Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet42/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Flober Gustav (Gustave Flaubert, 1821.12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi. Parij universitetining huquqshunoslik fakultetida o‘qigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan.
Asosan, «Bovari xonim» (1857) romani bilan shuhrat qozongan. «Salambo» (1862) romanida uzoq o‘tmishda (miloddan avvvalgi 3-asrning 2-yarmida) Qadimiy Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zo‘ravonlik, nohaqlik fosh etilgan. «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining g‘ayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan.
«Hislar tarbiyasi» (1869) romani, «Buvar va Pekyushe» (1881, tugallanmagan) hajviy romani, «Siyqasi chiqqan haqiqat» parodiyasi (nashri — 1910) bor. Flober rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning “Salambo” asari asosida opera yozgan.
Iste’dodli stilist bo‘lgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Oskar Uayld (inglizcha Oscar Wilde) (1854.16.10, Dublin — 1900.30.11, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Hashamdor she’rlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882 yilda AQSh shaharlari bo‘ylab sayohatda bo‘lib, estetika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan «E’tiqod yoki Nigilistlar» (1882), «Gersoginya Padunskaya» (1883), «Salomeya» (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim o‘rin egallaydi. Londonga qaytib, gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 yil (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga ko‘chib o‘tgan. Qamoqdan so‘ng Uayld hayotida ro‘y bergan ruhiy tushkunlik «Reding qamoqxonasi balladasi» (1898) avtobiografik asari hamda o‘limidan keyin e’lon qilingan «Qamoqxonadagi tavba» (1905)da o‘z aksini topgan. «Uindermir xonimning yelpig‘ichi» (1892), «Benuqson erkak» (1895), «Jiddiy bo‘lish qanday muhim» (1896) komediyalari, «Baxtli shahzoda» va «Yulduzli bola» (1888) adabiy ertaklar to‘plamlarida o‘zi yashagan muhit urfodatlarini tanqidiy aks ettirgan. «Dorian Grey portreti» (1891) — 19-asr oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-yillardagi tanqidiy maqolalarida («O‘y-niyatlar» to‘plami, 1891) Uayld hozirgi ingliz adabiyotidagi o‘ziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qo‘shiqchilik ijodini, P. Beranje she’riyatini yuqori baholagan, O. Balzak, L. N. Tolstoy, I. S. Turgenev va F. M. Dostoevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Uayld pesalari asosida filmlar yaratilgan.
Fyodor Dostoevskiy
Dostoevskiyning butun faoliyatiga beriladigan yakuniy baho uni ilhomlantirgan g‘oyaga, nimalarga ishonganiyu mehr-muhabbat qo‘yganiga qanday munosabatda bo‘lishimizga bog‘liq. “Dostoevskiy avvalo barchada va barcha joyda qaynoq inson qalbini sevgan va barcha Allohga mansub ekaniga ishonch bilan yashadi, har qanday tashqi zo‘ravonlik va har qanday botiniy tanazzul ustidan zafar qozona oladigan insoniyat qalbining beadad kuch-qudratiga imoni komil edi. Turmushning jamiki illatlariyu yovuzliklarini, hayotning jamiki yuki va zulmatlarini ko‘ngliga singdirgan holda bularning barchasini muhabbatning qodir kuchi bilan yengish asnosida Dostoevskiy barcha asarlarida mazkur g‘alabasini kuyladi. Bandalarga xos jamiki ojizliklar orasidan sizib chiqib, ko‘ngilda gulday ochiladigan mazkur ilohiy kuch-quvvatni kashf etish asnosida Dostoevskiy Parvardigori olamni va undan andoza olib yaratilgan insonni anglab yetdi. Tangri va Iso yi Masihning barhaqligi unga botiniy mehr-muhabbat hamda yalpi afvi umumiya vositasida ayon bo‘ldi. Va barchani kechirishdek olijanob kuchni o‘zi tashna bo‘lgan va butun hayoti davomida jon-jahdi bilan intilgan adolat zaminda oshkora tantana qilishining asosi sifatida madh etdi”. Nazarimda, Dostoevskiy oddiy romannavis, salohiyatli va tafakkuri teran adibgina emas. Uning bu ta’riflar doirasiga sig‘maydigan alohida fazilati bor edi va ayni fazilati bilan boshqalardan alohida ajralib turardi, ayni shu fazilat boshqalarga ko‘rsatgan ta’siri negizini tashkil qiladi. Buni isbotlaydigan dalillar bisyor. Alohida e’tiborga molik bitta misol keltiraman. Graf L.N.Tolstoy N.N.Straxovga maktubida shunday yozadi: “Dostoevskiy to‘g‘risidagi mulohazalarimning hammasini to‘lib-toshib gapirgim keladi. Bu borada siz bilan hamfikr ekanimdan xursandman. Men bu insonni hech ko‘rmaganman va bevosita muloqotda bo‘lmaganman; va kutilmaganda vafot etganida menga juda yaqin, azizu muhtaram, zarur siymo bo‘lganini daf’atan his etdim. U bilan musobaqalashish hech qachon xayolimga kelmagan, hech qachon. Uning barcha amallari (e’tiborga molik ishlarining hammasi) shundayki, qancha ko‘p qilgan bo‘lsa, kamina ulardan shuncha ziyoda naf ko‘rganman. San’atga havas bilan qarayman, aql-idrokka ham, lekin qalb zahmatlari – faqat shodlantiradi. Men uni do‘stim deb bilardim va boshqacha xayol qilmaganman. Uning vafoti haqidagi xabarni eshitdim-u, suyangan tog‘imdan ayrilganday bo‘ldim. O‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, keyin esa u men uchun qanchalar qadrli bo‘lganini angladim va ko‘zimga yosh keldi, hozir ham yig‘layapman. Uning vafoti arafasida “Haqoratlanganlar va xo‘rlanganlar” asarini o‘qidim va ko‘nglim yumshab, yengil tortdim. Boshqa, oldinroq yozilgan maktubda esa shunday e’tirof bor: “Kuni kecha “O‘lik uydan maktublar”ni o‘qidim. Ko‘p jihatlari xotiramdan ko‘tarilgan ekan, qayta o‘qidim va butun yangi adabiyotimizda, Pushkinni qo‘shib hisoblaganda ham, undan yaxshi kitob yo‘q. Asarning uslubi emas, balki adibning samimiy, tabiiy va nasroniylarga xos nuqtai nazari hayratlantiradi. Juda yaxshi, nasihatomuz asar. Kecha kun bo‘yi shu asar baxsh etgan sururdan mast bo‘lib yurdim, anchadan buyon bunday zavqlanmagan edim. Basharti Dostoevskiyni uchratsangiz, unga ixlosim baland ekanini ayting”.
Graf Tolstoy e’tirof etgan samimiy fazilatlar va nuqtai nazar Dostoevskiyning butun hayoti mobaynida hukmronlik qilgan g‘oya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, hayotining so‘nggi yillarida butun qalbini unga baxshida etdi.
Insoniyatning ibtidoiy davrida shoirlar nekbin nabiylar va kohin bo‘lgan, diniy g‘oya she’riyat o‘zagini tashkil qilgan, san’at Tangrilar xizmatida bo‘lgan. Keyin, hayot murakkablashib, sivilizatsiya-tamaddud yuzaga kelgan, bu mehnat, san’at o‘zaro ajralishiga olib kelgan, insoniy faoliyatning boshqa turlari ham yolg‘izlanib, dindan ajralgan. Agar ilgari san’atkorlar Tangrilar xizmatchi-xizmatkori bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytga kelib, san’atning o‘zi tangrimonand tusga kirib, ma’budaga aylangan. Sof san’at fidoyilari maydonga kelgan, har qanday diniy mazmun-mohiyatdan xoli yuksak badiiy shakl ular uchun alohida muhim vazifaga aylangan. Mazkur erkin san’atning ketma-ket ikki to‘lqini (klassik-antik dunyoda va yangi Yevropada) juda ohanjamali bo‘lgani barobarida barqaror tusga ega emas edi. Yangi Yevropa badiiyatining gullab-yashnashi ko‘z o‘ngimizda zavolga yuz tutdi. Gullar to‘kilyapti, shonalar meva tugayotir. Shonadan pishgan meva talab qilish adolatdan emas: faqat kelgusi natijalarni taxmin qilsa bo‘ladi. San’at va adabiyotning hozirgi holatiga ayni nuqtai nazardan yondoshish zarur.
Zamonamiz qalamkashlari sof go‘zallikka xizmat qila olmaydilar va buni xohlamaydilar, barkamol shakllar bilan qiziqmaydilar: ular mazmun-mohiyat talabgori. Lekin avvalgi, diniy san’at mohiyatiga begona bo‘lganlari holda ular kundalik turmush tashvishlariga boshlari bilan sho‘ng‘ib, voqelikka nisbatan ikki karra mute holatga tushib qolyaptilar: ular, birinchidan, mazkur voqelik hodisalarini qullarga xos itoatkorlik bilan yozishga, yuzaki bayon qilishga intiladilar, ikkinchidan esa, ayni shunday qullarcha itoatkorlik bilan kundalik turmush talablariga xizmat qilishga, ayni kun ijtimoiy kayfiyatini qondirishga, mavjud axloqiy aqidalarni vasf etishga intilyaptilar, shu asnoda san’atdan naf ko‘rishni mo‘ljallayaptilar. Bu maqsadlarning na unisi va na bunisini qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Xayoliy soxta voqeliklar[3] tafsilotlari ortidan samarasiz-behuda yelib-yugurish oqibatida chinakam real-hayotiy yaxlitlik faqat boy beriladi, tashqi-yuzaki bilimdonlik va foydalilikni uning botiniy go‘zalligiga putur yetkazgan holda san’at bilan birlashtirishga zo‘r berish esa san’atni o‘ta yaroqsiz va foydasiz allanarsaga aylantiradi, zotan ma’lumki, yomon badiiy asar juda yaxshi tamoyillar asosida yaratilganidan qat’i nazar hech narsa o‘rgatmaydi va hech qanday naf ham keltirmaydi. Zamonaviy san’at holatini va uning hukmron yo‘nalishini, shubhasiz, qoralash juda oson. Ijodkorlikning yalpi tanazzuli va go‘zallik g‘oyasiga ayrim ruju qo‘yishlar haddan tashqari yaqqol ko‘zga tashlanayotir, biroq bularning barchasini so‘zsiz qoralash ham adolatdan emas. Mazkur qo‘pol-dag‘al va qotib qolgan zamonaviy san’atkorlik – badiiy ijodda, mazkur ikki qatlamli qullar negizida, qobig‘i ostida ilohiy ulug‘vorlik kafolati yashiringan. Zamonaviy real hayot va san’atdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri naf ko‘rishga oid talablar, ayni kundagi qo‘pol va johilona tusda bo‘lgani uchun bema’ni, biroq shu darajada yuksak va teran chinakam san’at g‘oyasiga sha’ma qiladiki, unga na sof san’at namoyandalari, na uni talqin qiluvchilar ko‘tarila olgan. Zamonaviy ijodkorlar shakliy go‘zallik bilan kifoyalanmay san’at butun insoniyat hayotiga ziyo baxsh etuvchi va qaytadan yaratuvchi real-hayotiy-kuch bo‘lishini u yoki bu darajada ongli idrok qiladilar. Avvalgi san’at dunyoda hukmron jaholat va shafqatsizlikdan insonni chalg‘itardi, odamlarni osuda yuksakliklariga olib chiqar va yorqin siymolari bilan ko‘nglini yayratardi; bugungi san’at, aksincha, turmushdagi jaholat va shafqatsizlikka inson e’tiborini jalb qiladi, lekin mazkur jaholat zulmatni yoritish va shafqatsizlikni jilovlash masalasida ba’zan qat’iyatlilik ko‘rsatmaydi. San’at yog‘du sochadigan va qaytadan yaratadigan kuch-qudratni qaerdan oladi? San’at jaholatga botgan turmush tarzida insonni chalg‘itish bilan chegaralanmasdan, mazkur qayg‘uli holatni yaxshilashi zarur bo‘lsa, u holda mazkur buyuk maqsadga voqelikni shunchaki qayd etish bilan erishib bo‘lmaydi. Tasvirlash degani qaytadan o‘zgartirish degani emas, fosh etgan bilan jamiki kamchiliklar barham topmaydi. Sof san’at insonni zamindan yuksaltirdi, Olimpiya cho‘qqilariga olib chiqdi; yangi san’at zaminga muhabbat va hamdardlik bilan qaytayotir, lekin zaminiy turmush jaholatiga va shafqatsizligiga cho‘mish uchun emas, zotan buning uchun san’atning hech bir hojati yo‘q, aksincha, mazkur xastalangan turmush tarzini davolash va yangilash maqsadida qaytayotir. Buning uchun zaminga yaqinlashish, daxldor bo‘lish, unga mehr-muhabbat va hamdardlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, lekin bundan ham ziyoda nimadir talab qilinadi. Zaminni haq-haqiqat yo‘liga solish va qaytadan yaratish bilan bog‘liq juda katta kuch-g‘ayrat talab qiladigan ish uchun nozaminiy kuchlarni yerga jalb qilish va safarbar etish lozim. San’at dindan ajralib, mustaqil bo‘lishi asnosida ayni bevosita din bilan yangi erkin bitishuv tuzishi kerak. San’atkorlar va shoirlar yana kohinlaru payg‘ambarmonand siymolarga, lekin endilikda boshqacha, birmuncha yuksak va muhim ma’noda zoti kabirlarga aylanishlari kerak: diniy g‘oya ularning ixtiyoridagi vositaga aylanishi barobarida o‘zlari ham bu g‘oyalardan oqilona foydalanishlari va zaminda qaror topishi yo‘lida ongli faoliyat yuritishlari lozim. Kelajak san’ati, uzoq davom etgan sinovlardan keyin ongli ravishda dinga qaytib, din bilan chambarchas bog‘liq ibtidoiy san’atga nisbatan boshqacha san’atga aylanadi.
Zamonaviy san’atning dinga qarshi (zohiran) xususiyatidan qat’i nazar sinchiklab nazar tashlasak, unda kelajakdagi diniy san’atning bilinar-bilinmas nishonalarini ilg‘aymiz. Realistik badiiy ijod o‘z vazifasi – missiyasining diniy xususiyatini anglamasdan dunyoga axloqiy ta’sir ko‘rsata olishining yagona mustahkam poydevori va qudratli omilidan voz kechayotir. Lekin zamonaviy adabiyotning dag‘al realizmi yolg‘iz beo‘xshov niqob bo‘lib, uning ostida o‘z fursatini kutgan holda kelajakning olmos qanot she’riyati yotibdi. Bu shaxsiy o‘y-niyat emas, balki ijobiy dalillar aynan shundan dalolat beradi. Hozirning o‘zida shunday ijodkorlar paydo bo‘layotirki, ular hukmron realizm tamoyillaridan kelib chiqib, muayyan ma’noda uning tuban negiziga tayanib, ayni paytda diniy haqiqatlar sarhadiga yetib borayotir, u bilan o‘z asarlarining vazifasini bog‘layotir, undan ijtimoiy ideali uchun kuch-quvvat olayotir, jamiyatga xizmat qilish bilan bog‘liq o‘y-niyatlarini uning ziyosi bilan yoritayotir. Bunday diniy san’atning vakillari hozircha yo‘q, lekin elchilari bor. Ana shunday elchilardan biri – Dostoevskiy.
Faoliyat turiga ko‘ra romannavis ijodkorlar sirasiga kirgani holda va ayrim u yoki bu masalada ulardan orqada qolgani holda Dostoevskiy ularning barchasiga nisbatan shunday ustunlikka egaki, nainki yon-atrofida kechayotgan voqea-hodisalarga, balki kelajakka payg‘ambarona nekbinlik bilan nazar tashlaydi. Dostoevskiyning badiiy olami tamomila qarama-qarshi xususiyatga ega. Uning asarlarida hamma narsa qaynab-toshadi, hammasi mavhum, elas-elas oydinlashayapti, xolos. Jamiyatning maishiy turmushi emas, balki ijtimoiy harakat Dostoevskiy romanlarining mavzui hisoblanadi. Barcha benazir rus romannavislaridan faqat Dostoevskiy ijtimoiy harakatni o‘z ijodining bosh mavzuiga aylantirgan. Bu borada Turgenevni u bilan qiyoslash odat tusini olgan, lekin buning uchun yetarli asos yo‘q. Adibning umumiy ahamiyatiga ta’rif berish uchun muvaffaqiyatsiz asarlariga emas, balki eng saralariga murojaat qilish zarur. Turgenevning sara asarlari esa asosan “Ovchining maktublari” va “Dvoryanlar uyasi” bo‘lib, bu asarlarda ijtimoiy harakatning betakror manzaralari emas, balki ayni o‘sha ko‘hna dvoryanlar olamining ijtimoiy holati aks etgan. Goncharov va L.Tolstoy asarlarida ham shunday manzaraga duch kelamiz. Turgenev keyinchalik jamiyatimizdagi ijtimoiy harakatni muntazam kuzatdi va uning ta’siriga qisman berildi, lekin bu harakatning mazmun-mohiyatini anglay olmadi, shu mavzuga maxsus bag‘ishlangan romani (“Nov”) esa tamomila bema’ni asar bo‘ldi. Yon-atrofida hukmronlik qilayotgan intilishlarga Dostoevskiy bo‘ysunmadi, ijtimoiy harakatning to‘lqinlari ortidan itoatkorlik bilan ergashmadi – u mazkur harakat burilishlarini oldindan ko‘ra bildi va ularni xuddi shunday oldindan qoraladi. U qoralash huquqiga haqiqatdan ham ega edi, chunki o‘z e’tiqodi doirasida mulohaza yuritish mezoniga ega bo‘lib, ayni shu bois hukmron oqimlardan yuksaldi va mazkur oqimlardan ancha nariroqqa ham nazar tashlab, ular bilan andarmon bo‘lib qolmadi. Dostoevskiy o‘z e’tiqodi sharofati bilan butun harakatning oliy, olis maqsadini oldindan payqadi, uning ana shu maqsad yo‘lidagi og‘ishlarini ro‘y-rost ko‘rdi, shu bois ularga nisbatan haqgo‘y mulohaza yuritib, adolatli qoraladi. Bu adolatli qoralov hukmi zarur va orzu qilingan ijtimoiy harakatning bevosita o‘zini emas, balki faqat noto‘g‘ri yo‘llariga va bema’ni usullariga tegishli edi; bu qoralov ijtimoiy idealni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi intilishlarni emas, balki ijtimoiy adolatning tubanlarcha anglanishiga, soxta ijtimoiy idealga qaratilgan edi. Ijtimoiy idealni ro‘yobga chiqarish Dostoevskiy uchun ham birlamchi ahamiyatga molik bo‘ldi: u nafaqat o‘tmishdagi, shuningdek, kelajakdagi Parvardigori olam-Tangri Saltanatiga ham ishondi va uni qaror toptirish uchun mehnat va jasorat zarurligini tushundi. Harakatning haqiqiy murodu maqsadini kimki bilsa, u mazkur maqsad yo‘lidagi og‘ishlarni qoralay oladi va shunday qilishi zarur. Dostoevskiy esa bunday huquqqa shuning uchun ham ega ediki, uning o‘zi avval-boshda shunday og‘ishlarni boshdan kechirgan, noto‘g‘ri yo‘ldan borgan edi. Dostoevskiyni ijtimoiy tafakkurning hukmron oqimlari uzra yuksaltirgan ijobiy diniy ideal unga osonlik bilan nasib etmagan, aksincha mashaqqatli va uzoq davom etgan kurash natijasida qo‘lga kiritilgan. U o‘zi bilgan a’mollarni qoraladi va shu bois bu adolatli qoralov bo‘ldi. Oliy haqiqat unga oydinlashgani sayin u shunga mos ravishda ijtimoiy harakatning soxta yo‘llarini yana ham qat’iyat bilan qoralashi zarur edi. Dostoevskiy butun faoliyatining umumiy mazmun-mohiyati yoxud Dostoevskiyning jamoat arbobi sifatidagi ahamiyati mazkur ikkiyoqlama: jamiyatning oliy ideali to‘g‘risidagi va unga erishishning hozirgi yo‘li to‘g‘risidagi masalani hal qilishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy harakatning qonuniy sababi shaxsning axloqiy talablari bilan mavjud ijtimoiy tuzum o‘rtasidagi ziddiyatga borib taqaladi. Dostoevskiy tasvirlovchi, izohlovchi-tahlil qiluvchi va shu bilan birga yangi ijtimoiy harakatning faol ishtirokchisi sifatidagi faoliyatini ayni shu nuqtai nazardan boshlagan. Ijtimoiy adolatsizlikni ham teran his qilish hatto juda beozor shaklda bo‘lsa-da, uning dastlabki “G‘arib bandalar” qissasida aks etgan. Mazkur qissaning (shu jumlaga keyinchalik yozilgan “Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar” romani ham kiradi) ijtimoiy mazmuni azaliy va hamisha yangi – dolzarb fikrdan iborat bo‘lib, mavjud ijtimoiy tuzumda yaxshi (axloqan) odamlar jamiyat tomonidan yomon kimsalar sifatida qoralanadi, shu bois g‘arib bandalar haqoratlanish va xo‘rlanishga mahkum. Basharti ijtimoiy adolatsizlik Dostoevskiy uchun qissa yoki roman mavzui bo‘lishi bilan cheklanganda, uning o‘zi ham faqat adabiyotchi bo‘lib qolar va rus jamiyati hayotidagi alohida maqomiga yuksala olmagan bo‘lardi. Biroq Dostoevskiy uchun qissaning mavzui ayni paytda hayotiy vazifa ham bo‘ldi. U masalaga axloqiy va amaliy negizdan nazar tashladi. Dunyoda sodir bo‘layotgan hodisotlarni guvohi bo‘lishi va qoralashi asnosida nima qilish kerak, degan savolni o‘z oldiga ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Dastlab oddiy va aniq yechim ko‘zga tashlanadi: o‘zgalar va o‘z hayotlari misolida ijtimoiy adolatsizlikni ko‘rgan va his qilgan ezgu niyatli kishilar birlashishlari, unga qarshi chiqishlari va jamiyatni o‘z xohishlariga ko‘ra qayta izga solishlari zarur. Dastlabki o‘ta soddalarcha urinish Dostoevskiyni dor ostiga keltirgach, keyinchalik esa badarg‘aga giriftor qilgach, safdoshlari kabi u ham dastlab niyat-o‘ylarining mana shunday achinarli holatga duchor bo‘lganini faqat o‘zlarining mag‘lubiyati va zulm oqibati sifatida talqin qildilar. Unga nisbatan beshafqat hukm chiqarildi. Biroq ranju alam Dostoevskiyga ijtimoiy to‘ntarish qilishga oid mulohazalari noto‘g‘ri ekanini, bu faqat u bilan safdoshlariga zarur bo‘lganini tushunishga monelik qilmadi. O‘lik uy dahshatlari orasida Dostoevskiy birinchi marta ongli ravishda haqqoniy xalq kechinmalari bilan yuzma-yuz bo‘ldi va uning yog‘dusida inqilobiy intilishlari noto‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rdi. Dostoevskiyning surgundagi do‘stlari aksariyat oddiy xalq vakillari bo‘lib, ayrim benazir shaxslarni hisobga olmaganda, ularning barchasi xalqning yaroqsiz toifalariga mansub edi. Biroq oddiy xalqning yaroqsiz toifalari ham hatto eng yaxshi ziyolilar boy beradigan xislatni: Allohga ishonish va gunohkor ekanini ongli idrok etish fazilatini saqlab qoladilar. Oddiy jinoyatchilar bema’ni qilmishlari bilan ommadan ajralib qolganiga qaramay his-tuyg‘ulari va qarashlariga, diniy dunyoqarashiga ko‘ra xalqdan farq qilmaydi. O‘lik uyda Dostoevskiy rosmana “g‘arib” (xalqona aytganda, baxtsiz, tolesiz) bandalarni topdi. U ortida, ozodlikda qoldirib kelgan zoti shariflar ijtimoiy adolatsizliklardan or qilgan holda najot topar, shaxsiy ustunlik hissiyoti ularga taskin-tasalli berardi. Surgundagi mahbuslar bunday taskin-tasalliga ega emas edilar, lekin undan ham ortiq allanarsa ularni hayot bilan bog‘lar edi. Namunali ziyolilar nimaniki tortib olgan bo‘lsa, o‘lik uyning betayin bandalari Dostoevskiyga barchasini qaytarib berdi. Agar ma’rifat namoyandalari orasida diniy tuyg‘u qoldig‘i uni peshqadam ijodkorning shakkokligidan qizarishga majbur qilgan bo‘lsa, o‘lik uyda mazkur tuyg‘u taqdirga tan bergan surgundagilarning xudojo‘yligi-taqvodorligi ta’siri ostida qayta qad rostladi va yangilandi. Cherkov unutgan, davlat esa jabr-zulm ila ezgan bu g‘arib bandalar hamon cherkovga ishonar va davlatni ham inkor etmasdilar. Surgundagilarning beboshliklari va vahshiyliklari ichra kechgan o‘ta og‘ir lahzalarda Dostoevskiyning xotirasida qo‘rqib ketgan boyvachchaga mehribonlik bilan dalda bergan dehqon Mareyning ulug‘vor va xokisor siymosi qad rostlaydi. Va u mana shu Parvardigori olamga mansub ilohiy haqiqat qarshisida har qanday yasama “haqiqat” soxtaligini, mazkur soxtalikni boshqalarga singdirishga urinish esa jinoyat ekanini teran angladi. Omadsiz inqilobchining achchiq pushaymoni o‘rniga Dostoevskiy axloqan qayta dunyoga kelgan insonning yorqin kechinmalari bilan surgundan qaytdi. “Ko‘proq ishonish kerak, saflarimiz yana ham jipsroq bo‘lishi zarur, bunga mehr-muhabbatni ham esh qilsak, barcha o‘y-niyatlarimizga yetamiz”, – deb yozgandi u. Xalqning o‘y-niyatlari, kechinmalari bilan hamrohlik, hamdardlik natijasida yangilangan mazkur axloqiy-ma’naviy kuch-quvvat Dostoevskiyni dolzarb davr vazifalarining xizmatkori emas, balki ijtimoiy tafakkurning chinakam harakatlantiruvchi kuchi sifatida ijtimoiy harakatimiz oldingi safida yurishdek yuksak martabaga musharraf etdi. Sibirdan qaytib kelganida ijobiy ijtimoiy ideal Dostoevskiyga to‘laligicha ayon emas edi. Biroq mazkur ish bilan bog‘liq uch haqiqat unga kunday ravshan edi: u avvalo, ayrim kishilar, hatto jamiyatning eng peshqadam shaxslari ham shaxsiy ustunliklari evaziga jamiyatga zo‘ravonlik qilish huquqiga ega emasligini tushundi; u, shuningdek, ijtimoiy adolat – haqiqat ayrim tafakkur sohiblari tomonidan yaratilmasligini, balki umumxalq fikr-mulohazasiga tayanishini angladi va nihoyat, mazkur adolat diniy ahamiyatga –tusga ega ekanini va Isoyi Masihga e’tiqod bilan, Isoyi Masih ideali bilan bog‘langan bo‘lishi zarurligini teran idrok qildi. Mazkur haqiqatlarni anglash borasida Dostoevskiy o‘z davrida hukmron ijtimoiy tafakkur yo‘nalishidan ancha ilgarilab ketdi va shu tufayli mazkur yo‘nalish qay tomonga boshlashini oldindan ko‘rdi va ko‘rsatib berdi. Ma’lumki, “Jinoyat va jazo” romani bevosita Danilov va Karakozovlarning sudi arafasida yozilgan, “Jinlar” romani esa nechaevlar sud jarayoni oldidan yaratilgan. Dastlabki roman mazmuni tafsilotlar g‘oyat teran bo‘lgani holda, garchi uni ko‘pchilik tushunmagan bo‘lsa ham, juda sodda va ravshan. Asarning bosh qahramoni – shunday nuqtai nazar vakiliki, unga ko‘ra istalgan kuchli shaxs o‘ziga o‘zi xo‘jayin va ko‘ngliga kelgan ishni qilishi mumkin. Shaxsiy ustunligi bois, kuch-qudrat sohibi bo‘lgani tufayli o‘zini qotillik qilishga haqli deb hisoblaydi va qiladi ham. Biroq u tashqi bema’ni-noto‘g‘ri qonunlarning shunchaki buzilishi va ijtimoiy aqidalarga nisbatan mardona qarshi chiqish deb hisoblagan ish kutilmaganda o‘z vijdoni uchun allaqanday vahimali tus oladi, gunohga aylanadi, botiniy, axloqiy haqiqatning qo‘pol buzilishiga olib keladi. Tashqi qonun-qoidalarning buzilishi qonuniy ravishda zohiran surgun ko‘rinishida qasosga duchor bo‘ladi, lekin kuchli shaxsni insoniyatdan ajratib qo‘ygan va qotillik qilishga majbur etgan botiniy takabburlik gunohini, mazkur botiniy manmanlik gunohini faqat bema’ni o‘y-xayollardan botiniy voz kechish vositasida yuvish mumkin. Cheksiz o‘zboshimchalik insonga nisbatan ulug‘vor siymo qarshisida barham topishi, gunohni o‘zboshimchalik bilan oqlash esa ilohiy Tangri adolati qarshisida jilovlanishi zarur. Chunki kuchli shaxs jirkanch hashoratlar sifatida nazarga ilmagan sodda va zaif kimsalar siymosida ham Parvardigori olam mujassam. “Jinlar” romanida ayni mavzu chuqurlashtirilmagan bo‘lsa-da, ancha kengaytirilgan va murakkablashtirilgan. Dunyoni o‘zlari xohlagancha o‘zgartirish maqsadida zo‘ravonlik bilan davlat to‘ntarishi qilish muddaosiga berilgan kishilar to‘dasi vahshiyona jinoyatlar sodir etadilar va sharmandalarcha nobud bo‘ladilar, e’tiqod tufayli najot topgan Rossiya esa o‘z Xaloskori qarshisida ta’zim qiladi. Bu romanlar juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega; ularda muhim ijtimoiy hodisalar bashorat qilingan, bu voqealar tez orada sodir bo‘ldi; ayni paytda mazkur hodisotlar oliy diniy haqiqat-adolat nuqtai nazaridan qoralangan va ayni haqiqatga amal qilish borasida ijtimoiy harakat uchun maqbul yo‘nalish ko‘rsatilgan.
Faqat jinoyatchilikni urchitadigan o‘zboshimcha soxta-chalg‘igan haqiqat-adolatni tiqishtirishni qoralash asnosida Dostoevskiy Isoyi Masih e’tiqodiga asoslangan xalqona diniy idealni unga qarshi qo‘yadi. Mazkur e’tiqodga qaytish Raskolnikov uchun ham va jamiki jinlar yo‘ldan ozdirgan jamiyat uchun ham mushtarak yo‘nalish xususiyatiga ega. Xalq orasida barqaror Isoyi Masih e’tiqodi shunday ijobiy ijtimoiy idealni o‘zida jam etganki, unga ko‘ra alohida shaxs jamiki omma bilan bir tanu jon hisoblanadi. Mazkur yakdillikni boy bergan shaxsdan esa avvalo takabburona yolg‘izlikdan voz kechib, axloqan pokiza yo‘lga kirgan holda butun xalq bilan ruhiy-ma’naviy jihatdan bir jonu bir tan bo‘lish talab qilinadi. Bundan qanday maqsad ko‘zlangan? Faqat xalq bo‘lganiyu bitta kimsa yoki ming kishiga nisbatan oltmish million talay darajada ko‘p bo‘lgani uchunmi? Aynan shunday mulohaza yuritadigan kimsalar bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq Dostoevskiy bu qadar sodda tushunmagan. Yakkalangan shaxsdan xalq bag‘riga qaytishni talab qilar ekan, u avvalo, xalq qalbida mudom barhayot chinakam e’tiqodga qaytishni nazarda tutgan. Dostoevskiy ishongan ijtimoiy birodarlik ideali yoki yalpi birdamlikda milliy emas, balki diniy-axloqiy ahamiyat asosiy jihat hisoblangan. “Jinlar” romanidayoq faqat xalq bo‘lgani uchun xalq qarshisida ta’zim qiladigan va rus millatiga xos bo‘lgani uchungina pravoslav dinini qadrlaydigan kimsalar masxara qilinadi. Dostoevskiy nazarda tutgan ijtimoiy idealga bitta so‘z bilan ta’rif beradigan bo‘lsak, bu so‘z xalq emas, balki cherkov bo‘ladi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish