«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Tuproq biomassasi.
  Tuproq  nafaqat  o‘simliklar  o‘sishi  uchun  zarur 
muhit  hisoblanadi,  balki  xilma-xil  tirik  organizmlarga  ega  biogeotsenoz 
hamdir.  Tuproq  biomassasini  tuproqda  yashovchi  tirik  organizmlar  tashkil 
qiladi  va  aynan  shular  tuproqning  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. Har bir tuproqning o‘ziga xos biotsenozlari mavjud. Bu biotsenozlarni 
o‘simlik  ildizlari,  mikroorganizmlar,  chuvalchanglar,  hasharotlar  va 
ularning  lichinkalari,  ko‘rsichqonlar  va  yumronqoziqlar  tashkil  qiladi. 
Ularning  faoliyati  tufayli  tuproq  unumdorligi  ortadi,  ularning  qoldiqlari  esa 
bakteriyalar  uchun  organik  modda  manbayi    bo‘lib  xizmat  qiladi.  Masalan, 
yomg‘ir  chuvalchanglari  1  ga  maydonda  25  t  tuproqni  o‘z  ichaklari  orqali 
o‘tkazib,  0,5  sm  qalinlikda  unumdor  tuproq  hosil  qiladi.  Tuproqning  yuza 
qatlamlarida  esa  bir  hujayrali  yashil  suvo‘tlar  va    sianobakteriyalar  yashab, 
fotosintez  jarayonida  tuproqni  kislorod  bilan  boyitadi. 
Tuproq  biomassasi  qutblardan  ekvator  tomonga  ortib  boradi.  Yomg‘ir 
suvlari,  erigan  qorlardan  hosil  bo‘ladigan  suvlar  tuproqni  kislorod  va 
mineral  tuzlar  bilan  to‘yintiradi.  Erigan  moddalarning  ma’lum  miqdori 
tuproqda  qolsa,  ko‘proq  qismi  esa  daryolarga,  ular  orqali  esa  dengiz  va 


149
okeanlarga  chiqarib  tashlanadi.  Tuproq  orqali  yerosti  suvlari  doim  bug‘lanib 
turadi,  tuproqda  to‘xtovsiz  gaz  almashinuvi  sodir  bo‘ladi.  Tunda  harorat 
pasayganda  atmosfera  gazlari  siqilishi  tufayli  havoning  bir  qismi  tuproqqa 
o‘tadi.    Tuproqqa  o‘tgan  kislorod  o‘simlik  va  hayvonlar  tomonidan  nafas 
olish  jarayoniga  sarflansa,  azot  gazi  azot  fiksatsiyalovchi  bakteriyalar 
tomonidan  o‘zlashtiriladi.  Kunduzi  harorat  ortganda  tuproq  isishi  natijasida 
tuproqdan  atmosferaga  karbonat  angidrid,  vodorod  sulfid,  ammiak  kabi 
gazlar  ajraladi.  Tuproqda  sodir  bo‘ladigan  barcha  jarayonlar  biosferada 
moddalar  aylanishini  ta’minlaydi. 
Insonning  xo‘jalik  faoliyati,  pestitsidlar  (o‘simlik  zararkunandalari,  ka-
sallik  qo‘zg‘atuvchilariga  qarshi  qo‘llaniladigan  kimyoviy  vosita)  biosfera-
da  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  tuproq  organizmlarining  yoppasiga  nobud 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproq bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va 
uni  muhofaza  qilish  lozim.  Hozirgi  kunda  insonlar  million  yillar  davomida 
shakllangan  ulkan  ekotizim  qonuniyatlarini  buzmagan  holda  hamda 
biomassaning    qisqarishiga    olib  kelmaydigan  faoliyat  yuritishlari  lozim.
 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish