Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti


Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar



Download 61,49 Kb.
bet6/8
Sana13.01.2022
Hajmi61,49 Kb.
#359286
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
al forobiy falsafiy qarashlari

Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi ijtimoiy qarashlar
Birinchi mavjud boshqa barcha mavjudod borligining birinchi sababidir.Bo’lishi mumkin bo’lgan turli tuman kamchiliklarning barchasidan ozod-pokdir.Undan boshqa barcha mavjud narsa nuqsonlik bo’lishi holatidan holi emas. (Nuqson) bir bo’lishi mumkin va yoki birdan ko’p bolishligi mumkin.

Ammo avvaliga kelsak, u barcha nuqsonlardan holidir. Uning borligi barcha (borliq)dan afzal va boshqa borliqlar oldin kelur, uning borligidan yana ustun bo’lga va undan oldin keladigan boshqa borliqning bo’lishi ham mumkin emas. Demak, u borliq ustunligi (fazilati) borasida eng yuksak darajadadur, borliq mukammalligi nuqtai nazaridan qarasak, u yuqori martabadadur.



Bunday shahar hokimi bo’ladigan odam (Allohdan boshqa) hech kimga bo’ysunmasligi kerak. Fozillar shahrining birinchi boshlig’i shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo’lib, u tabiatan o’n ikkita hislat – fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur. Fozillar shahri hokiimi avvalo to’rt muchchali sog’-solim bo’lib, o’ziga yuklangan vazifalarni bajarilishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog’ salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim. (Ikkinchidan), bunday shahar hokimi tabiatni nozik farosatli bo’lib, suhbatdoshini so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi lozim, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.(Uchinchidan), u anglagan, ko’rgan, eshtgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to’la-to’kis saqlab qolishi, barcha tavsilotlarni unutmasligi lozim. (To’rtinchidan), u zehni o’tkir, zukko bo’lib har qanday narsaning bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur. (Beshinchi), u fikrini ravon tushuntira olish maqsadida, chiroyli so’zlar bilan ifodalay olishi zarur. (Oltinchi), u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo’lishi , o’qish, o’rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi kerak. (Yettinchi), taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki boshqa) o’yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi zarur.(Sakkizinchi). U haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi zarur. (To’qqizinchi), u o’z qadrini biluvchi va nomus oriyatli odam bo’lishi, pastkashlardan yuqori turuvchi, tug’ma oliy himmatli bo’lishi, ulug’, oliy ishlarga intilishi zarur. (O’ninchi), bu dunyo mollariga, dinor va dirhamalarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvimaydigan) bo’lishi zarur. (O’n birinchi), tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni sevadigan, istebdod va jabr-zulumni, mustabid va zolimlarni yomon ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani haqiqatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o’zi suygan go’zallikni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’z haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur. (O’n ikkinchi), o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.

Mana shu barcha xislatlarnihg bir odamda jamlanishi amri mahol, zero bunday tug’ma fazilatlar sohibi bo’lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir. Mobodo fozillar shahrida shunday barkamol insonlar topilibqolsa, unda yuqoridagi fazilatlardan oltitiasi, yoki beshtasi kamol topganda ham, u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozillar shahriga rahbarlik qila oladi. Ba’zi mahallarda fozillar shahrida bunday odamlar yoq bo’lib qolganda ham (vafot etganda yhud boshqa joyga ketgan vaqitda – M.M.) ana shu imom (hokim) yohud uning izdoshlari (agar mazkur imomdan so’ng birin – ketin shaharga boshliq bo’lsalar) chiqargan qonun va tartiblariga amal qilinadi.

Avvalgi imom o’rniga kelgan keyingi rahbarda ham yuqorida aytilgan hislatlar – fazilatlar yoshlidan shakillangan bo’lishi zarur. Ana shunda bu keyingi imomda yana oltita fazilat hosil qilinishi zarur:

Birinchi – donishmandlik.

Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilishi uchun quvvai hofizaga ega bo’lishi.

Uchinchi – agar avvalgi imomlar davrida biror (yoki bir qancha) sohaga taluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonuni o’ylab topishi uchun ijod, ixtiro qilishi quvvatiga ega bo’lish.

To’rtinchi – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olishi va kelgusida yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldinda ko’ra bilishi uchun bashoratgo’ylik hislatiga ega bo’lish. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilashda kerak bo’ladi.

Beshinchi – avvlgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg’in so’zlash – notiqlik hislatiga ega bo’lishi.

Oltinchi – zarur hollarda harb ishlariga mohirlik bilan rahbarli qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish; ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu-jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish.

Mobodo shu hislatlarning barchasini o’zida jamlagan bir odam topilmasa, lekin ikki kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni biri – donishmand, ikkinchisi – qolgan hislatlar sohibi bo’lsa) shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo’yish zarur. Mobodo bir guruh odamlar birgalikda ana shu hislatlarga ega bo’lishsa (ya’ni – birida bu , ikkinchisida u, uchinchisida boshqa hislatlar bo’lsa) ana shu fozillar guruhini yurt rahbarligiga qo’yish zarur. Shu guruh a’zolari birgalashib, o’zaro kelishib harakat qilishsa har biri fozil hokim bo’lishi mumkin.Mobodo biror zamonda fozillar shaharda hokimlik qilayotgan bir yoki bir necha kishida boshqa zarur hislatlar bo’lsyu, ammo, donishmandlik bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi.

Fozillar shahrining ziddi bo’lgan shahar – johillar shahri, benomuslar shahri, ayriboshlovchilar shahri, dashgan, zalolatdagi odamlar shahridir.Bu shaharlarning vakillari – ayrim odamlar ham fozillarning ziddi bo’lgan odamlardir.

Johillar shahrining aholisi baht – saodatga intilmaydi, baxt - saodat nimaligini bilmaydi ham. Chunki jaholatdagi odamlar hech qachon baxt topmagan va baxt – saodatga ishonmaydilar. Faravonlikka kelsak, jaholatdagi odamlar (haqiqiy obdlikni bilmasdan) ba’zilar nazarida baxtu – davla bo’lib ko’rinadigan o‘tkinchi, yuzaki narsalarni, mol – dunyo jismoniy lazzatlarni, xirsu – shaxvatni, obro’, amal, shon- shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o’ylaydilar. Shu ne’matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad baht – saodat bo’lib ko’rinadi.

Zotan, (moddiy va ruhiy) ne’matlarning hammasi birgalikda uyg’unlashgan chog’dagina haqiqiy baxt-saodatga erishish mumkin. Bu ne’matlarning teskarisi – tan kasalliklari, kambag’alchilik, zavq, lazzatlar va hurmat, obro’ning yo’qligi – baxtsizlik bo’lib ko’rinadi).

Johillar shahrining bir qancha turlari bor. Shulardan biri zaruriy ehtiyojlar shahridir. Bunday shahar aholisi faqat badan uchun zarur bo’lgan narsalar: oziq – ovqat , ichimlik, kiyim – kechak, turar joy, jinsiy aloqa hamda shularga erishish uchun bir – biriga yordam berish bilangina cheklangan odamlardir.

Ayriboshlovchilar shahrining aholisi – to’qchilik va mol –dunyoga erishuvda bir –birlariga o’zaro yordam berishni hayotning asosiy maqsadi deb biladilar.

Razolat (tubanlik) va badbaxtlik shahri – bunday shahar aholisi faqat yeyish, ichishda, jinsiy aloqada, huzur-xalovatga erishishiga, hissiy lazzatlar, ishrat , kayf-safoning barcha turlariga intiladilar.

Obro’parastlar shahari. Bunday shahar aholisi o’zaro bir – birlarini maqtashni , ko;kka ko’tarishni yaxshi ko’radilar. Ularni o’zga xalqlar so’zda ham, ishda ham ulug’lashlarni istaydilar.Bir –birlarining oldida yoki o’zgalar ko’ziga ulug’vor, shon – shavkatli bo’lib ko’rinishni hohlaydilar. (Bututn dunyoni bosib olishga intilgan Rumo(Rim) imperiyasi poytahti shunday shahar namunasidir – M. M. ).

Amalparastlar, hokimiyatparastlar shahri. Bunday shahar aholisi – barcha xalqlar ularga bo’ysunishini , o’zlari hech kimga bo’ysunmaslikni xohlaydi. Ularning fikru – zikri g’alabalar , futuxatlar nashidasini surishga qaratilgan.

Shahvatparastlar shahri. Bunday shahar aholisining har biri ehtiroslari tizginini jilovlamay, istalgancha shahvat nafslarini, tuban maylarni qondirishga intiladi.

Joholatdagi shaharning hokimi ham huddi shu shaharlar aholisi kabidur.Ular o’zlari hukumronlik qilgan shaharlarda yuqorida sanab o’tilgan shaxsiy sitaklarini tinimsiz qondirishga intiladilar.

Jahoatdagi shaharlar aholisining mashg’ulotlari ham yuqorida aytilgan maqsadlarga xizmat qiladi.

Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baht - saodatni, haq-taoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa narsalarni biladilar va ularga ishonadilar, ammo ularga amal qilamay, yuqorida aytaganimiz jaholatdagi shaharlarning aholisiga o’hshab yashaudilar.

Beqaror shahr. Bunday shahar aholisining nazariy qarashalari va amaliy ishlari avvalroq fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga ohshsh bo’lgan, amo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kiribolib, uning aholisi qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan.

Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt –saodatga faqat o’lgandan keyin erishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh – taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faola aqliga doir fikr-mulohazalari, tasavurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday ta’savvurlar halol yashash uchun asos bo’la olmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini aks ettirmaydi.

Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur qilib ko’rsatadi, ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlsh uchun aldov, riyo, kibru – havo bilan ish tutadi.

Bunday shsharning hokimlar fozillar shshari hokimlarining teskarisidir.Shaharning boshqarish usullari ham mutlaqo teskaridir.Bu fukr shu shahar aholisiga ham taaluqlidir.

Baxtning turli darajalarining bir-biridan afzalligi uch xil alomatga qarab belgilanadi. Biz quyida ko’rib chiqilayotgn hunar va san’atlarning bir-biridan afzalligi ham xuddi shu alomatlarga qarab aniqlanadi.

Hunar va san’atalar qaysi tur va sohalarga taluqli ekanligiga ko’ra bir –biridan afzal ko’rinadi. Masalan, bo’z to’qish, shoyi to’qish, attorlik, hovli supurish, raqs san’ati, fiqh ilmi, tabiblik yoki so’z san’ati bir-biridan qanchalik afzal bo’lsa bahtga erishuv dararjalari ham shunga o’xshashdir.

Bundan tashqari bir turdagi san’at, hunar sohiblari ham malaka (miqdori) jihatidan farqlanishi mumkin.Masalan, bir xattot o’z hunarining ko’pgina sirlarini bilishi, keng bilim egasi bo’lishi mumkin.Boshqa biri o’z hunari sirlarini kamroq bilishi mumkin. Mazkur hunar (xattotlik13)ni yaxshi egallash uchun xattot tilini, so’z san’atini, husnixatni va hisob – kitob, riyoziyotni puhta bilishi zarur. Shu hunar egalaridan biri masalan, husnixatni va rioziyotni yaxshi biladi, boshqasi tilni, so’z san’ati va husnixatning ba’zi jihatlarini yaxshi biladi, uchinchisi – mana shu ilmlarning hammasuda mohir.

Xattotlarning sifat jihatdan bir-biridan afzalligi shundaki, masalan, husnihat san’atini egallagan ikki xattotdan biri (o’zi tanlagan) shu sohada kuchliroq, biri – kuchsizroq bo’lishi mumkin.Bu sifatdagi afzallikdir.

Baxtlilik darajasiga erishuvda ham insonlar yuqoridagiga o’xshash bir-biridan afzalroq bo’lishi mumkin.

Boshqa shaharning aholisiga kelsak, bu odamlarnin fe’li yomon bolanligi uchun hunarlari ham ularning ko’ngli yomonliklarini tuzataolmaydi.Yomon xattot tabiatan badbaxtligi tufayli yozuvi ham tobora hunuklashib boraveradi, uning hunari, san’ati tobora orqaga ketaveradi.Fazilatsiz shaharning odamlari yomon fellari, tabiatlai tufayli ko’ngillari – ruxlari ham yomonlashib boraveradi. Mobodo ular ana shu yomon ishlarida izchil sa’y – harakat, tobora kuch-g’yrat ko’rsatsa ularning ruhlari yanada ko’proq yomonlashadi va oxiri mayib-majruh bo’lib qoladi. Shu tufayli ular o’zlariga yoqadiga yomon ishlarda huzur-halovat oladilar. Vujudi, jismi kasal bo’lgan odam (masalan, bezgak tutayotgan kishi) mijozi buzulganidan, o’ziga yoqmaydigan taomlarni yeyisdan huzur qiladi va tabiatan me’dasiga yoqadigan taomlar unga yoqimsiz ko’rinadi; ruhan kasal odamlar ham yomon istaklari va odatlari tufayli buzulgan tasavvurlariga qarab, yomon, (ahloqsiz) fe’l – harakatlaridan huzurlanadilar va go’zala qiliqlarini, ishlarini yoqtirmaydilar yoki umuman go’zallikni tasavvur qila olmaydilar. Vujudi kasal odamlar o’z kasalligini bilmasdan o’zlarini soppa-sog’ (va fazilatli) deb o’ylab , rahbari , muallimi yoki ustozining nasihatlariga quloq solmaydilar.

Fozillar shahrining barcha aholisi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar quyidagilardir.

Birinchidan, ular asliy sababni va uning barcha sifatlarini bilishi zarur. So’ng moddiylikdan tashqarida mavjud narsalarni va ularning sifatlarini, shuningdek ularni faol aqlga qadar bo’lgan darajalarini hamda ularda har birining sifatlarini bilishi zarur. So’ng ular samoviy hilqatlarni va ulardan har birining sifatlarini, so’ng shu hilqatlardan pastdagi tabiy jisimlarni, shuningdek, ularni qanday vujudga kelishi va yo’qolishi hamda ularda yuz berayotgan barcha hodisalarni mukammaligi, yahlitligi, muruvvat, adolat bilan, oqilona ekanligini, bu hodsalarda hech bir nuqson, hech bir adolatsizliklar yo’qligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana odamzod qanday yaralganini (uning jismiga kirgan) ryhning hususiyatlarini , faola qal uning ruhini qanday qilib nurlantirganini, shu tufayli insonda dastlabki tushunchalar paydo bo’lganini, u Ollohning irodasiga bo’ysunish va nimalarda erkinligini bilishlari zarur. Fozil odamlar yana shahar (davlatning) birinchi rahbari u yoki bu vaqt mobaynida yo’q bo’lib qolganida (biror yoqqa ketganida), kasalligida va hokazo), uning o’rnini bosa oladigan rahbarlarni bilishi zarur. Fozillar shahri, uning aholisi, ularning dillari erisha oladigan baht – sodat nima ekanligini bilishlari zarur. Ular yana fazilatsiz shaharlar va ularning aholisi o’lganidan so’nga ruhlari oxiratda ne kechishini, ba’zilari bahtsizlik, falokatga uchrab, ba’zilari yo’q bo’lib ketishini, fozillar shahri aholisi ohiratda nelarga erishuvini, nelardan saqlanishlarini bilishlari zarur.

Shularning hammasini ikki yo’l bilan bilib olish mumkin: Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shandy o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida (o’shanday o’rnashib qolsa, bu bilimlar qiyos yki taqlid asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etish tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi ).

Fozillr shahridagi donishmandlar bu narsalarni isbotlash yo’li bilan yoki dil sezgisi bilan bilib oladilar.Ba’zilar esa bu narsalarni boshqalarning tasavvurich taqlid orqali bilib oladilar. Bunday odamlar tabiatan yoki odatlariga ko’ra ruhiy bilimlarini aslida qanday mavjud bo’lsa , shunday tushinish qobiliyatiga ega emaslar. Mana shu ikki xil tasavvurlar ham bilim manbaidirlar, ammo donishmandlarning bilimlari, albatta eng yahshi bilimlardur.Narsa hodisalarning birovlarning tasavvuri orqali taqlidan biluvchi odamlar ham turlich darajada biladilar.

Har bir xalqning, yoki har bir shahar aholisining narsa hodisalarga doir tasavvurlari o’zlariga tanish tasavvurlardir.Ayrim xalqlarning muayyan hilqat haqidagi eng mashhur (keng tarqalgan) tasavvurlarda ham ozmi – ko’pmi tafavvut, farqlar bor. Chunki, har bir xalq o’sha narsa, hodisani o’zicha anglab, o’zi aks ettiradi.Shu tufayli fazilatli shaharlarning turli xalqlari yagona maqsadga (masalan, oxiratda jannatga munosib bo’lishga) intilsalarda, ularning dinlari turlicha bo’lishi mumkin.

Mana shu (turli xalqlar uchun umumiy) xilqatlar tegishli dalillar bilan bilib olingach, bu hilqatlar haqida hech qanday baxslarga ham, narsaning asl tabiatini tushunmay u haqida sohta tushunchalarga ega bo’lishdan kelib chiquvchi baxslarga ham o’rinqolmaydi.

Jaholatdagi shaharlar, (aholisini) maqsadlarini ko’zlaydigan (obro’-izzatga, mol-dunyoga, boylikdan rohatlanishga intiladigan) odamlar esaalohida toifadir. Bunday odamlar fozillar shahrida haligi maqsadlar bilan yashash taqiqlanganini ko’rib , u yerdagi (adolatli) qonunlarni buzishga , haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashishga , (bu qonun-qoidalar, tasavvurlarini) buzib aks ettirishga urinadila. Ular bu yo’lga ikki yo’l bilan erishadilar: U yuqorida aytilgan baxsli o’rinlarni o’zlaricha taxmin qiladilar, ikkinchidan, soxta donolik va aldov yo’liga o’tadilar. Ular jaholatli va tuban maqsadlariga erishuviga hech kim to’sqinlik qilmasligi uchun shunday yo’ldan boradilar. Bunday odamlarni fazilatli shaharlar jamoasiga qabul qilmaslik kerak.

Yana bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg’ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri to’g’riyu, qay biri yolg’on ajratolmay qoladilar. Ular hech baxs talab qilmaydigan haqiqiy tasvvurni ham yolg’on deb o’ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg’ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg’onni o’zlaricha haqiqat deb o’ylaydilar. Oqibatda bu odamlar “Umuman haqiqat yo’q , haqiqatga yetishdim deganlar o’z-o’zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo’lidan boshlamoqchi bo’lgan yolg’onchi, kazzoblar, ular bunday kattaroq mansablarga yoki boylikka erishish maqsadida shunday so’zlarni aytmoqdalar ” deb o’ylaydilar. Provard natijada bu toifa odamlarning ba’zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan ko’ruvchi yoki tushida (g’ira-shira) ko’ruvchi odamga o’hshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi , deb o’ylaydilar. Bunday odamlar o’zlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o’ylaydilar.

Aholilarning diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyoqarashlarga asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz.

Ularning ba’zilari bunday fikirlashadi: ba’zi mavjudodlar bir-biriga qarashidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudodlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvayi maxfuzaga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudoddan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishidan asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u qarshi narsani yo’qotib , o’rnida o’ziga o’xshash narsani paydo qiladi. Va nihoyat , unga shunday bir qobiliyat beriladiki , shuning yordamida u turli narsallardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga intiladi.

Mazkur mavjudodlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarizda olamdagi har bir mavjudod mavjudod o’ziga qarshi va umuman boshqa mavjudodlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudodlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqabarcha mavjudodlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat o’zi yashash uchun, boshqa mavjudodlarning yashashi ularga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi zararday, tabiat boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudod boshqa mavjudodlarni yoq qilishni ko’zlamaganida ham , o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudodlar boshqa navdagi mavjudodlar bilan huddi shunday munosabatdadirlar.Hatto bir navdagi mavjudodlar o’zaro shunday munosabatdadirlar.Bu mavjudodlar shunday yaralganki, doimo bir biriga qarshi kurashib, bir-birlariga dushmanilik qiladilar.Eng kuchlilari boshq alariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi.G’olib kelganlar ham bir-birini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudodlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish uchun yaralganday, barchasi bir birini ezib ishlatishga urunadi.

Mana shu (sabab)larning hammasi tufayli ko’pchilik shaharlarda jaholatdagi shaharlar shaharlarning aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar odamlar o’rtasida tabiiy yoki ihtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odam o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi , biri boshqasiga begona bo’lishi zarur , mobodo ular birlashsalar ham zarurat , majburiyat tufayli birlashadilar, murosaga kelishsalar ha biri g’olib chiqib , boshqalari mag’lub bo’lgandagina kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir qiluvchi bir kuch taziyqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar anashu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.



Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.

Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:


  • Falsafaning umumiy muammolari

  • tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari

  • borliqni bilish

  • mantiqning bahsli muammolari

  • inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik

  • ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.

Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U o’z asarlarida:



  • komil inson

  • fozil fuqaro

  • odil hukmdor

  • baxt-saodat, unga erishish yo’llari,

  • davlatning hususiyatlari,

  • axloqiy va aqliy tarbiya,

  • ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.

Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.

Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.

Forobiy Sharq xalqlari talim tarbiya to’g’risidagi falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan.




Download 61,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish