Texnologik jarayon
— ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lib, ish
buyumining holatini o‘zgartirishga va keyingi holatini belgilashga qaratilgan
harakatlardan iborat.
Turli texnologik usullar:
kesib yoki qizdirib ishlov berish,
payvandlash, yig‘ish va boshqalarni o‘z ichiga oladi, texnologik amal (opera-
tsiya)lardan iborat bo‘ladi.
Texnologik uskunalar, jihozlar va maxsus qurilmalar texnologik jarayon-
larni bajarish vositalari bo‘lib xizmat qiladi.
Texnologik uskunalar (îáîðóäîâàíèå)
deganda ishlab chiqarish qurollari
tushuniladi. Unda texnologik jarayonning ma’lum qismini bajarish uchun zarur
materiallar, zagotovkalar, asboblar, quvvat manbayi joylashadi. Dastgohlar,
pechlar, sinov qurilmalari va shu kabilar texnologik uskuna hisoblanadi.
Texnologik jihozlar (îñíàñòêà)
ham ishlab chiqarish quroli bo‘lib, ular
texnologik uskunalarga o‘rnatiladigan qirquv-o‘lchov asboblari, moslamalar,
shtamplar, quyish qoliplari va shu kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |