«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Mo‘tadil iqlim mintaqasining keng bargli o‘rmonlari.
  Iqlim  yil 
davomida o‘zgarib turadi, qishki harorat 0°C dan past. Yirik bargli daraxtlar 
(buk,  lipa,  eman,  zarang,  shumtol),  butalar  va  o‘tlar  o‘sadi.  Hayvonot 
orasida sutemizuvchilar (los, ayiq, silovsin, tulki, bo‘ri), qushlar (qizilishton, 
boyqush,  qorayaloq,  lochinlar)  asosiy  o‘rinni  egallaydi.  Tirik  organizmlar 
mavsumiy  iqlim  sharoitiga  moslashgan.  Ularda  qishki  uyqu,  migratsiya, 
tinim  davri  kuzatiladi.  Muzlagan  tuproq  orqali  daraxtlar  suvni  o‘zlashtirishi 
qiyin bo‘ladi, suv bug‘latish natijasida yo‘qotilgan suv o‘rnini to‘ldira olmay 
qoladi,  shu  sababli  ayrim  daraxtlar  barglarini  to‘kadi,  ignabargli  daraxtlar 
barglarini  to‘kmaydi,  ularning  barglari  qalin  mumdan  iborat  kutikula  bilan 
qoplangan. 
Dashtlarning 
iqlimi  fasllar  davomida  o‘zgarib  turadi,  qish  harorati  0°C 
dan  past.  Asosan  o‘tlar,  qisman  buta  va  daraxtlar  o‘sadi.  Hayvonlar  orasida 
tuyoqli  hayvonlardan  bizon,  antilopa,  sayg‘oq,  kenguru,  jirafa,  zebra,  oq 
nosoroglar; mayda sutemizuvchilardan quyonlar, yumronqoziqlar, sichqonlar; 
yirtqichlardan  bo‘ri,  sher,  qoplon,  gepard,  giyena  itlari  hamda  turli  qushlar 
uchraydi.
O‘tloqlar –
  o‘simliklari  asosan  o‘tlardan  iborat  ekosistemalar.  Bu 
ekosistemada  o‘suvchi  o‘simliklar  yetarli  darajada  namlikni  talab  qiladi. 
O‘tloqlar  namlik  yetarli  darajada  bo‘lgan  hududlar:  pasttekisliklar,  daryo 
qirg‘og‘idagi  yerlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bundan  tashqari  tog‘  o‘tloqlari  –  alp 
o‘tloqlari,  yaylovlar  mavjud.
Bu  biogeotsenozlarda  asosan  boshoqli  va  boshqa  gulli  o‘simliklar  o‘sadi. 
Hayvonlar  orasida  hasharotlar  ko‘p  uchraydi.  O‘tloqlardan  chorvachilik  va 
pichan  o‘rish  maqsadida  foydalaniladi.  Hozirgi  kunda  dasht  va  o‘tloqlarning 
ko‘p qismi madaniy o‘simliklar yetishtirish, shaharlar va sanoat korxonalarini 
qurish  tufayli  o‘zlashtirilgan. 


110
Sahrolar
  iqlimi  juda  quruq,  kunlari  issiq,  tunlari  esa  sovuq 
ekosistemalardir.  Ular  yog‘ingarchilik  miqdorining  kamligi,  harorat  va 
yoritilganlik  darajasining  yuqoriligi  bilan  xarakterlanadi.  Kserofitlar  o‘t 
o‘simliklar,  qisman  butalar,  efemerlar  ko‘p  uchraydi.  Hayvonlardan  xilma-
xil  kemiruvchilar  (tovushqonlar,  yum ron qo ziqlar);  tuyoqli  hayvonlar  (qulon, 
jayron,  antilopa),  yirtqichlar  (bo‘ri  va  sahro  tulkisi),  ko‘plab  sudralib 
yuruvchilar,  o‘rgimchaksimonlar,  hasharotlar  uchraydi.  Ulardan  ko‘pchiligi 
tunda  faol  bo‘ladi.  Cho‘llarning  ayrim  qismlari  inson  tomonidan  qishloq 
xo‘jaligida  foydalanish  maqsadlarida  o‘zlashtirilgan,  bu  yerlarga  boshqa 
hududlardan  suv  yetkaziladi  yoki  yerosti  suvlaridan  foydalaniladi.

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish