Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet38/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Birinchi davr: 1796-1813 yillar dastlabki poemalar yaratilgan davr.
Ikkinchi davr: 1814-1818 yillar bo‘lib, bu yillarda Skott Shotlandiya tarixidan olib yozgan ajoyib romanlarini «Ueverli», «Gay Mannering», «Antikvariy», «Puritanlar», «Rob Roy», «Edinburg zindoni» yaratadi.
Uchinchi davr: 1819-1832 yillarni qamraydi. Bu davrda yozuvchi Angliya, Fransiya hamda Shotlandiya tarixiga, boshqa davlatlarning uzoq o‘tmishiga murojaat qilib, «Ayvengo», «Kenilvord», «Kventin Dorvard», «Gudstok», «Pert go‘zali» kabi romanlarini yozadi.
«Ueverli» XVIII asr tarixidan olingan. Shotlandiyaning klanlari XVII asrdagi ingliz burjua inqilobi tufayli yuz bergan tartiblarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. »Puritanlar» (1816 y.) romanida Skott shotlandiyalik tog‘li dehqonlarning styuartlar dinastiyasiga qarshi qo‘zg‘oloni ko‘rsatiladi. Bu asarda xalq ommasining qirollik zulmiga qarshi norozilik harakatini aks ettiradi. V. Skott Shotlandiya tarixiga oid barcha asarlarida o‘sha xalq hayotini, urf-odatlarini,kiyim-kechaklarini hayron qolarli darajada ustalik bilan tasvirlab beradi.
V.Skott ijodining uchinchi davrida yozgan asarlarining tarixiy doirasini yanada kengaytiradi. Bu davrda yozuvchi XII asr Angliya hayotiga oid «Ayvengo», XV asr Fransiya tarixiga oid «Kventin Dorvard», salb yurishlar tarixiga oid «Tilsimot» kabi xilma-xil romanlarini yozadi. V.Skott 20-yillarda bir qancha tarixiy, tarixiy adabiy mavzuda asarlar yaratdi. «Napoleon Bonapart hayoti» (1827), «Shotlandiya tarixi» (1830), «Romannavislar hayotining tasviri» (1824), Drayden va Svift (1826) haqidagi kitoblarini yozadi.
Valter Skott umrining so‘nggi yillarida juda ko‘p ishladi. Bu esa uning sog‘lig‘ini izdan chiqardi. Vrachlarning maslahati bilan Skott janubga davolanishga boradi. Ammo sog‘lig‘i yaxshilanmasdan, 1832 yili Shotlandiyaga qaytib kelgach, vafot etadi.
Uning asarlari o‘z mohiyati e’tibori bilan romantizm doirasidan chiqib, tanqidiy realizmga yo‘l ochib berdi. Uning bu xususiyatini Onore de Balzak, Prosper Merime, A.S.Pushkin, Viktor Gyugo singari san’atkorlar o‘z vaqtida payqadilar. V.G.Belinskiy Valter Skottni «san’at dargohidagi Kolumb» deb atadi.
Valter Skottning tarixiy romanlari Yevropa va Amerika adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Uning ayrim hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Fransiyada romantizmning qaror topishiga asosiy sabab XVIII asr oxirida sodir bo‘lgan birinchi fransuz burjua revolyusiyasidir. Bu revolyusiya Yevropaning bir qancha mamlakatlarida juda murakkab g‘oyaviy kurashni yuzaga keltirdi.
Viktor Gyugo Fransiyaning zo‘r iste’dodli shoiri, dramaturgi, romannavisi.U ijodining takomili davomida fransuz taraqqiyparvar romantizmining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan yirik san’atkordir. Viktor Gyugo 1802 yili Bezanson shahrida ofitser oilasida tug‘ildi. V. Gyugo yoshligidan boshlab Fransuz ma’rifatparvar yozuvchilari va faylasuflari Volter, Russo asalari ta’sirida bo‘ladi. Yigirma yoshida Gyugo «Qasidalar» nomli birinchi she’riy to‘plamini nashr qildiradi. U o‘z asarlarida fransuz tilining boyliklaridan unumli foydalandi, fransuz she’r tuzilishini yangi vaznlar, xilma-xil qofiya, milliy kolorit, keng xalq lug‘ati bilan boyitdi. Gyugo 1829-1830 yillarda «Marion Delorm» va «Ernani» dramalarini yaratdi.
«Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romani «O‘limga hukm qilingan kishining oxirgi kuni» «Klod Gyo» qissalarida ijtimoiy mavzuga murojaat qilib, qayta tiklash davrining qonxo‘rligini fosh etdi.
«Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romani mavzuini Gyugo XV asr fransiya tarixidan oldi. Inson tarixida dinning mash’um rolini bo‘rtirib ko‘rsatish maqsadida diniy bo‘yoqlarni quyuqlashtirib chizish uchun XV asr Parij hayoti yozuvchiga juda keng ijodiy imkon beradi. Gyugo romanni yozishdan avval Parijning mashhur ibodatxonasini bir necha bor aylanib chiqqan, uning arxitekturasi, gotik naqshlar bilan tanishgan. Yozuvchi ibodatxonani aylanib yurib, ustunlardan biriga, o‘yib yozilgan yunoncha «Ananke» so‘zini o‘qiydi. Yozuvchi bu so‘zning ma’nosini kengaytirib, unga uch xil mazmun beradi. Ya’ni: din anankesi, jamiyat qonunlari anankesi hamda tabiat ofatlari anankesi. V.Gyugoning fikricha, inson o‘z hayoti davomida o‘sha uch xil ananke, uch xil dogma, uch xil yovuzlik bilan kurash olib boradi.
Yozuvchi insonning dinga qarshi olib borgan kurashini tasvirlash uchun «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romanini, shaxsning jamiyatning adolatsiz qonunlariga qarshi kurashini tasvirlash uchun «Xo‘rlanganlar» romanini, nihoyat, insonning tabiat ofatlariga qarshi kurashini ko‘rsatish uchun «Dengiz zahmatkashlari» nomli romanini yozadi.
XIX asrning 30-40 yillari Fransiyada keskin kurashlar davri bo‘ldi. Bu davrga kelib juda ham og‘irlashib ketgan mehnatkash xalq ahvoli birqancha yozuvchilarning diqqatini o‘ziga tortdi. Bular orasda Jorj Sand (1804-1876 y.) o‘zining ijtimoiy mavzudagi asarlari «Sayyoh shogirdlar», «Oras», «Janob Antuanning gunohi» bu romanlarida xalq hayotini, ijtimoiy masalalarni talqin qiladi. Jorj Sand ko‘p sonli romanlarida demokratik mavqeyini saqlab qoladi. Asl ismi Avrora Dyudevan, ammo adabiyotda Jorj Sand taxallusi bilan mashhur bo‘lgan bu ayol 1804 yilda Parijda tug‘ilgan.
Jorj Sand ijodini xarakteriga ko‘ra uch davrga bo‘lib o‘rganamiz.
Birinchi davri: «Indiana»(1831 y.), «Valentina» (1832 y.), «Leliya» (1833 y.), «Jak»(1834 y.) sigari asarlarida yakka- yolg‘iz romantik qahramonlar hayotini hikoya qilib beradi. Yozuvchi bu davrdagi romanlarida ayollar ozodligi masalasini ko‘tarib chiqdi, oilada davom etib kelayotgan, ayollarning insoniy yetukligini oyoq osti qiladigan tartiblarga, erkaklarning zulmiga qarshi kurash ochadi.
Ikkinchi davri 40- yillarda boshlanadi. Bu davr 1848 yil buyuk fransuz burjua inqilobi arafasi bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida, jumladan, Fransiyada siyosiy kurash ko‘tarinkiligi hukm surar edi. Jorj Sandning ijtimoiy mavzudagi «Sayyoh shogird» (1840 y.), «Oras» (1841 y.), «Konsuelo» (1842-1843 y.), «Anjibolik tegirmonchi» (1845 y.) hamda «Janob Antuanning kufr ishlari» (1847 y.) kabi asarlari ana shu inqilob davri ta’sirida yaratilgan.
Uchinchi davri: Siyosat maydonidan uzoqlashgan Jorj Sandning asarlarida ijtimoiy-siyosiy mavzu ko‘rinmay qoldi. Adibaning bundan keyingi ijodi mavzulari qishloq hayotiga oid dehqonlar hayotidan olingan. «Kichkina Fadetta» (1848 y.), «Topildiq-Fransua» (1848 y.) qissalari, «Qo‘ng‘iroqchilar» (1853y.) romani xarakterlidir. Yozuvchi umrining so‘nggi yillarida xalq og‘zaki ijodidan foydalanib, «Momo ertaklari» (1873 y.) nomli to‘plamini nashr qildiradi.
Yozuvchi o‘zininig birinchi romani Indianada o‘z huquqi, erki, sevgisi uchun bosh ko‘targan isyonkor ayol hayotini hikoya qiladi. Asar qahramoni Indiana romantik siymo. «Valentina» romani ham ayollar taqdiri haqida bahs yuritadi.
Amerika adabiyotidagi romantizm 1775-1783 yillarda Qo‘shma Shtatlarda yuz bergan inqilob tufayli maydonga keladi. Yevropa mamlakatlari adabiyotiga ta’sir ko‘rsatgani kabi fransuz burjua inqilobi (1789-1794 y.) AQSh adabiyotida romantizm yo‘nalishining kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan yirik romantik yozuvchi Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851 yillar.) AQSh adabiyotida ko‘zga ko‘ringan romannavislardan biridir. Sarguzasht romanlar ustasi, romantizm namoyandasi F.Kuper 1789 yili Nyu-York shtatida yirik yer egasi bo‘lgan sudya oilasida tug‘iladi.
«Amerikaning Valter Sotti» deb nom olgan Kuper Qo‘shma Shtatlar adabiyotida tarixiy roman janriga asos soladi. F.Kuper ijodi o‘ziga xos xususiyatlari, xususan demokratizm, insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini aks ettirishi bilan diqqatga sazovor. Kuper ijodini xarakteriga ko‘ra uch davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davri-1821-1826 yillar. Bu davrda adib Amerika inqilobi ideallariga ishonadi, mamlakat burjua demokratiyasiga umid bog‘lab, vatanning o‘tmishiga yangi tartiblarni qarama-qarishi qo‘yadi. «Josus»(1821 y.), «Losman» (1823 y.), «Pionerlar» (1823 y.), «Boston qamali» (1825 y.), «So‘nggi Mogikan» (1826 y.) kabi romanlarida adib Amerika hayotidagi adolatsizliklarni indees qabilalarining vahshiylarcha qirib tashlanayotganini qoralaydi. Bu romanlarning qahramonlari vatanparvarlik, ozodlik ideallarini o‘zlarida mujassamlashtiradilar. Ular yozuvchiga shon-shuhrat keltiradilar.
Ikkinchi davri-1826-1833 yillar. Bu davr Kuper ijodining Yevropaga sayohat qilgan pallasiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda yozuvchi «Mard» (1831 y.), «Geydenmauer» (1832 y.), «Jallod» (1833 y.) kabi romanlarini yaratadi. Mazkur asarlar Yevropa msamlakatlari tarixiga bag‘ishlangan. Yuqoridagi romanlarida muallif Yevropadagi manarxiya tuzumiga AQSh dagi respublikachilik tartiblarini qarama-qarshi qilib qo‘yadi.
Uchinchi davr-1833-1851 yillar. Bu yillarda Kuper ijodida siljish yuz beradi. Yozuvchining AQSh hayotiga, maqtalgan Amerika demokratiyasiga munosabatlari salbiy tus oladi. Boylik ketidan quvish avj olib, demokratik tushunchalar oyoq osti qilinayotganini ko‘rgan adibning bu davrda yaratgan asarlari orasida eng e’tiborlisi «Monikenlar»(1835 y.) da AQSh burjua tuzumi keskin hajv ostiga olinadi.
Yozuvchining «Izquvar» (1840 y.), «Ovchi» (1841 y.) kabi romanlari uning indees qabilalari hayotini aks ettiruvchi, mashhur Charm Paypoq haqidagi romanlari sirasiga kiradi. Bu silsilaga kiruvchi romanlar yozuvchi ijodining ilk pallalarida ham yaratilgan edi. Masalan: Pionerlar, So‘nggi Mogikan, Preriya. Charm Paypoq to‘g‘risidagi beshta romanning umumiy qahramoni ovchi Natti Bumpodir. Kuper laqabi Charm Paypoq bo‘lgan qahramonning mardligi, jasurligi, do‘stlikda mustahkam sadoqat egasi ekanligini madh qiladi. Kuper ijodi, ayniqsa indees qabilalari hayotiga oid asarlari Rossiyada ham, Yevropada ham keng shuhrat qozonadi. Kuper asarlaridagi insonparvarlik, oddiy kishilarning oliyjanob ishlari, vatanni sevish, ona tabiat jamoli bilan faxirlanish hislari bizlarga juda yaqin. Kuper ijodida burjua tuzumi, uning vakillari oyog‘i yetgan joyda inson qadri yerga urilishi, erk, ozodlik, demokratik tushunchalar oyoq osti qilinayotganligi qoralanadi.
Yevropada romantizm adabiyoti XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida shakllandi. 1789-1794 yillardagi birinchi fransuz burjua inqilobi Yevropada feodalizm asoslariga zarba berib, burjua munosabatlarini maydonga keltirdi.
Taraqqiyparvar romantizm vakillaridan Angliyada Bayron,Shelli, Valter Skott, Fransiyada V.Gyugo, Jorj Sand, Polshada Adam Miskevich, Yulius Slovaskiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bular oddiy xalqqa ishonch bilan qaradilar. Uning taqdiriga, urf-odatlariga, milliy an’analarga, og‘zaki ijodga ijobiy munosabatda bo‘ldilar. Taraqqiyparvar romantiklar deyarli barcha janrlarda ijod qildilar. Bu esa ular yozgan asarlarning rang-barang, ta’sirchan bo‘lib chiqishini ta’minladi. Obrazlarning boyligi va rang-barangligi, chuqur lirizm, hayotiy voqealar tuginidagi murakkabliklar va qarama-qarshiliklarni ko‘ra bilishi bilan taraqqiyparvar romantiklar jahon adabiyoti rivojida yangi bosqich yaratdilar.
Pushkin Aleksandr Sergeevich [1799.26.5 (6.6), Moskva — 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bo‘lgan. Pushkinda nafis so‘zga muhabbatning paydo bulishida enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, katta. O‘sha davrning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi sarskoe selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o‘qish (1811—17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgan.
Pushkinning dastlabki she’rlari 1913 yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bag‘ishlangan she’ri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinning yuksak bahosiga sazovor bo‘lib, u Pushkinning buyuk shoir bo‘lib yetishishini bashorat qiladi.
Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar ta’sirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi she’rlari, «Yashil chiroq» to‘garagida ishtirok etishi podshoh Aleksandr I ni nihoyatda g‘azablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi.
Kavkaz va Qrim sayohatlari Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron ta’sirida romantik dostonlarini yozdi. Pushkin romantizmining ilk namunasi — «Kavkaz asiri» dostoni (1820—21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular o‘rtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik bo‘yoqlar bilan tasvir etishda davom etib, «Aka-uka qaroqchilar» (1821—22) va «Boqchasaroy fontani» (1923) dostonlarini yaratdi. «Lo‘lilar» dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida ro‘y bergan jiddiy burilishning samarasi bo‘ldi.
1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoe qishlog‘i (Pskov)ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan so‘ng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qo‘shiklarini to‘playdi, «Boris Godunov» tragediyasi (1825), «Graf Nulin» dostoni, «Qur’onga tatabbu», «Andrey Shen’e», «19 oktabr» va boshqa mashhur she’rlarini yozadi, «Yevgeniy Onegin» she’riy romani ustidagi ishni davom ettiradi.
20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u «Graf Nulin»dan tashqari, «Poltava» (1828—9), «Kolomnadagi uy» (1830), «Mis chavandoz» (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning «kichik tragediyalar»ini tashkil etgan ba’zi bir pesalari hamda nasriy asarlari («Belkin qissalari», «Kapitan qizi» va b.) ni yaratadi.
«Yevgeniy Onegin» she’riy romanining 1833 yilda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea bo‘ldi. Romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari o‘z in’ikosini topdi, o‘sha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zo‘r mahorat bilan tasvir etildi.
Pushkin 1830 yil kuzini Boldino qishlog‘ida o‘tkazdi. Rus adabiyoti tarixiga «Boldino kuzi» sifatida kirgan bu davrda shoir «Kolomnadagi uy» dostoni, «Belkin qissalari», shuningdek, boshqa «kichik tragediyalar»ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, «Xasis ritsar», «O‘lat chog‘idagi bazm», «Tosh mehmon», «Mosart va Saleri» «kichik tragediyalar»i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni ko‘targanligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.
Pushkin 1831 yil yozida sharoit taqozosi bilan tashki ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi bo‘ladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni to‘g‘ri tushuntirish imkonini beradi. Pushkinning «Mis chavandoz» dostoni uning dunyoqarashida ro‘y bergan ana shunday o‘zgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi.
Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qo‘zg‘olonining paydo bo‘lish sabablarini qunt bilan o‘rgandi, qo‘zg‘olon sodir bo‘lgan joylarga borib, rus xalq qo‘shiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qo‘zg‘oloni haqida to‘plagan bu materiallardan «Pugachyov tarixi» asari (1833), «Dubrovskiy» (1832—33) va «Kapitan qizi» (1833—36) qissalarida samarali foydalandi.
Pushkin 1831—32 yillarda do‘stlari tomonidan nashr etilgan «Literaturnaya gazeta» («Adabiyot gazetasi»)da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan sa’y-harakatdan so‘ng 1836 yil aprelida «Sovremennik» («Zamondosh») jurnalining 1-sonini chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangi-yangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi qora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi o‘laroq uning Jorj Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulug‘ rus shoiri halok etildi.
Munis Xorazmiy (1778-1829)
Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va ma’rifatparvardir.
Munis Xorazmiy ma’rifatparvar shoir sifatida o‘z zamonasi saviyasidan yuqori turgan kishidir. Munis o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida va O‘zbekiston xalqlari tarixini yoritishda uning xizmatlari nihoyatda katta.
U mustazod, musaddas, tuyuq, qasida, qit’a, muammo, tarkibband va tarix kabi janrlarda ham juda ko‘p badiiy va g‘oyaviy barkamol asarlar yaratgan.
U o‘zbek adabiyotida Navoiy an’analarini ijodiy davom ettirgan katta iste’dod egasidir. Munis o‘zbek tilida ajoyib adabiy va tarixiy asarlar yaratdi va fors tilidagi ko‘pgina tarixiy va adabiy asarlarni boshqa tillardan o‘zbek tiliga tarjima etishda tashabbus ko‘rsatgan va husnixat maktabini yaratgan olimdir. U “Munisul-ushshoq” devoni, ma’rifiytarbiyaviy “Savodi-ta’lim” risolasi, “Firdavs-ul-iqbol” salnomasi hamda o‘zbek tiliga o‘girgan “Ravzat-us-safo” (Mirxond) asari bilan o‘zbek xalqi madaniyati tarixi xazinasiga munosib hissa qo‘shdi.
Shermuhammad Munis tomonidan yuksak mahorat bilan yozilgan tarixiy asarlar o‘z mazmuni, keltirilgan ma’lumotlarning ko‘pligi va rang-barangligi bilan alohida o‘rinni egallaydi.
U ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi, xalqni ongli bilimli bo‘lishga da’vat etdi. Munis Xorazmiy tarixshunos sifatida 1806 yildan boshlab Xiva xonligi tarixiga oid “Firdavs ul-iqbol” (“Baxt bog‘i”) nomli tarixiy asar ham yoza boshladi. Bu asarning 1812 yilgacha bo‘lgan qismini Munis Xorazmiy yozib, 1812 yildan keyingi voqealarni Munis Xorazmiyning jiyani Muhammad Rizo Ogahiy davom ettiradi.
Munis Xorazmiy, Muhammad Rizo Ogahiy, va Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixchilar bir-birlarining ishini davom ettirib, Xiva xonligi hududida XVII asr ikkinchi yarmidan to XX asr boshlarigacha ro‘y bergan tarixiy voqealarni o‘z ichiga oluvchi “Riyoz-ud davla”, “Zubdatut tavorix”, “Jomi’l voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” asarlarini yozib qoldirganlar. Bu asarlarda XVII-XIX asrlar tarixi, ayniqsa Xorazmda Qo‘ng‘irot sulolasi hukmronligi o‘rnatilgandan keyingi davr tarixi juda mufassal bayon etiladi.
Munis tomonidan yozilgan Xiva tarixiga oid manbalar, shubhasiz, alohida o‘rin egallaydi. Munis asarlari bilan tanishgan rus sharqshunosi akademik V.V.Bartold: “Munisning mufassal xronikalari Xorazmning oxirgi uch asr tarixiga oid ma’lumotlarimizning asosi sifatida ko‘p zamonlargacha saqlanib qolsa kerak”, – deb, bu asarlarning ilmiy qiymatiga yuksak baho bergan edi.
Munis XIX asr Xorazm adabiy muhitida rahnamo ijodkor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. U garchi qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, katta adabiy merros qoldirdi. Ogahiy, Komil, Avaz, Tabibiy, Bayoniy kabi o‘nlab shoirlar Munis izidan bordilar va yirik san’atkor sifatida tanildilar.
Munis g‘azaliyotining g‘oyaviy mazmuni hamda poetik xususiyatlarini atroflicha chuqur o‘rganish shoir merosining zamonaviy ahamiyatini belgilaydi, yangi jamiyat qurayotgan navqiron avlodning ma’naviy olamini boyitadi. Umuman olganda uning asarlari o‘zbek xalqi madaniyati tarixini o‘rganishda ajoyib manba bo‘lib xizmat qiladi.
Munisning “Firdavs ul-iqbol” kabi tarixiy-jug‘rofiy, ilmiy asarlari davrga doir siyosiy leksika va ilmiy atamashunoslik bilan tanishishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Munis hayotining keyingi to‘rt yili Muhammad Rahimxonning katta o‘g‘li – Olloqulixon (1825-1842) hukmronligi davrida o‘tdi. Shoir unga ham bag‘ishlab qator qasida madhiya she’rlar yozib uni mamlakatni obod, el-yurtni osoyishta tutishga ko‘proq e’tibor berishga chorlaydi. U o‘ziga qadar o‘zbek va fors-tojik adabiyotida yaratilgan lirik merosning ajoyib namunalari bilan yaqindan tanishadi, ulardan cheksiz bahramand bo‘ladi. Shoir o‘zining she’riyatida keng shuhrat topishga asosiy bois sharq mumtoz adabiyotining eng porloq yulduzlari: ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy, Jomiy, Xusrav Dehlaviy, Firdavsiy, Anvariy, Bedil ijodlarini chuqur o‘rganib, ulardan cheksiz bahramand bo‘lishi tufayli ekanligini o‘z g‘azallarida g‘urur bilan bayon etadi. Ayniqsa, buyuk Navoiy ijodidan juda ko‘p narsalar o‘rganganini ta’kidlab, uni o‘ziga homiy deb biladi: Qilsa hosid daxli bejo so‘z aro yo‘qtur g‘amim, Kim bu ma’nida Navoiy ruhiy homiydur manga Munis ijodi bilan tanishib chiqqanda yuqorida nomlari tilga olingan ulug‘ so‘z san’atkorlarining ma’lum darajada, ya’ni asarlarining tematikasi, obrazlar sistemasi, fikrni bayon etish monerasi, kayfiyatini aks ettirish holatlari kabi momentlarida ta’sirlari bo‘lganligini ko‘rish va ishonch hosil qilish qiyin emas. Bulardan tashqari u Fuzuliy va Andaliblarni o‘ziga ustoz deb biladi. Biroq u hammadan xam ko‘proq Navoiyni o‘ziga yaqin tutadi. Chunki Navoiy asarlarida olg‘a surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik, haqqoniylik, mardlik, to‘g‘rilik, ma’rifatparvarlik kabi masalalar Munis ijodining ham asosini tashkil etadi. Shoirning 19 ta muxammasidan 10 tasi Navoiy g‘azallariga bog‘langan bu esa Munisning Navoiyga hurmati katta bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish