Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Shu vaqtga qadar yapon tilillaridagi hisob so’zlarning qo’llanilishi haqida ilmiy ishlar olib borilgan. Xususan,rus va ingliz tadqiqotchilari yapon tilidagi hisob so’zlar turlari, ularning qo’llanilishi,xususiyatlari haqida izlanishlar olib borganlar. Biroq bugunga qadar,yapon tilidagi hisob so’zlar o’zbek tilidagi hisob so’zlar bilan solishtirilib o’rganilishi haqidagi ilmiy ishlar deyarli kam. Va bu o’zbek tili egalari uchun bir muncha yangilik ham hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Tadqiqotning predmeti sifatida yapon va o'zbek tilidagi miqdor son asos qilib olindi. Ular so’zlar oldidan kelib miqdor anglatuvchi hisob so'zlar va ko'p xonali sonlar ham ushbu mavzuning predmeti sifatida asos qilib olindi . Bevosita tadqiqot predmeti sifatida yapon tilini o'rganuvchilar va o'rgatuvchilar uchun yaratgan qo'llanmalar va darsliklardan , shu jumladan ingliz , rus olimlarining maqolalaridan foydalanildi
Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Ishning obyekti sifatida yapon va o'zbek tilida miqdor sonlarning ahamiyatini ko'rib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi : Mazkur bitiruv malakaviy ishning metodologik asosini O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Respublikamizda ta'lim va tarbiyani rivojlantirishga bag'ishlangan nazariy asarlarida oldinga surilgan g'oyalar , xulosalar , O'zbekistonning " Ta'lim to'g'risida " gi . " Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " haqidagi me'yoriy hujjatlar hamda fan, tarbiya va madaniyat sohasidagi strategik yo'nalishlarga doir qarorlar tashkil etadi .
" O'nlab o'zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi ulkandir . Jumladan , Mirzo Ulug'bek qoldirgan meros xalqimizning jahon ahliga bebaho in'omi , deyish mumkin . Uning ko'plab ilmiy risolalari , siyosat va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati , ilmiy va ma'rifiy merosi bugungi avlod uchun ham katta saboq bo'lib xizmat qilmoqda . Allomaning jahon ilm - fani sohasida hissasi beqiyosdir .
Chet tilini o'qitishda asosan 4 ta metod mavjud bo'lib , ular tarixan ushbu 4 toifaga boʻlingan . Bularga qiyosiy , aralash , tarjima, to'g'ri metodlar kiradi . Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish davomida eng ko'p qiyosiy metoddan foydalanildi . Yapon tili grammatikasini o'zimizning ona tilimiz bilan qiyoslagan holda o'rganib chiqildi . Qiyosiy metod ko'pchilik tan olgan va o'qitishda foydalanadigan metodlardan biri hisoblanadi . Tarjimadan chet tilini o'rganishda keng qo'llaniladi . Chunki biror bir chet tilini o'z ona tiliga tarjima qilgan holda o'rganiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |