Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlaridek, “Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmaganligi tufayli aksariyat ziyolilar, xususan yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot, Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon faylasuflarining kitoblarini tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etishimiz kerak1”.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo, asriy an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. “Biz ko’p masalalarda g’arb va sharq faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualism, egoism qarashlarini ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin.Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur2”.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas qismini tashkil etadi. Demak, Prezidentimiz yuqorida ta’kidlab o’tganlaridek, g’arb va sharq faylasuflarining qarashlarini ham yoshlar ongiga ularni sharq faylasuflari fikrlari bilan uyg’unlashtirgan holda singdirib borish darkor. Shuning uchun hozirda, yangi davr sharq faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini o‘rganish shu bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.
Kurs ishi mavzusining maqsadi. O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‘zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin3”. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Forobiy qarashlarini o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik.
Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir.
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy – ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim”. 4
Do'stlaringiz bilan baham: |