Povest –qissa (ar. hikoya, sarguzasht). Povest bosh qahramon taqdiri vositasida
u yoki bu jihatini o`rta epik shaklda rivoyaviy yo`l bilan aks ettiruvchi asar
22
.
Povestda hikoyaga nisbartan qahramonning hayotiga oid bir qancha voqealar
tasvirlanib, qahramonlar xarakteri batafsilroq yoritiladi. Shu bilan birga, povestda
ishtirok etuvchi ikkinchi darajali qahramonlarning soni ham ko`proq bo`ladi.
Sevinch Chokumning ‘Mashina’, ‘Egik daraxtlar, Jengiz Dag`jining ‘Yurtini
yo`qotgan odam’, ‘Qaytish’, Jenab Shahabeddinning ‘Haj yo`lida’, ‘Avrupa
maktublari’ kabi ko`zga ko`ringan povestlar mavjud.
Hikoyalarda qahramonlar soni kam bo`ladi. Qissa hikoyaning keng
ko`rinishdagi shaklidir. Shuning uchun qissani katta hikoya deb ham ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |