman 
kimyoviy  moddalar  bilan  ifloslanishi  natijasida  keskin  ziddiyatli  vaziyat 
yuzaga  keldi.  Sun’iy  organik  moddalar  (masalan,  polietilen,  plastmassa 
buyumlar)ning  ko‘pchiligini,  hatto  zamburug‘lar  va  bakteriyalar  yordamida 


172
biogen  tarzda  qayta  ishlab  bo‘lmaydi.  Chunki  ular  biologik  almashinuvga 
jalb  etilmaydi,  balki  biosferada  to‘planadi.
Biosferada  uni  barqaror  holatda  saqlashga  yordam  beradigan  biologik 
xilma-xillik  qisqarmoqda.  Bugungi  kunda  turlarning  yo‘q  bo‘lib  ketish 
sur’ati  oldingi  davrga  nisbatan  bir  necha  baravar  yuqori  ko‘rsatkichga  ega. 
Yo‘qolib  ketish  arafasida  turgan  turlarning  soni  ortib  bormoqda. 
Kishilik  jamiyatining  yashash  muhitiga  ta’siri  natijalariga  ko‘ra  ijobiy  va 
salbiy  bo‘lishi  mumkin.  Insonlarning  tabiatga  salbiy  ta’sir  qilishi  oqibatida 
mineral  xomashyo,  tuproq,  suv  zaxiralari  ko‘rinishidagi  tabiiy  boyliklarni  –  
tabiat  zaxiralarini  isrof  qilish,  atrof-muhitni  ifloslantirish,  turlarni  qirib 
tashlash,  biogeotsenozlardagi  oziq  zanjirini  buzish  yuzaga  kelgan. 
Bugun  tabiatdagi  boyliklardan  oqilona  foydalanish  zaruriyati  vujudga 
keldi.  Ekologiya,  tabiatni  muhofaza  qilish  masalasida  tabiiy  boyliklarni 
tiklanmaydigan  va  tiklanadigan  boyliklarga  ajratish  qabul  qilingan.
Quyosh energiyasi
Hayvonot dunyosi
Foydali qazilmalar
Tuproq unumdorligi
Yashash makoni
O‘simliklar dunyosi
Shamol energiyasi
Dengiz to‘lqinlari 
energiyasi
Atmosfera havosi
O‘rnini to‘ldirish 
mumkin bo‘lgan 
resurslar
O‘rnini to‘ldirish 
mumkin bo‘lmagan 
resurslar
 
Birinchi guruhga zaxiralari cheklangan foydali qazilmalar kiradi. Tiklanadigan 
tabiiy  boyliklarning  o‘zgarishini  o‘rmon  misolida  kuzatish  mumkin.  Hozirgi 
kunda  quruqlikning  uchdan  bir  qismidan  kamrog‘i  o‘rmon  bilan  qoplangan 
(Antarktidadan  tashqari).  Biosfera  evolutsiyasining  dastlabki  bosqichlarida 
bu  ko‘rsatkich  70%  dan  kam  bo‘lmagan.  O‘rmonlarni  yo‘q  qilish,  birinchi 
navbatda,  sayyoraning  suv  rejimini  keskin  ravishda  buzadi.  Tuproq 
strukturasining  yuqori  qatlamlarining  o‘zgarishi  hisobiga  suv  ushlanib 
qolmaydi.  Yer  yuzining  o‘rmonsiz  joylari  suvni  to‘plash  va  ushlab  turishga 
qodir yumshoq, chirindilarga boy tuproq qatlamidan mahrum bo‘ladi. Yerosti 


173
suvlarining  zaxiralari  kamayadi,  daryolar  sayozlashadi.  Ularning  osti  loyqa 
bilan  qoplanadi,  bu  esa  o‘z  navbatida,  baliqlarning  uvildiriq  sochish 
joylarining yo‘qolishiga va ular sonining qisqarishiga olib keladi. Tuproqning 
unumdor  qatlamini  qor  erishidan  hosil  bo‘lgan  suvlar  va  yomg‘irning 
shiddatli  oqimlari  ta’siri  yuvib  ketadi,  o‘rmon  to‘sib  qolmaydigan  shamollar 
ta’sirida  esa  nuraydi.  Natijada  tuproq  yemirilishi  yuzaga  keladi.  O‘rmonlarni 
kesish  bilan  ularda  yashovchi  qushlar,  hayvonlar,  hasharotlar  nobud  bo‘ladi. 
Natijada  qishloq  xo‘jaligi  zararku nandalari  hech  qanday  qarshiliklarsiz 
ko‘payishni  boshlaydi.  O‘rmon  havoni  changlardan  tozalaydi,  xususan,  u 
radioaktiv yog‘inlarni ushlab qoladi va ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, 
ya’ni  o‘rmonlarni  kesish  havoning  o‘zini  o‘zi  tozalash  kabi  vazifalarni 
bajara  olmaydi.
Shu  tarzda  yerdan  noto‘g‘ri  foydalanish  tufayli,  tuproq  yemirilishi 
oqibatida  insoniyat  dehqonchilik  uchun  deyarli  yaroqsiz  holga  kelib  qolgan 
juda  keng  hududlarni  yo‘qotdi.  Shunga  o‘xshash  vaziyat  O‘rta  Osiyo 
mintaqasida  ham  Amudaryo  va  Sirdaryo  suvlarining  katta  qismi  paxta  va 
sholi  maydonlariga  yo‘naltirilgan  paytdan  boshlab  paydo  bo‘ldi.  Natijada 
Orol  dengizining  ko‘lami  tez  toraya  boshladi,  uning  sho‘rlanish  darajasi 
keskin  oshib  ketdi.  Uning  yuzasidan  suvning  bug‘lanish  darajasi  kamaydi, 
mintaqadagi iqlim esa ancha quruqlashdi. U yerda va unga tutash hududlarda 
yashaydigan  hayvon  va  o‘simlik  turlarining  katta  qismi  yo‘q  bo‘lib  ketdi. 
Hozirgi  kunning  jiddiy  muammolaridan  biri  –  birinchi  navbatda,  sanoat 
korxonalari  tomonidan  karbonat  angidrid  gazi  atmosferaga  ko‘p  miqdorda 
chiqarib  tashlanmoqda,  uning  katta  qismini  o‘simliklar  tomonidan  fotosintez 
jarayoniga  jalb  etilib  bo‘lmasligi  tufayli  sayyora  iqlimining  asta-sekin 
isishi  yuz  bermoqda.  Oqibatda  bu  gaz  atmosferaning  yuqori  qatlamlarida 
to‘planmoqda  va  issiqxona  deb  nomlanuvchi  ta’sirni  vujudga  keltirib,  tabiiy 
issiqlik  almashinuviga  to‘sqinlik  qilmoqda.  Shu  bilan  birga  atmosfera 
va  Yer  yuzasining  yuqori  qatlamlarida  harorat  uzluksiz  oshib  bormoqda. 
Bu  Arktika  va  Antarktika  muzliklarining  erishiga  olib  keladi  va  qutb 
doirasiga  yaqin  ekologik  tizimlarning  buzilishi  yuz  beradi.  Dunyo  okeani 
sathining  ko‘tarilishi  taxmin  qilinmoqda.  Sanoat  chiqindilari,  radioaktiv 
moddalar,  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  zararkunandalari  bilan  kurashish  uchun 
qo‘llaniladigan  kimyoviy  dori  vositalari  tabiiy  muhitni  ifloslantirmoqda. 
Insonlarning  biosferaga  salbiy  ta’siri  jumlasiga  hayvonlarni  tartibsiz  ovlash, 


174
suvo‘tlarini  yig‘ish,  sanoat,  transport  va  qishloq  xo‘jaligi  chiqindilarini 
chiqarib tashlash natijasida suv, havo, tuproq kimyoviy tarkibining o‘zgarishi 
kiradi.  Shu  bilan  birga  nafaqat  Yerdagi  yovvoyi  o‘simlik  va  hayvonlar  soni 
kamayadi,  balki  ularning  tabiiy  yashash  muhitlari  yo‘qoladi. 
Insonning  tabiatni  o‘zgartiradigan  mehnat  va  ijodiy  faoliyati  aholining 
hozirgi  va  kelajakdagi  farovonligiga  zamin  yaratadi. 
Insoniyat  tabiatga  ta’sir  qilishning  kuchli  omillariga  ega,  tabiatga  ilmiy 
asoslangan  holda  ta’sir  ko‘rsatish,  tabiiy  boyliklardan  oqilona  foydalanish 
natijasida  ijobiy  natijaga  erishish  mumkin. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish