«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


AMALDORLAR  УА АУОМ  DIN  VAKILLARI



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/80
Sana01.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#305710
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
o'zbek xalq maqollari (2005)

AMALDORLAR  УА АУОМ  DIN  VAKILLARI

Azizlaming  ko‘ngli  qurtova  tilar.

Baxshi  to ‘rda  yaxshi,

Mulla  —  go‘rda.

Baxshiniki  «hay»  bilan,

Mullaniki  «voy»  bilan.

Baqa  eti  go‘sht  bo‘lmas,

Sipohidan  do‘st  bo‘lmas.

«Begim»  deguncha  beling  sinar.

Bek  gapirsa,  bekniki  m a’qul,

Xon  gapirsa  —  xonniki.

Bek  qursin,

Bek  kelib  qo'ngan  uyning  sho‘ri  qurisin.

Bekka  yetguncha,  beling  sinar.

Bekka  yetib  bezillaguncha,

Qulga  tegib  qutulgan  yaxshi.

Bekniki  —  bejog‘lik,

Boyniki  —  tejog'lik.

Bekning  kosasidan  suv  ichma.

Betkay  ketar,  bel  qolar,

Beklar  ketar,  el  qolar.



Boy  bilan  boy  quda  bo'lsa,

0 ‘rtada yo'rg'a  yurar.

Kambag'al  kambag‘al  bilan  quda  bo‘lsa,

0 ‘rtada to‘rva yurar.

Boy boyga  boqar,

Suv  soyga  oqar.

Boy  bolasi  boydakkina,

Egarlab  qo'ygan  toydakkina.

Boy  bor bo‘lsa  ham  bermas,

Yo‘q yo‘q  bo'lsa  ham  qarab  turmas.

Boy  buvaning  oshi  bor,

Ichi  to ‘la  toshi  bor.

Boy  b o ‘lib  bezillaguncha,

Qul  bo ‘lib  qo‘porib  yur.

Boy  ham  boyga,

Xudo  ham  boyga.

Boyga  yoilangan  molli  bo'lmas,

Molli  boMsa  ham,  holli  bo‘lmas.

Boyga  ishonsang,  boring  ketar,

Xonga  ishonsang  —  boshing.

Boyning  bo‘yni  yo‘g‘on.

Boyning  ishi  —  voy.

Boyning  oshi  —  ko‘zning  yoshi.

Boyning  og‘zi  qiyshiq  bo‘lsa  ham,  so'zi  to ‘g‘ri.

Boyning  tuyachisi  bo‘lsang,  quv  b o ‘lasan, 

Q o‘ychisi  bo‘lsang,  qul  bo'lasan.

Boyning  xo‘rozi  o ‘rdak  olar.

Boyning  xo‘rozi  ham  tug‘ar.

Butoqda  xo'roz  qichqirar,

Mezanada  —  so‘fi.




Buqaning  molga  sonligi  yo‘q,

Xo‘janing  —  elga.

Goh  —  xudo-yu  rasul,

Goh  —  nag‘mayi  usul.

D a’vo  qilma  domladan,

Qarzdor bo‘lma  so‘fidan.

Dom la-imom   och  qolsa,  bozor  kezar, 

So‘fi  och  qolsa  —  mozor.

Yer  —  boyniki,

Suv  —  soyniki.

Yer  og‘asi  —  xudo,

Suv  og‘asi  —  sulton.

Yerning  yirtig‘i  yo‘q,

Boyning  —  tirtig‘i.

Yog'i  yolq,  qaymog‘i  yo‘q,  choyi  qursin, 

Xayri  yo‘q,  ehsoni  yo‘q,  boyi  qursin.

Yog‘ochning  yomoni  —  so‘qi,

Odamning  yomoni  —  so‘fi.

Zolim  oshi  osh  boim as,

Yomon  yig‘ilib  bosh  bo‘lmas.

Zolimdan  vafo  tilama.

Zolimdan  panoh  tilama,

Fosiqdan  —  vafo.

Zolimning joyi  —  jahannam .

Z o‘r  bilan  ko‘ming  aqli  boklmas.

Z o‘r  —  zo‘miki,

Tomosha  —  ko‘miki.

Z o ‘ravonda  hayo  yo‘q.

Z o ‘ravonlik  —  oxiri  vayronlik.



Z o‘rlik  bor  yerda  zo‘ravon  ko‘payar.

Z o ‘rlikning  so‘nggi  —  xo‘rlik.

Ikki  mulla  —  bir  kishi,

Bir  mulla  —  yorti  kishi.

Mingboshiga  ming  bersang,  ming‘irlar, 

Yuzboshiga  yuz  bersang,  yuz  urar.

Mol  ko‘paysa,  barakat  ortar,

Mulla  ko‘paysa  —  oyat.

Mulla  bilganin  o ‘qir,

Qarg‘a  ko‘rganin  cho‘qir.

M ulla-im om   xotin  bilan  o ‘ynar,

Illatini  qavmi  tortar.

Mulla,  mullaning  ishi  —  hiyla.

Mulla  palovga o ‘ch,

Banggi  —  olovga.

Mulla  soqoliga  oro  berar,

L o ii  —  zulfiga.

Mulla  folbinni  ko‘rolmas,

Eshon  —  ikkalasini  ham.

Mulla  holvani  ko'rsa,  Q ur’onni  unutar.

Mullaga  bersang,  oldim  demas,

Ko‘rga  bersang,  ko‘rdim  demas.

Mullani  mozorda  ko‘r,

Dallolni  —  bozorda.

Mullaning  aytganini  qil,

Qilganini  qilma.

Mullaning  sallasi  oq,

Yuragi  —  qora.

Mullaning  saxiyligi  —  tilida.



Mullaning  semizidan  qo‘rq,

Tabibning  —  origldan.

Mullaning  qomi  ochsa,  nomozi  tugar. 

Mullasi  ko‘p  elning  to ‘qlisi  haromga  chiqar.

M uttahamdan  gap  so‘rasang,  berasi  ko‘p, 

To‘radan  gap  so‘rasang,  ertasi  ko‘p.

«Nun»  —  mullaga  chanoq  un.

Odamning  buzug'i  ham  qozi,

Buzg‘unchisi  ham.

Odamning  to ‘rasi  xushmas,

Otdan  tushsa  ham,  egardan  tushmas.

Oy  botsa  ham,  boy  yotmas.

Oy  chiqsa  ham,  boyga  chiqsin,

Kun  chiqsa  ham,  boyga  chiqsin.

«Oling-oling»  deganda,

Haromi  yo‘q  eshonning.

«Bering-bering»  deganda,

Oromi  yo‘q  eshonning.

Olio  berganni  mullo  bermas.

Og‘zi  qiyshiq  bo Isa  ham,

Boyning  o ‘g‘li  gapirsin.

Pirim,


Pirimda  qoldi  bir  mirim.

Piringning  ham  piri  bor.

Podsho  zolim  bo‘lsa,  yurt  to ‘zar,

Podsho  odil  bo‘lsa,  yurt  o ‘zar.

Podsho  taxtidan  toysa,

Vaziri  gado  bo‘lar.

Podsho  fuqaro  bilan  podsho.

Podshoning  kuragi  uzun.




Podshoning  q o ‘ltig‘i  keng.

Podshoning  holi  tang  bo‘lsa,

Gadoni  axtarar.

Gadoning  holi  tang  b o isa,

Xudoni  axtarar.

Savodsiz  mullaning  sallasi  katta.

Sallaga boqma,  kallaga  boq.

So‘fi  kavush  o ‘g‘irlar,

Eski  choponni  o ‘g‘ri  qilar.

So'fi  so‘g‘on  yer,

Topilsa,  yo‘g‘on  yer.

Taassub  qilma  boyga,

Keting  tegadi  loyga.

Tekin  sharobni  qozi  ham  ichar.

Tuyaning  dumi  yerga  tegar,

Xo'janing  qizi  erga  tegar.

T o‘raga  ishing  tushsa,  chaynamay  yutar.

T o‘g‘ri  gap  eshon-u  qoziga  yoqmas.

Xon  bor  yerda  qon  bor.

Xon  boqdi  —  xudo  boqdi.

Xon  ko‘p  b o isa ,  yov  ko‘p  bo‘lar,

Bek  ko"p  bo‘lsa,  dov  ko‘p  bo‘lar.

Xon  odillik  qilmasa.

Xonum ondan  ayrilar.

Boy  xayrlik  qilmasa,

Bor  molidan  ayrilar.

Xon  xonga  yig‘lar,

Xon  —  xotiniga.




Xon  xondan  qo‘rqar,

Xon  —  xotinidan.

Xon  qoshida  qorang  bo‘lsa,

Qora kemang  qirda yurar.

Xonni  odii  dedilar,

Xonum ondan  ayrildik.

Boyni  xayrli  dedilar,

Bor-u  yo‘qdan  ayrildik.

Xo‘ja,  mulla  el  buzar,

C ho ‘p-chor  yer  buzar.

Xo‘ja  ochdan  o ‘lar,

To‘ra  —  tomoqdan.

Xo‘jadan  qiz  olish  —

Patirdan  qil  olish.

Xo‘jam   dedim,  belim  sindi, 

Belimgina  emas,  qo‘lim  sindi.

Xo‘jam ning  qom i  to ‘q,

Quli  bilan  ishi  yo‘q.

X o£janing  aqli  tushdan  keyin  kirar.

Chorakor  choraklab  olar,

Boy  akam  —  botmonlab.

Shariatda  sharm  yo'q.

Shariatning  yo‘li  ko'p.

Erkin  qo‘ysang  xo'jani,

Yotib  ichar  go‘jani.

Eshak  Makkaga  borib  hoji  bo'lmas.

Yangi  boyda  tinim  yo‘q,

Eski  boyda  —  uyqu.

Yantoqning  yog‘i  yo‘q,

Qozi,  eshonning  —  sog‘i.




0 ‘ynashmagin  amir  bilan,

Amir  urar  tem ir  bilan.

CVynashmagin  arbob  bilan,

Arbob  urar  har  bob  bilan.

0 ‘lanli  yerda  ho‘kiz  semirar,

0 ‘limli  yerda  —  mulla.

O'likning  ko‘zidan  yosh  chiqmas, 

Eshonning  uyidan  osh  chiqmas.

Qiyshiq  arava  y o l  buzar,

Qozi,  mulla  el  buzar.

Qing'ir  og‘iz  bo'lsa  ham,

Boyning  qizi  er  tanlar.

Qozi  rishvasiz  bo'lmas.

Qoziga  bora berma,  pora  ber.

Qoziga  borsang,  qozi  pulini  tugib  bor.

Qor  boshiga  qor  yetar,

Xon  boshiga  xon  yetar.

Qor  yog'di  deb  sevinma,

Ayozlari  bor.

Xolja  keldi  deb  sevinma,

Niyozlari  bor.

Qor  yog"di  deb  suyunma,

Qirovlari  bor.

So‘fi  keldi  deb  suyunma,

So‘rovlari  bor.

Qulluq  qilsang  to braga,

Yiqilasan  o ‘raga.

Qulni  qul  desang,  olgisi  kelar,

Bekni  bek  desang,  kulgisi  kelar.

Q o‘ziqorin  go‘sht  bo'lmas, 

Dom la-im om   —  do‘st.



Q o‘l  qo‘lni  bilar,

Shariat  —  yo‘lni.

Hayvon  o ‘lsa,  qarg‘a  shod, 

Odam  o ‘lsa,  mulla  shod.

Hamma hamma bilan,

Mulla g'umma bilan.

Hokim  bo'lsang,  xalqni  bil.

Holingni  hokimga  ayt, 

Bor-yo‘g‘ingni  tashlab  ket.




Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish