Xitoy tilidan o’zlashtirilgan sanoq sonlar. Xitoy sanoq sonlari birdan o’ngacha quyidagicha ko’rinishga ega:
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
いち
一
|
に
二
|
さん
三
|
し
よん
四
|
ご
五
|
ろく
六
|
しち
なな
七
|
はち
八
|
きゅう
(く)
九
|
じゅう
十
|
Bundan tashqari quyidagi guruh sonlar ham mavjud:
十 じょう o’n
百 ひゃく yuz
千 せん ming
万 まん o’n ming
億 おく yuz million
兆 ちょう trillion
O’zbek tilida sonning ma’no turlarini hosil qilish uchun miqdor sob o’zak bo’lib keladi. Masalan: bir (sanoq son),bir + ta (dona), bir + inchi (tartib son), bittadan ( taqsim son),ikki + tacha (chama son).
Yapon tilida esa kunni , mevalar, qandolat mahsulotlari va turli xil narsalarni sanash uchun ishlatiladigan alohida sanoq sistemasi mavjud. ひとつ(hitotsu) - bitta、ふたつ(futatsu) - ikkita、みっつ(mittsu) - uchta、よつ (yotsu) – to’rtta、いつつ (itsutsu) –beshta.
Quyidagi sonlar kunni ifodalovchi tartib sonlar bo’lib, gaplarning ma’nosiga qarab miqdor yoki sonning boshqa turlarining ma’nosini anglatadi.
ついたち (tsuitachi) - birinchi、ふつか (futsuka) - ikkinchi、みっか (mikka) - uchinchi、よっか (yokka) – to’rtinchi、いつか ( itsuka) – beshinchi…
例:私の誕生日は七月よっかです。
(rei: watashino tanjyoubiha shichi gatsu yokka desu).
Masalan: mening tug’ilgan kunim 4-iyul.
例:一日ぐらい学年論文のテーマをかんがえました。
(rei: ichinichi gurai gakunenronbunno tema o kangaemashita).
Masalan: taxminan bir kun bitiruv malakaviy ishining mavzusini o’yladim.
Yapon tilida qolgan sonning ma’noviy guruhlari asosan bitta o’zakdan yasaladi.
Masalan:
1) 一 (ichi) - bir
2) 二 (ni) - ikki
3) 三 (san) - uch
4) 四/し (yon,shi) - to’rt
5) 五 (go) -besh
Yapon tilida yozuvlar ikki xil nom bilan ataladi: onyomi va kunyomi. Onyomi yozuvlari xitoy tilidan kirib kelgan so’zlardir, kunyomi esa asl yapon tiliga xos bo’lgan so’zlardir. O’ndan katta bo’lgan sonlar qaysi predmetligiga qarab onyomida sanaladi. Masalan: 八十六 (hachijyuroku) - sakson olti. Istisno sifatida shuni aytib o’tish kerakki 4 va 7 raqamlari yaponlarda baxtsiz raqamlar hisoblanadi. Chunki 4 し 死 o’lim omofoni, 7 ham しち(し)-o’lim, (ち)-qon degan ma’nolarni bildirib keladi. Shuning uchun yaponlar bu raqamlarni irim qilganliklari sababli, ba’zan ko’p qavatli binolarda to’rtinchi va yettinchi qavatlarning yoki xonalarning yo’qligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek 13 raqami g’arbiy yevropadan kirib kelgan bo’lsada, Yaponiyada ham bu raqamni baxtsiz deb hisoblashadi. Shuningdek 9 raqami ham ko’pincha く(ku) emas, balki cho’ziqroq きゅう(kyuu) tarzida talaffuz qilinadi. Sababi, く so’zi くるしい – ya’ni, og’ir, qiyin, yoqimsiz degan so’zning qisqartma shakli bo’lganligi bois く(ku) dan ko'ra きゅう (kyuu) ko’proq ishlatiladi.
Miqdor sondan sonning ma’noviy guruhlarini hosil qilishimiz mumkin. Masalan, Vatqni ifodalovchi tartib son 一+年 (ichinen) bir yil yoki birinchi yil、二+年 (ninen) ikki yil yoki ikkinchi yil、三+年 (sannen) uch yil yoki uchinchi yil、四+年 (yonen) to’rt yil yoki to’rtinchi yil、五+年 (gonen) besh yil yoki beshinchi yil.
Ushbu sonlar bir xil shaklda ikkita sonning ma’no turlarini anglatishi bilan omonim (shakldosh) hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek shirinlik yoki mayda predmetlar uchun sanoq son ずつ qo’shimchasini qo’shish orqali taqsim son yasaladi. Masalan, ひとつ+ずつ (hitotsuzutsu) - bittadan、ふたつ+ずつ (futatsuzutsu) - ikkitadan、みつ+すつ (mitsuzutsu) – uchtadan.
Berilgan misollardan ko’rinib turibdiki, ずつ (zutsu) qo’shimchasi o’zbek tilidagi tadan qo’shimchasiga teng. Xuddi o’zbek tilidagi o’zak va qo’shimcha qonuniyatlariga ya’ni qo’shimcha o’zakdan keyin qo’shilish qonuniyatlariga bo’ysungan holda taqsim son yasalmoqda. Bu jihatdan ikki til doirasidagi o’xshashlik bir xil.
Demak yuqorilardan shuni ko’rish mumkinki, yapon tilida ham sanoq son ya’ni miqdor son asos bo’lib, undan sonning ma’noviy turlari yasaladi. Hozirga qadar o’rganilgan yapon tilining son turkumiga doir izlanishlarda umumiy ma’lumot bilan cheklanishgan. Ilmiy tadqiqot olib borilayotgan ushbu malakaviy ishda yapon va o’zbek tilidagi son so’z turkumini ma’noviy guruhlarga bo’lib, ularni tasniflab, har bir ochilmagan qirralarini yaqqol tushuntirish olib borilgan. Son so’z turkumining gapdagi sintaktik vazifasini misollar orqali osson usulda tushintiriladi va shuningdek son so’z turkuminig omonim, sinonimlik xususiyatlari to’g’risida ham to’xtalib o’tiladi. Bundan tashqari son so’z turkumining tuzilishi va uning yozma shaklda yozilishi, ular bilan grammatik qo’shimchalar birgalikda kelib, sonning ma’noviy guruhlarini tashkil etishi, yapon tili hamda o’zbek tillarida sonning numerativ so’zlar bilan kelib, o’zaro ma’no anglatishi ham o’rganiladi.
Hozirgi qadar yapon tili o’rganuvchilari va qiziquvchilari uchun son so’z turkumi,hisob va sanoq sonlar haqida to’liq ma’lumot berilib, kelib chiqayotgan muammo va tushunmovchiliklarni bartaraf qilishga harakat qilamiz. Yapon tili filologiyasiga qiziquvchilar uchun yapon tilidagi sonning qo’llanilishini o’zbek tilidagi sonning qo’llanilishiga taqqoslaganda, ma’noviy muqobil ekvivalentlarini topisholmay, har xil xato tushunchalarga ega bo’lishadilar. Mavzuning dolzarbligini ana shu muammolar orqali ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |