EMIL ZOLYa IJODI
Emil Zolya (1840.2.4 — Parij — 1902.29.9) — fransuz yozuvchisi. Ilk ijodi romantizm ruhida: «Ninon ertaklari» (1864), «Klodning tavbasi» (1865), «Marhumning vasiyati» (1866) va boshqa 60-yillarda naturalistik ruhdagi «O‘liklar vasiyati» (1866), «Tereza Raken» (1867), «Madlen Fera» (1868) kabi romanlar yezdi. «Rugon-Makkarlar» 20 jildli romanlar turkumida (1871-93) Napoleon davridagi siyosiy tuzum qoralangan («Rugonlarning ulg‘ayishi», 1871; «Tor-mor», 1893), jamiyatdagi moliyaviy hiyla-nayranglar fosh etilgan («O‘lja», 1872; «Pul», 1891), kiborlarning axloqsizligi ko‘rsatilgan («Nana», 1880), amalparast, ma’naviy qashshoq kimsalar kalaka qilingan («Parij qurtlari», 1873), nasroniylarning teskarichilik harakatlari fosh etilgan («Plassanning zabt etilishi», 1874). 3olya bir qator romanlarida oddiy mehnatkashlarning olijanob timsollarini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlagan. Xususan, «Qopqon» (1877) romanida kosib va hunarmandlar hayoti, «Hamal» (1885) romanida esa ishchilarning turmush tarzi aks ettirilgan. «Tereza Raken» (1873 yilda sahnalashtirilgan) dramasi va «Rauberden vorislari» komediyasi yozuvchining eng yaxshi sahna asarlaridir. 3olya ijodida ijtimoiy mavzular ustuvor mavqega ega. «Uch shahar» trilogiyasi («Lurd», 1894; «Rim», 1896; «Parij», 1898), tugallanmay qolgan «To‘rt injil» tetrologiyasi («Hosildorlik», 1899; «Mehnat», 1901; «Haqiqat», 1903) bunga misol bo‘ladi. 3olya ijtimoiy hayotga ham faol aralashgan va 19-asr oxirlarida Fransiyada juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Dreyfus ishi» (boshqa millat vakilining soxta ayb bilan qamalishiga qarshi) bo‘yicha Fransiya Respublikasi Prezidentiga «Men qoralayman!» (1898) nomli ochiq xat bilan murojaat qilgan. Respublika hukumati 1898 yil 23 fevralda yozuvchini qamash haqida hukm chiqaradi. 3olya chet elga qochadi (1899 yilda Vataniga qaytadi). 3olya xalq uchun teatr yaratishni orzu qilgan edi. «Fransiyaning olg‘a yurishi» turkumidagi dramalarida inqilobiy shior ostida mustabidlik ruhini yashirgan Uchinchi respublikaga qarshi kurashni davom ettirishni maqsad qilgan edi. Lekin bu maqsadini amalga oshirolmadi. 3olya romanlarida garchi qaltis ijtimoiy ziddiyatlar tasvirlangan bo‘lsa ham, u ma’lum siyosiy tuzumga dastyorlik qilishni or deb bilgan. U har doim o‘zi tanlagan tamoyilga — haqqoniyat tamoyiliga sodiq qoladi. Uning romanlarini o‘qib butun bir davr haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. 3olyaning «Hikoyalar» (1937), «Tegirmon qamali» (1942) va «Hamal» (1981, tarjimon Xayrulla Ergashev) asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. E.Zolya 1840 yilning 2 aprelida Parijda tug‘iladi. XIX asrning 60-yillari o‘rtalarida Zolya o‘zining dastlabki hikoyalari: «Ninon ertaklari» ilk romanlari: «Klodning tavbasi», «Marsel sirlari» va boshqalarni yaratadi. Bular romantiklarga taqlidan yozilgan asarlar edi. Yosh yozuvchida sekin-asta realistlar Balzak, Floberga va naturalistlarga qiziqishi orta bordi.
«Tereza Raken» (1867 yil ) romanining muqaddimasida Zolya o‘zining «Ilmiy» romanlarida xarakterlarga emas, balki temperamentlarni o‘rganish haqida so‘z yuritadi. Lekin mazkur romanlarida faqat «Mijoz»gina emas, shu bilan birga, oz bo‘lsada ijtimoiy hayot aks etgan. «Tereza Raken». «Madlen Fera» (1868) romanlari Zolyaning naturalistik ta’limotini aks ettirgan asarlardir.
Naturalizm adabiyoti nazariyasi Zolyaning «Eksperemental roman» 1880 yil, «Romanist naturalistlar», «Naturalizm teatiri» 1881 yil maqolalarida to‘la bayon qilingan.
“Naturalizm XIX asr 60-yillarida Yevropa va AQSh adabiyoti va san’atida yuzaga kelgan va realizmga qarama-qarshi o‘laroq voqeylikni faqat tashqi tomonidan aniq aks ettirishga ahamiyat bergan oqim”dir.
Shoir va yozuvchi Emil Zolya bir nechta hikoyalar to‘plami, adabiy-tanqidiy kitoblar,publitsistik xarakterdagi maqolalar, dramtik asarlar yaratgan bo‘lsada, romanlari bilan mashhurdir. Bu asarlarning ko‘pi «Rugon Makkarlar» nomi bilan ataladigan turkumga kiradi. Mazkur turkumi Balzakning «Inson komediyasi» kabi ko‘p (to‘plamli) tomli epopeyadir. Bu epopeyasi ustida qariyb 25 yil ishlaydi va 20 ta roman yozadi. Bu asrlar turkumida muallif «Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning tabiiy va ijtimoiy tarixi»ni bermoqchi bo‘ladi. Lekin haqiqatdan ham u hayotning turli tomonlarini qamrab olgan voqealarni aks ettiradi. Zolya bu asarini 1871-1893 yillarda yozadi.
Zolya hayotining so‘ngi yillarida yangi seriyadagi romanlari «Uch shahar» 1894-1902 yillar, trilogiyasi va «To‘rt injil» 1899-1902 yillar turkumdagi asrlarni yaratadi.
Zolya epopeya asarida Fransiya o‘tmishida eng og‘ir zamon bo‘lgan XIX asrning 50-60 yillariga murojaat etadi. Mamlakat hayotida ro‘y bergan bu jiddiy voqealar Zolya ijodida ham ijtimoiy siljishlar tamon o‘zgarish yasaydi.
Burjua jamiyati kirdikorlarini fosh etuvchi asarlari:
«Rugonlar mansabi», «O‘lja», «Parij qorni», «Ko‘pik», «Aqcha».
Halq turmushi haqida «Tuzoq», «Hamal», «Yer», Antiklerikal xarakterdagi: «Palassanni zabt ettish», «Abbat Murening gunohi», san’at mavzusidagi «Ijod», irsiyat masalasidagi: «Inson-hayvon», «Doktor Paskal» kabi asarlarini yaratadi.
Yozuvchi «Hamal» 1885 yil romanida fransuz proletariatining ilg‘or otryadlaridan biri Mansudagi ko‘mir konida ishlovchi shaxtiyorlarning benihoyat og‘ir ahvoli va kurashlarini aks ettiradi. Ishchilarning qashshoqlik bilan kun kechirishiga asosiy sabab, kapitalistik ekspulatatsiya ekanini u birinchi marta to‘g‘ri ko‘rsatadi.
Romanda sanoat ishchilari sulolasidan bo‘lgan Mae oilasi markaziy o‘rinda turadi.
XIX asrning 90-yillarida imperalistik reaksiya kuchaygan vaqtda Zolya antiklerikal ruhda «Uch shahar» romanlari seriyasidan (ya’ni Lurd, Rim, Parij) yaratadi.
Xristian dini, Rim papasining yovuz ishlarini fosh etgan bu uch asar katolik cherkovi man etgan kitoblar ro‘yxatiga kiritilgan.
«To‘rt injil» turkumidagi romanlari fransuz ishchilari harakatidagi ko‘tarilish davriga bog‘liq ravishda yuzaga kelgandir. Bu seriyadagi asarlar: «Serpushtlik» 1899 yil. «Mehnat» 1901 yil. «Haqiqat» 1902 yil «Adolat» (tugallanmagan) dan iborat. Ulardan eng xarakterlisi «Mehnat»da kapitalistik ekspulatatsiya fosh etilgan, sinfiy ziddiyatlar yanada rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |