Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet35/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Jan Rasin (1639—1699)
XVII asr Fransuz adabiyotining yirik dramaturgi Rasin provinqiya shaxari Ferte-Milonda sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Ota-onadan yosh yetim kolgan Rasinni buvisi Bove shaqridagi kolledjga o‘qishga beradi. U maktabda (1649—1655) hukmron katolik cherkoviga qarshi oppoziqiyada bo‘lgan yansenistlar sektasi tarafdorlari qo‘lida tarbiya ko‘radi. 1655 yilda yana uqishini davom ettirish uchun u Por-Royalga kuchiriladi. Yansenistlarning o‘qitish metodi iezuitlarning sxolastik metodidan farq qilar edi. Shuning uchun ham Rasin bu yerda filologiya bilan shug‘ullanadi.
So‘ngra u Parijga kelib, Garkur kolledjida o‘qiydi va falsafa kursini tugatadi.
Yansenistlar bolani asketik ruhda tarbiyalashga urinadilar. Lekin yosh Rasin poeziyaga qiziqadi. Antik yozuvchilarining asarlarini zo‘r havas bilan urganadi va badiiy ijodga kirishadi. Rasin Lyu¬dovik XIV ning uylanishiga bag‘ishlab yozgan qasidasi bilan nom chiqaradi. U Moler va Lafontenga yaqinlashadi.
. 1664 yilda Moler teatri yosh dramaturgning birinchi mustaqil asari «Fivaida yoki dushman aka-ukalar» tragediyasini sahnaga qo‘yadi. Rasin «Buyuk Aleksandr» tragediyasini avval Mol¬yer teatrida ko‘rsatadi, lekin tezda undan olib bu teatrga rakobatchi Burgund Oteli teatriga beradi. Bu hodisa sahna san’ati haqida Moler va Rasin qarashlaridagi prinsipial ziddiyatlardan kelib chiqadi. Kornel va Molerdan yiroklashgan Rasin shoir-nazariyachi Bualoga yaqinlashadi. 1667—1669 yillarda ketma-ket «Andromaxa», «Sudbozlar», «Britannik» pesalari sahnaga qo‘yildi. «Britannik» tragediyasiga Bualo yuqori baho beradi.
1670 yilda mashhur tragik yozuvchi Kornel va Rasin bir syujetda ikki asar —«Tit va Berenika», «Berenika» tragediyalarini yaratadilar. Bu musobaqada Rasinning pesasi ustun chiqadi. «Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat bilan ijtimoii burch bir-biriga zid kelmasligi kerakligi va monarxiya tuzumining gumanizmga zid ekanini ko‘rsatadi.
Rasin 1672 yilda turk saroyi urf-odatlarini aks ettirgan «Bayazit», 1673 yilda «Mitridat» tragediyalarini yozadi. «Ifigeniya Avlidada» (1674) pesasi dramaturgga yangi muvaffaqiyat keltiradi. Agar Volter «Berenika» tragediyasini zaif deb atagan bo‘lsa, «Ifigeniya»ga yuqori baho beradi.
Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng yaxshi tragediyasi «Fedra» (1677) sahnada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Unga nisbatan qasddan uyushtirilgan ig‘vodan so‘ng yozuvchi drama- turgiyani tashlaydi va saroy tarixchisi bo‘lib qoladi. O‘n ikki yil o‘tgach, qizlar pansionining boshlig‘i de Mentenon xonimning iltimosi bilan, uch aktli «Esfir» tragediyasini yozadi. Rasin 1691 yilda so‘nggi asari—«Gofoliya» («Ataliya») trage¬diyasini yaratadi. Bu pesalarida mutlaq hokimning o‘zboshimchaliklariga qarshi norozilik alomatlari ochik; ko‘rinib turadi.
Yozuvchining so‘nggi asarlari Lyudovik XIV ni g‘azablantiradi va u Rasinni yoqtirmay qo‘yadi. Natijada yozuvchi hayotining so‘nggi yillari osoyishta o‘tmaydi va, nixoyat, u 1699 yilda vafot etdi.
Rasin gumanistik g‘oyalarni qat’iy himoya qilib, hukmron doiralarning zo‘ravonlikka asoslangan siyosatlarini qoralagan eng yaxshi tragediyalari («Andromaxa», «Britannik», «Fedra»)da presioz adabiyotining xashamdorligini, klassitsizmning shartli mavhumiyligini ham yengib, favqulodda aniqlikka erishadi.
«Andromaxa» (1667) Rasin ijodida yuz bergan o‘zgarishni ifodalagan birinchi yirik tragediyadir. Yozuvchi pesaning syujetini antik mifologiyadan olgan. Asarning bosh qahramoni Troya pahlavoni Gektorning xotini Andromaxadir.
Shahar greklar tomonidan bosib olinib, unta o‘t qo‘yilgan. Gektor Axilles tomonidan o‘ldirilgan bo‘lib, beva qolgan An¬dromaxa yosh o‘g‘li Astianaks bilan Axillesning o‘g‘li Epir shohi Pirr qo‘liga asir tushadi. Ma’yus asira jasur va shafqatsiz Pirrda muhabbat uyg‘otadi. Biroq qahramon Pirr bu ayol oldida o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Lekin Andromaxa erini o‘ldirgan va xalq boshiga kulfat solgan kishining o‘g‘lini sevishi mumkin emas edi. Shuning uchun ham Pirr goh g‘azablanib, uning o‘ziga buysunishini talab qiladi, o‘g‘lini jazolash bilan qo‘rqitadi, goh unga yalinib- yolvoradi. Andromaxa farzandi uchun tug‘ilgan xavfni bartaraf etish maqsadida bir makr ishlatishga qaror qiladi. U Pirr bi¬lan nikohdan o‘tadi-ku, lekin o‘sha kuni o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Pirrni sevuvchi shoh Menelay bilan Yelenaning qizi Germiona uning Andromaxaga uylanishi haqidagi gapni eshitgach, rashk iztirobi bilan undan o‘ch olishni yigit Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir vaqtda Orest sevgan qizining talabini rad etolmay, Pirrni o‘ldiradi. Sevgan yigitining fojiali o‘limidan so‘ng Germiona ham o‘zini halok etadi.
Rasin «Andromaxa» tragediyasida qadimgi syujetni olib, unga yangi matno kiritdi. Monarx va unga yaqin doiradagi odamlarning yaramas xulq-atvorlarini qoralaydi. Shoh Pirr, Germiona va Orest obrazlari orkali davlat manfaatlarini unutgan, ego¬ist va jamiyat uchun katta xavf bo‘lib qolgan mutlaq hokimni tanqid qilib, absolyutizm krizisini tasvirlaydi. Yozuvchi axloqiy bo‘zuq kishilarga Andromaxa obrazini qarshi qo‘yadi. Bu ayol— o‘z bolasiga mehribon ona, eriga vafodor xotin, xalqiga sodiq haqiqiy bir insondir. Asarning pirovardida egoistik intilishlar bilan harakat qiluvchi kishilarning mag‘lubiyati Andromaxaning ma’naviy g‘alabasidan dalolat beradi.
Rasin tragediyalari bilan Kornel tragediyalari o‘rtasida o‘zil-kesil farq bor. Kornel pesalaridagi kahramonlar ko‘p mashaqatlarni kechirib, o‘z ehtiroslarini yengib, oxirida g‘alaba qiladilar. Davlat oldidagi burchlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yadilar. Rasinning qahramonlari esa bunday emas. Ularda ichki ehtiros siyosiy masalalardan ustun turadi. Pirr mag‘rur va botir kishi, lekin u sevgi oldida mamlakat manfaatlarini unutib qo‘yadi. Orest ham Germionaga muhabbati tufayli davlatga xiyonat qiladi, insonlik qiyofasini yuqotib, odam o‘ldirishgacha boradi. Germiona faqat o‘z sevgisini biladi, u muhabbat qo‘ygan kishisi uni sevadimi-yo‘qmi, masalaning bu muhim tomoni bilan .qiziqmaydi. Shuning uchun u Pirrning o‘limiga sababchi bo‘ladi.
«Britannik» (1669) Rasinning o‘z davri uchun «Britannik» aktual masalalarni aks ettiruvchi yirik tratragediyasidir. Asar syujeti uchun materialni yozuvchi Rim tarixidan oldi va zolimga aylangan monarxlar va absolyutizmni qattiq tanqid etdi. Taxtni egallab, hokimiyatni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan Neron tez vaqt ichida o‘zgaradi, onasini ham mensimay qo‘yadi, vaholanki, Agrippa o‘g‘lini taxtga chiqarish uchun o‘z amakisi keksa Klavdiyga tekkan va uning o‘g‘li Britannikni quvib yuborgan edi. Ona o‘g‘lining Mavqeini mustaxkamlash maqsadida uni Klavdiyning qiziga uylantirib, qizning sevgan yigitini o‘ldirtirgan edi. Cheklanmagan hukmronlik va mansabni suiiste’mol etish zolimlikka olib boradi. O‘lgan im-perator Klavdiyning taxtga merosxur o‘g‘li Britannik Neron nazarida katta xavf edi. Raqibining sevgani go‘zal Yuniyani kurib qolgan Neron kizni zo‘rlab o‘ziga xotin qilib olish, Britan¬nikni esa o‘ldirish yo‘lini axtara boshlaydi. Bir kuni u saroyga Britannikni mehmonga chaqiradi va zahar berib, uni halok etadi.
Tragediyada Neronni tarbiyalashda ishtirok etgan ikki saroy kishisi ham ko‘rsatilgan. Ulardan biri qo‘rqmas jangchi va hakiqat uchun kurashuvchi Burr, ikkinchisi munofiq Narqissdir. Ne¬ron o‘z qilmishlaridan xavfsirab, ikkilanib yurgan vaqtlarida Narqiss uni Rim xalqini doimo qullikda saqlashga undaydi. To‘g‘ri so‘z, pok qalbli Burr davlatning og‘ir ahvolidan tashvishga tushib, Neronga monarxning xalqparvar va mamlakatning osoyishtaligi uchun javobgar shaxs bo‘lishi keraqligini aytib, unga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Biroq saroy muhiti (Narqiss singari riyokorlar) Neronni to‘g‘ri yo‘lga solish o‘rniga, uni yangi-yangi jinoyatlar qilishiga undaydi.
Zolimga aylangan mutlaq hokimning xatti-harakatlarini koralagan Rasin xalq kuchiga ham tegishincha baho beradi. Riyokor Narqiss Yuniyani monarx qo‘liga topshirmoqchi bo‘lganida, bunday o‘zboshimchaliklardan g‘azablangan omma uni o‘ldirib, qizni qutqarib oladi.
Kornel o‘z tragediyalarida absolyutizmni mustaxkamlash, mam¬lakatning birligini yuzaga keltirish uchun kurashgan kuchli odamlarni ko‘rsatgan edi. Rasin XVII aerning ikkinchi yarmida ijod etdi. Bu vaqtda absolyut hokimiyatning karama-qarshiliklari kuchayib ketgan, mutlaq hokim esa, o‘zining cheklanmagan huquqlaridan foydalanib, o‘z shaxsiy istaqlarini qondirish yo‘lida o‘ta zolimga aylana boshlagan edi.
Yozuvchi mamlakat hayotida yuz bergan ana shu voqealarni katta haqqoniyat bilan ochib berdi. Garchi tragediyada tarixiy voqealar aks ettirilgan bo‘lsa zsam, lekin bu vokealar orqali zamonasining siyosiy hayotiga oid masalalar, Lyudovik XIV ning davlatni bosh- qarishni o‘z qo‘liga olishi, mutlaq hokim sifatida o‘zboshimchaliklar kila boshlagani tasvirlanadi. Bu asarning boshqa trage- diyalaridan farqi ham shundadir. Rasinning yana bir realistik tragediyasi «Fedra» (1677) da ham aristokratik muhitining ax- loqiy va ma’naviy tushkunligi fosh qilinadi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish